MUFTIY HAZRAT HAJ VA UMRA XIZMATLARI ANJUMANIDA ISHTIROK ETADILAR
Muallif: . .
Sana: 08.01.2023
216

7-yanvar kuni Saudiya Arabistoni Makka Amiri, Ikki muqaddas masjid xodimi maslahatchisi Shahzoda Xolid al-Faysal tashabbusi bilan tashkil etilayotgan Haj va umra xizmatlari xalqaro koʻrgazmasi va anjumanida ishtirok etish uchun Oʻzbekiston delegatsiyasi Jidda shahriga joʻnab ketdi.

Ushbu delegatsiya tarkibiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi Muzaffar Komilov, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla hazratlari, Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi Sodiqjon Toshboyev va bir qator soha mutaxassislari jalb etilgan.

2023-yilning 9-12-yanvar kunlari anjuman doirasida xorijiy delegatsiyalarga haj safarini tashkil etish bilan bogʻliq masalalar hamda ziyoratchilarga sifatli xizmat koʻrsatish borasidagi yangicha yondashuvlar va innovatsion loyihalar taqdimot qilinadi.

Safar davomida Haj va umra vazirligi rahbariyati bilan muloqotlar oʻtkazish, mehmonxona, transport, Mino, Arafot va Muzdalifa vodiylarida xizmat koʻrsatish sifatini yanada oshirish hamda boshqa mutasaddi idoralar bilan hamkorlik masalalarini muhokama qilish kabilar rejalashtirilgan.

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

. .