Inkubatorlik yoki ijaralangan bachadon.
Muallif: . .
Sana: 18.06.2020
1229

Odam alayhissalom va Havo onamizdan yer yuziga tarqalgan insoniyat, oradan necha asrlar o‘tishiga qaramay, o‘zaro nasl qoldirib yashab kelmoqda. Alloh Taolo hayvonot va nabototdan farqli o‘laroq, insoniyatning ko‘payishi va rivojlanishini mavsumlar yoki fasllarga aloqador qilib qo‘ymadi. Bu ham Rob Taoloning insonlarni mukarram qilib yaratganiga yana bir belgilardandir. Insonlar vaqt o‘tgani sayin mintaqa, davlat, millat va elatlarga bo‘linib ketdi.
Hozirgi kunda nasl qoldirish, farzand orttirish xalqlar orasida har xil axamyatga ega. Xususan, musulmonlar serfarzand xalqlar sanaladi. Alloh Taolo hohlagan kishiga farzand berishi va hohlagan kishini "aqiym" ya‘ni bepusht qilishi oyati karimalarda zikr qilingan. Bizning xalq azal-azaldan bolajon xalq, har bir kishi o‘zidan nasl qoldirishga zo‘r beradigan xalqlardan ekani sir emas.Texnologiyalar rivojlani, bugungi kunda farzandsiz kishilar ham endilikda farzand orttirishi ehtimollari ko‘paydi.
Sun'iy ravishda urug‘ urchitish va bachadonga uni o‘rnatish anashu ishlardan sanaladi. Bunda, kimdir farzand orttirish va kimdir pul ishlashni maqsad qiladi. Bu holat er va xotindan urchigan spermani olib, rivojlanib, dunyoga kelishi (tug`ilishi) uchun begona ayol bachadoniga joylab qo`yishdir.
Bugungi kunda bu holat, inkubatorlik yoki ijaralangan bachadon deb nomlanadi. Bugun hayotimizda ba`zi ayollar qomatini buzilishi, tug`ishdan qochish, tug’olmaslik kasalligi tufayli va boshqa bir necha sabablarga ko`ra bu ishga ruju qo’ymoqda. Xo’sh , bu qanday sodir bo`ladi. Er va xotin yuqoridagi sabablarga ko`ra begona bir ayol bilan pul evaziga (yoki boshqa sabab bilan) farzandini bachadonida to`qqiz oy ko’tarib, so‘ngra dunyoga keltirib
berishga kelishib olishadi, ya`ni bachadonini ijaraga oladi. So`ng er-xotin spermasidan urchigan urug`ni o’sha ayolning bachadoniga tibbiy yo`l bilan joylab qo`yadi.
U ayol bola rivojlanib tug`ilgunicha ko’taradi. Tug`ilganidan keyin bolani er va xotin olib, ayolga kelishilgan pulni beradi. Ayol esa bu yerda ijaraga inkubatorlik vazifasini bajargan bo`ladi.
Inkubatorlik yoki ijaralangan bachadonning shariy hukmi nima? Shak shubhasiz zino barcha samoviy dinlarda harom qilingan. Islomda esa bunga qattiq jazo bor. Zinokor ayol va erkaklarni jazolashda qattiq va o’ta daqiq shartlar belgilab qo’ygan.
Ammo ba`zi ishlar borki, u sababli shar'iy jazo yoki zino hosil bo`ladi. Shulardan biri: ayol eridan boshqa erkakni spermasini o`zining jinsiy azosiga kirgizishidir. Bazan bu holatda ayol homilador bo`ladi, nasab aralashadi va nizo kelib chqadi. Shuning uchun ulomolar zinoni harom qilganidek bu suratni ham harom qilishdi. Endi ayol farzand bo`lishi yoki bo`lmasligi ehtimolli bo`lgan begona erkakning spermasini o`zining jinsiy azosiga kirgizishi harom ekan, qanday qilib homilador bo`lish aniq bo`ladigan ikki urchigan urug`ni begona ayolning bachadoniga joylab qo`yish harom bo`lmasin. Buning haromligi yanada kuchliroq va ulamolar aytganidek, haromligi avloroq. Bu yerda bola kimga nisbat beriladi? Urug` egasi ikki er xotingami yoki homilador bo`lib, tuqqan ayolgami? Shu sabab qattiq nizoga sabab bo`ladi.
Bola ko`rishga ishtiyoqmand bo`layotganlar bu chegaralarga rioya qilishi va begonalar moddasi (spermasi) aralashib ketmasligi uchun barcha ehtiyotkorlik choralarini ko`rishi, haromligi qatiy bo`lmagan shubhaga aralashib qolmasligi kerak. Alloh bunday holatlardan oʻzi asrasin.

Mir Arab Oliy madrasasi 3- kurs talabasi Rizayev Gʻayratjon

. .