MODARIXON MADRASASI
Muallif: . .
Sana: 14.03.2023
707

Qadimdan Buxoro o’zining ko’plab madrasalari bilan nom taratgan. U turli yerlardan ilm tahsili uchun talabalar tashrif buyuradigan shahar hisoblangan. Narshaxiyning fikricha, “937-yilgi yong’indan zarar ko’rgan “Forjak" madrasasi Markaziy Osiyodagi dastlabki madrasalardan sanalgan”[1]. Abu Hafs Kabir Buxoriy ham Buxoroda ilmiy va diniy bilimlar rivojiga katta hissa qo’shgan madrasaga asos solgan. O’rta asrlarda Buxoro madrasalari ilm maskani sifatida nafaqat Markaziy Osiyoda, balki Sharqda ham mashhur edi. Amir Temur va temuriylar davrida madrasalar oliy maʼlumot beruvchi markaz vazifasini o’tagan.

Muhammad Ali Baljuvoniyning maʼlumotiga ko’ra, “XX asrning boshlariga kelib, Buxoroda madrasalar soni 400 ga yaqin bo’lgan”[2]. Madrasalar asosan xon, amaldor, badavlat kishilar va ziyoli shaxslarning tashabbusi bilan barpo etilib, nomi o’sha shaxslar ismi, baʼzan madrasa joylashgan mahalla, guzar nomi bilan atalgan.

Shulardan biri Modarixon madrasasidir. Bu madrasa devori 16-asr Buxoro me'morligiga xos bo'lib, devorning ikki chekkasi pishiq g'isht bilan, o'rtasi esa siniq g'ishtlar bilan to'ldirilgan. Madrasa binosi 1997-1998-yillarda qayta ta'mirlangan. Bundan 455 yil muqaddam, ya'ni 1566-yilda bunyod etilgan. U Abdullaxon tomonidan, onasi sharafiga 1567-yilda qurib bitkazilgan.Modarixon madrasasi Buxorodagi Abdullaxon madrasasi qarshisida joylashgan. Ikkalasi Qo'shmadrasamajmuasini tashkil qiladi. Abdullaxon madrasasi Sharq an’analarini o’zida mujassamlashtirgan, gubazli uslubda, bezaklar qo’llanilgan holda qurilgan. Modarixon madrasasi bilan birgalikdagi ko’rinishi “qo’sh” uslub namunasi hisoblanadi. Madrasa darvozasi xotamkori uslubining noyob namunasi – girrix shaklli mayda yog’och parchalaridan terilgan. Me’moriy obidaning o’ziga xos tomonlaridan biri shundaki, tuzilishi odatdagi madrasalardan ancha farq qiladi. Madrasa o’z ro’parasidagi Modarixon madrasasiga qarab biroz egilgan holatda qurilgan. Modarixon madrasasi Abdullaxonning onasiga atab qurilganligini hisobga olsak, o’ziga xos onaga bo’lgan hurmat ramzidir. Abdullaxon davri me’morchiligining yetuk namunasi bo’lgan bu madrasa Buxoro me’morchiligining XVI asrda erishgan barcha ijodiy yutuqlarni namoyish etadi. Modarixon madrasasi o'z vaqtida ilmu ma'rifat maskani sifatida tanilgan.

Ayrim sabablarga ko'ra ushbu madrasa qarovsiz qolib, xarobaga aylangan. 1997-yilda Buxoro shahrining 2500yilligi munosabati bilan Buxorodagi barcha me'moriy inshootlar qatorida Abdullaxon hamda Modarixon madrasalari qayta ta'mirlandi. Hozirda O'zbekistonning turli joylaridan tashrif buyurgan sayyohlar va chet ellik turistlar diqqat e'tiboridagi sayrgohlariga aylangan.

Islomov Asilbek
Mir Arab oliy madrasasi 4-bosqich talabasi

Foydalanilgan adabiyotlar

1.Modarixon madrasasi tarixi va me’morchiligi haqida. (ilmlar.uz)

2.Qo’sh madrasa ansambli. (meros.uz)

3.Muhammad Ali Baljuvoniy, Tarixi Nofeiy asari. (kitobxon.com)

4.Abu Bakr Muhammad Narshaxiy, Buxoro tarixi asari. (qomus.info)




[1] Abu Bakr Muhammad Narshaxiy, Buxoro tarixi asari.

[2] Muhammad Ali Baljuvoniy, Tarixi Nofeiy asari

. .