O‘zbekistonlik talabalar Qozog‘iston oliy ta’lim muassasalarida grant asosida qabul qilinadi
Muallif: . .
Sana: 19.05.2018
2680

Samarqand shahrida Qozog‘iston ta’limi kunlari boshlandi. SHu munosabat bilan Samarqand davlat universitetida bo‘lib o‘tgan tadbirda Qozog‘iston Respublikasidagi 15 ta oliy talim dargohidan vakillar qatnashdi. Bu haqda xs.uz xabar tarqatdi.

— Ikki mamlakat o‘rtasida azaliy munosabatlar yangi bosqichga ko‘tarilgani har sohada hamkorlik qilishda muhim omil bo‘lmoqda, — deydi Butunjahon Qozoqlar assotsiatsiyaning O‘zbekistondagi vakili Klara Sadirboeva. — Qozog‘istonda 2018 yilning “O‘zbekiston yili” deb nomlanishi ham ana shunday samimiy munosabatlarning yorqin mevasidir.

Endilikda ikki davlat o‘rtasida barcha sohalar qatori talim yo‘nalishida ham hamkorlik yo‘lga qo‘yilayapti. O‘zbekistondan Qozog‘istonga borib, oliy dargohlarda talim oladiganlar uchun yaxshigina imtiyozlar mavjud. Masalan, O‘zbekistonda yashovchi, shu yurtning fuqarosi bo‘lgan qozoq millatiga mansub yigit-qizlar Qozog‘istonda 100 foiz grant asosida o‘qiydilar. Boshqa millat vakillari esa 50 foiz imtiyozga ega. Umuman, ushbu yilda qo‘shni mamlakatdagi oliy ta’lim dargohlarida o‘zbekistonlik 10 ming nafar o‘qishni xohlovchilar ana shunday imkoniyatlardan foydalanishlari mumkin.

Manba: azon.uz

. .