MUSIBATDA MO'MIN AXLOQI
Muallif: . .
Sana: 23.03.2020
1075

Bugungi kunda butun dunyoni xavotirga solayotgan vabo hech kimni etiborsiz qoldirgani yoq. Bunisi avval tarqagan parranda yoki chochqa grippi kabi emas. Ish jiddiy. Bunday holatda har bir inson vahimaga tushishi tabiiy hol. Axir koz ongimizda bu vabo tufayli qanchadan qancha insonlar ogir ahvolga tushishmoqda. Lekin, bu vaziyatda dinimiz bizlarga qanday korsatmalar berganini bilib olishimiz darkor. Toki ortiqcha vasvasa-yu vahimalar tufayli yana bir qancha xatolarga yol qoymaylik.

Bunday vaziyatda musulmon kishi, avvalo, Alloh taoloning qadariga rozi bolishni amalda korsatib, sabab va tavakkulni tutmogi lozim boladi.

Sababni ushlash. Ya’ni zohirda ehtiyot chorasini ko’radi. Niqob taqib yuradi, shifokor ko’rigidan o’tadi, agar virus alomatlari ko’rinsa yashirmaydi va karantinga rozi bo’ladi. Bu borada soha mutaxassislari tavsiyalari hamda Hukumat qarorlariga jiddiy etibor beradi. Zero, Paygambarimiz sallollohu alayhi vasallam: Zarar berish ham, zararlanish ham yoq- deb marhamat qilganlar.

Tavakkul qilish. Ya’ni, botinida ishlarning tadbirini qilmaydi, endi nima bo’lar ekan deb ich-etini yemaydi. Taqdirda Alloh nima yozgan bo’lsa unga rozi bo’ladi. Har bir ish Allohning ilmida ekaniga iymon keltirib, unga tavakkul qiladi. Xotiri jam bo’ladi, sarosimaga tushmaydi hamda vahima qo’zg’amaydi. Allohga iymoni uni har qanday qiyin vaziyatda o’zini munosib tutishga undaydi.

Demak, musulmon kishi bosiqlik bilan ish koradi, tavakkul va taqdirga rozi bolishni oziq tishlari bilan mahkam tishlaydi. Shu bilan birga, baholiqudrat ehtiyot choralarini ko’radi va sabablarni mukammal ado qilishga intiladi

MANSUR JAMBILOV

Mir Arab oliy madrasasi oqituvchisi

. .