DINIY SOHADAGI ISLOHOTLAR
Muallif: . .
Sana: 22.05.2020
41

Yaqingacha ham mustaqillikdan keyingi diniy islohotlar deb yigrma yildan ziyod vaqt ichidagi o’zgarishlarni tilga olardik. Hozirda 2018-yil 16 -apreldagi “Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezidentimiz farmonidan keyin diniy sohadagi yangiliklarni kuzatib oxiriga yetmay ham qolyabmiz.

Bularning ichida diniy ta’limdagi rivojlanishlarning o’zini qisqacha keltirsak.

1. Yurtimiz va musulmon dunyosidan yetishib chiqqan ulug‘ mutafakkir va allomalarning boy merosi, ularning jahon sivilizatsiyasi, ilm-fan taraqqiyoti rivojiga qo‘shgan bebaho hissasini chuqur tadqiq etish va keng targ‘ib qilish maqsadida O‘zbekiston xalqaro Islom sivilizatsiyasi markazi, O‘zbekiston xalqaro Islom akademiyasi, Mir Arab oliy madrasasi, Imom Buxoriy va Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari, Hadis ilmi maktabi faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Samarqandda kalom ilmi maktabi, Buxoroda tasavvuf maktabi, Qashqadaryoda aqida maktabi, Farg‘onada islom huquqi (fiqhi) ilmiy maktablari ochildi. Shuningdek, uzluksiz diniy ta’lim tizimi joriy etildi.

2. Joriy yili Surxondaryo viloyati Termiz shahrida “Imom Termiziy” madrasasi faoliyati yo‘lga qo‘yilayotgani diniy ta’lim tizimini rivojlantirishdagi navbatdagi salmoqli qadam bo‘ldi.

3. 2008 yilda Respublika miqyosida ommaviy Qur’oni karim musobaqasi o‘tkazildi.

4. Diniy adabiyotlarni turli nomda va ko‘p adadda nashr etilishi barobarida Qur’on mushafi bir necha ming adadda chop etilmoqda.

5. Jismoniy imkoniyati cheklanganlarga e’tibor kuchaytirildi. Brayl yozuvida diniy kitoblar chop etildi, diniy tadbirlar va ko‘rsatuvlar Surdo tilida efirga uzatilmoqda.

6. Diniy ta’lim muassasalarida “Qur’oni karim va tajvid” kurslari tashkil etildi.

7. Sayt va ijtimoiy tarmoqlarda Islom dini ma’rifati mavzularini keng yoritishda erkinlik ta’minlanishi barobarida salmoq va sifat ham sezilarli darajada oshdi.

8. Mo‘min-musulmonlarning diniy savollariga o‘z vaqtida tezkor javob berish maqsadida koll-markaz, telegram bot va alohida fatvo.uz sayti ishga tushirildi.

9. Ayol-qizlar bilan ishlash tizimi takomillashtirildi, otinoyilar faoliyatini huquqiy jihatdan mustahkamlovchi maqom berildi va maxsus guvohnomalar bilan ta’minlandi.

Har birimiz bu ne‘matlarning qadriga yetsak, ulardan unumli foydalansak, Alloh yanada ziyoda qiladi, inshaAlloh.


TEMIROV IBROHIMJON

Mir Arab oliy madrasasi o‘qituvchisi

. .