Fitnalardan ogoh boʻlaylik
Muallif: . .
Sana: 24.12.2020
63

Alloh taolo Hujurot surasida marhamat qiladi: Ey iymon keltirganlar, agar bir fosiq sizlarga bir xabar keltirsa, aniqlab olinglar.

Darhaqiqat, ushbu oyati karima orqali Alloh taolo bandalar orasida fitna-fasod tarqatmoqchi boʻlganlarning ishini kesish yoʻlini koʻrsatadi.

Fitna tarqatadiganlarga esa qattiq azoblar borligining vaʼdasini berdi. Chunki, fitna jamiyat osoyishtaligiga katta xafvdir. Fitna sababli sodir boʻlgan voqealarni esa tarix mahzunlik bilan eslaydi. Hozirgi kunda ham fitna tarqalgan joylarning ahvoli kishining qalbini ogʻritadi.

Hozirgi kunda ijtimoiy tarmoqlarning keng tarqalganli jamiyatning xizmatini qilish bilan bir qatorda fitnachilar uchun ham yaxshigina xizmat vazifasini bajarmoqda. Oxirgi paytda yuqorida zikr qilingan oyati karimaga amal qilish jamiyat uchun qanchalik zarurligini yaxshigina anglandi.

Yaqinda chiqqan Mubashshir Ahmad domlaning muftiy etib tayinlanishi haqidagi yolg’on xabar ham jamiyat orasida asossiz ma’lumot tarqalishiga sabab bo’ldi. Shuning uchun bir xabarni eshitgandan soʻng uni yaxshilab tekshirish kerak. Bu - ilohiy koʻrsatma.

Kishi har bir eshitganini gapiraverishi yolgʻonchiligiga kifoyadir. Yolgʻonchilardan boʻlib qolmaylik. Jamiyatning parokanda boʻlishiga sabab boʻladigan fitnalarning tarqalishiga sababchi boʻlmaylik.

Alloh taolo yurtimizni Oʻz panohida asrasin.

RAHMONQUL ALIQULOV

Mir Arab oliy madrasasi mudarrisi

. .