Diniy idoradan Siz kutgan mega loyiha – “Muslim Radio"
Muallif: . .
Sana: 17.05.2018
2130

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmatiing xabar berishicha, muslim.uz portalida “Muslim Radio” internet radiosi muborak Ramazon oyining birinchi kunidan o‘z faoliyatini boshlaydi.

Internet radioda sizga manzur va manfaatli bo‘ladigan mavzularda ma’rifiy suhbatlar, dunyoga mashhur qorilar va yurtimiz hofizi Kalomlarining go‘zal tilovatlari hamda “Ming bir hadis”, “Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi”, “Ayollar sahifasi”, “Onlayn darslar”, “Ziyoratgohlar”, “Savollarga javoblar”, “Kun yangiliklari” va “Audio kitob” kabi ko‘plab ruknlarda eshittirishlarni tinglab bahramand bo‘lasiz.

Ushbu onlayn radio barchamizga muborak bo‘lsin!

. .