Go‘zal ism va sifatlar egasi bo‘lgan Zot
Muallif: . .
Sana: 18.05.2018
5247

Alloh taoloning birligiga ishongan har bir mo‘min banda U Zotni yaxshi tanishi ham kerak. Alloh taoloni tanish esa Uning go‘zal ismlari va sifatlarini bilish ila hosil bo‘ladi.

Quroni Karim Alloh taoloning ismlarini to‘rt o‘rinda eng go‘zal ismlar deya sifatlagan:

وَلِلَّهِ الْأَسْمَاءُ الْحُسْنَى فَادْعُوهُ بِهَا

“Eng go‘zal ismlar Allohnikidir. Bas, Unga u(ism)lar ila duo qiling.” (“A’rof” surasi, 180-oyat). Alloh taoloning barcha ismlari go‘zaldir. Musulmon banda Allohga duo qilganida, o‘sha go‘zal ismlar ila duo qilmog‘i kerak. Bu narsa duo ijobat bo‘lishi sabablaridan hisoblanadi. Alloh taolo yana quyidagicha marhamat qiladi:

قُلِ ادْعُوا اللَّهَ أَوِ ادْعُوا الرَّحْمَنَ أَيًّا مَا تَدْعُوا فَلَهُ الْأَسْمَاءُ الْحُسْنَى

“Allohga duo qilinglar va Rahmonga duo qilinglar. Qay biriga duo qilsangiz ham baribir. Eng go‘zal ismlar Unikidir,- deb ayting”. (“Isro” surasi, 110-oyat).

Rivoyatlarda kelishicha, bir kuni mushriklar Payg‘ambarimiz alayhissalomning “YO Alloh! YO Rahmon!”, deb duo qidayotganlarini eshitib qolib, darhol: “Muhammad yakkaxudolikka chaqirar edi, o‘zi bo‘lsa ikkita xudoga duo qilmoqda, deb gap tarqatishibdi.

Ularning bu johilona tushunchasining javobiga ushbu oyat nozil bo‘lgan ekan. Bu oyatda mazkur noto‘g‘ri tushuncha to‘g‘rilanmoqda. “Allohga duo qilinglar va Rahmonga duo qilinglar. Qay biriga duo qilsangiz ham baribir.

“Alloh”, “Rahmon” ismlari ikkita bo‘lgani bilan Zot bitta. Ism ko‘paysa, Zot ham ko‘payib qolmaydi. “Eng go‘zal ismlar Unikidir -deb ayting”.

Alloh taoloning go‘zal ismlarini maqtagan keyingi oyati karimada esa Alloh taolo shunday marhamat qiladi:

اللَّهُ لَا إِلَهَ إِلَّا هُوَ لَهُ الْأَسْمَاءُ الْحُسْنَى (8)

“Alloh - Undan o‘zga iloh yo‘qdir. Uning go‘zal ismlari bordir”. (“Toha” surasi, 8-oyat). Ha, Alloh taolodan o‘zga iloh yo‘q. Va ana shu Ulug‘ Zotning ismlari faqat va faqat go‘zaldir. Uning ismlari go‘zal deb sifatlangan to‘rtinchi o‘rin - Alloh taolo “Hashr” surasining 24-oyatida:

هُوَ اللَّهُ الْخَالِقُ الْبَارِئُ الْمُصَوِّرُ لَهُ الْأَسْمَاءُ الْحُسْنَى يُسَبِّحُ لَهُ مَا فِي السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ وَهُوَ الْعَزِيزُ الْحَكِيمُ (24)

Eng go‘zal ismlar Alloh azza va jallaning ismlaridir. Bu haqida Abu Hurayra roziyallohu anhu qilgan rivoyatda Payg‘ambarimiz sallollohu alayhi vasallam: “Allohning to‘qson to‘qqizta, bir kam yuzta ismi bor. Kim ularni yod olsa, jannatga kiradi. Albatta, Alloh toqdir va toqni yaxshi ko‘radi”, dedilar. Ikki SHayx va Termiziy rivoyat qilishgan.

Alloh toq bo‘lgani va toqni yaxshi ko‘rgani uchun ham, uning go‘zal ismlari to‘qson to‘qqizta bo‘lgan. Kim o‘sha to‘qson to‘qqizta ismni yod olsa jannatga kiradi. CHunki bu go‘zal ismlarni yod olgan kishi Alloh taoloning go‘zal ismlarini doimo zikr qilib yuradigan banda bo‘ladi va hayotiga tatbiq qilishga intiladi. Ammo bu Alloh taoloning to‘qson to‘qqiztadan boshqa ismi yo‘q degani emas. Albatta Alloh taoloning ismlari ko‘p. Ana shu ismlarning ichiga unga dalolat qiluvchi eng buyuk ism“Alloh””lafzi jalola bo‘lib, yakkay-u yagona ma’budga haq ismdir. Uzotdan boshqaga bu ism also ishlatilmaydi. Hatto, johiliyat davrida mushrik arablar ham o‘zlari sig‘inadigan but-sanamlarni “olihalar” ya’ni, ilohlar deyishgan va “Alloh” ismini bularning birortasiga ishlatmaganlar. “Alloh” ismi Haq taolodan o‘zgaga ishlatilmagani ham U Zotning buyukligini va qudratining mukammalligini bildiradi. Alloh taolo bunday marhamat qiladi:

رَبُّ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ وَمَا بَيْنَهُمَا فَاعْبُدْهُ وَاصْطَبِرْ لِعِبَادَتِهِ هَلْ تَعْلَمُ لَهُ سَمِيًّا

“(U) osmonlar, Er va ularning orasidagi bor narsalarning murabbiysidir. Unga ibodat qiling va ibodatida toqatli bo‘ling! Unga teng biror (kuch)ni bilurmisiz?!”

(“Maryam” surasi, 65-oyat). YA’ni, toat-ibodatga va Unga sherik bo‘lishga haqli Unga o‘xshashini bilasizmi?! Aslo undoq emas. Uning yolg‘iz O‘zigina ibodatga eng haqli Zotdir. Ibodatlarda sherigi bo‘lmaganidek, go‘zal ism va sifatlarida ham hech kim Unga sherik emas.

Va yana bundan Alloh taolo O‘zining ismini birortaga bermagani ham kelib chiqadi. Bu esa, U Zotning barcha maxluqotlari ustidan qudratiga ham dalolat qiladi.

Uning har bir ismi “Alloh” ismiga bog‘lab nisbati beriladi. SHuning uchun “Alloh” ismi “Ar-Rahmon”ning yoki “Ar-Rohim”ning ismlaridandir deyilmaydi balki, “Ar-Rahmon” va “Ar-Rohim” Allohning ismlaridandir deyiladi. SHuning tufayli ulamolar, “Alloh” ismi asl ism bo‘lib, qolganlari unga nisbatiberiladi va unga ergashadi deganlar. Mana shu “Alloh” lafzi jalola haqida ulamolar alohida risolalar ham yozganlar. Imom Abu Xanifa va Imom Tahoviy rohimahumolloh kabi buyuk olimlar “Alloh” ismini agar u bilan duo qilinsa ijobat qilinadigan va u bilan so‘ralsa ato etiladigan ismi A’zam ekanligini aytganlar.

Har bir mo‘min musulmonning qalbida Alloh taoloning ana shu go‘zal ismlari yod bo‘lmog‘i va har qachon ular ila duo iltijo qilmog‘i kerak. Bu holat ana shu banda uchun duolari ijobat bo‘lishiga quvvatli bir vasila hamdir.

Mir Arab Oliy madrasasi 1-kurs talabasi Solixov Dilshod

. .