UCHINCHI RENESSANS – YOSHLAR NIGOHIDA
Muallif: . .
Sana: 20.12.2023
163

Ilm-fan, madaniyat, ma’naviyat va ma’rifat har zamonda har qaysi davlatda eng oliy maqsad hisoblangan. Qaysi xalqning iymoni mustahkam, xulqi go‘zal,

ilmu-ma’rifatda yuksak bo‘lsa, hech qachon yengilmaydi. Shuningdek, bizning mamlakatimiz - O‘zbekistonda ham bu rivojlanishning eng birinchi qo‘yilgan tamal toshidir. Prezident har bir xalq faqat erkin va ozod bo‘lgan taqdirdagina, o‘z hayoti va kelajagini mustaqil barpo etish huquqiga ega bo‘lishini ta’kidlagan. Bu sohada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qabul qilgan qarorlar va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga asoslanib xulosalar berilmoqda hamda har jabhada kun sayin rivojlanib kelinmoqda.

O‘zbekistonda ijtimoiy-gumanitar fanlar tadqiqot obyekti va bu sohada yo‘l qo‘yilayotgan sustkashliklarning dolzarb masalalariga to‘xtalib o‘tilgan. Xususan, yoshlarda vatanga sadoqat, tadbirkorlik, irodalilik, mafkuraviy immunitet,
mehr-oqibatlilik, ma’suliyatlilik, tolerantlik, huquqiy madaniyat, innovatsion fikrlash, mehnatsevarlik kabi fazilatlarni shakllantirilmoqda. Jamiyatda qadriyatlar odamlarni boshqarish va sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish uchun ham ahamiyatlidir. Qadriyatlar esa ijtimoiy-gumanitar fanlarning tadqiqot ob’ektidir.

Uchinchi renessans poydevorini yaratish yangi O‘zbekiston strategiyasida alohida o‘rin egallaydi. Uchinchi renessans ta’lim ostonasidan boshlanar ekan ta’lim bilan tarbiya, xususan jamiyat qadriyatlarini o‘rganadigan va maishiy turmushga tadbiq etadigan ijtimoiy-gumanitar fanlarga yangicha dunyoqarash bilan yondoshish bugunning talabi va ehtiyoji. Chunki, oliy ta’lim muassasalarida fanlarni optimallashtirish deganda rektorlar ko‘z oldida ijtimoiy - gumanitar fanlar namoyon bo‘lishi bugun hech kimga sir emas. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev “Milliy ma’naviyatimizni rivojlantirish, uni xalqimiz, ayniqsa yoshlarimiz hayotiga singdirishda ijtimoiy - gumanitar fanlar tizimining ahamiyati katta. Afsuski, hozirgi vaqtda bu fanlar rivoji, ular mansub ilmiy-amaliy va
ta’lim-tarbiyaviy tizimni yangilash va optimallashtirish jarayoni zamondan ortda qolmoqda. Ayni paytda ijtimoiy fanlarni ta’lim bosqichlari va ixtisosliklar talablari va tamoyillariga mosligi, o‘quvchilar, bakalavrlar va magistrlarning ehtiyojlari va qiziqishlari, kasb xususiyatlariga muvofiqligi haqidagi aniq tasavvurlar ham yo‘q”
deb ta’kidladi. Ijtimoiy gumanitar fanlar, jumladan falsafa fan vakillari oldida turgan eng dolzarb vazifalarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va unin amalga oshirish chora tadbirlari to'g'risida”gi dasturida aniq ko‘rsatib qo‘yilgan.

“Yurtimiz zaminida kechgan birinchi va ikkinchi Uyg‘onish davrlarining ko‘plab yorqin namoyandalari islom va jahon sivilizatsiyasiga beqiyos hissa qo‘shgan”. Ularning islom sohasida olamshumul ahamiyat kasb etgan meroslarini o‘rganish, ular tomonidan asrlar davomida yaratib kelingan g‘oyat ulkan va bebaho madaniy-ma’naviy merosni qayta tiklash davlat siyosati darajasiga ko‘tarilishiga molik muhim vazifaga aylandi. Ushbu fikrning amaliy isboti sifatida bugungi kunda islom dinini yuksak madaniyat va sivilizatsiya darajasiga ko‘targan allomalarimizni, ularning merosini o‘rganish borasida Respublikamizda kalom, hadis, fiqh, aqida va tasavvuf ilmlarini o‘rganishga ixtisoslashtirilgan ilmiy maktablar tashkil etildi. Samarqandda Imom Buxoriy, Surxondaryoda Imom Termiziy xalqaro ilmiy tadqiqot markazlari, shuningdek, Toshkentda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ish olib bormoqda. Maqsad islom dinini chuqur o‘rganish.

“Alloh zaruriy bir tarzda inson vujudini, uning ichki olamini o‘z nuri ila munavvar qiladi. Natijada ilm va axloqiy fazilatlar muayyan qadriyatlarga aylanadi va yaratganning karami sifatida namoyon bo‘ladi, uning qudrati va mehribonligidan insonlarga saboq beradi, chunki barcha mavjudotlar, mo‘jizaviy hodisalar aniq maqsadni ko‘zlab yaratilgan”. Uning fikricha, “ma’rifatchi (orif) botir odam bo‘ladi. U barcha behuda narsalarga his qo‘yishdan uzoq va barcha adashganlarga mehribondir…”.Bu borada narsalarning ichki mohiyati va mazmunini kashf etish uchun intellektual yetuklik zarur bo‘lsa, axloqiy ravnaq uchun buning o‘zi yetarli emas. Ilm bilan xulq-atvor, sayi-harakatlarning o‘zaro birligi insonni donishmandlik, komil inson darajasiga eltadi. Islom iymon ila qilgan ulkan va olamshumul harakati samarasi o‘laroq, hozirgi kundagi ilm qasrining poydevori qurildi. So‘ngra esa binosi qad ko‘tara boshladi.

Musulmonlarning ilm borasidagi ulkan va beqiyos xizmatlarini boshqa barcha xalqlarning insofli vakillari tan oladilar. Nemis olimi F.Ibervsg tomonidan “bashariyatning birinchi oqillaridan biri” sifatida ta’riflangan, butun olamga dong‘i ketgan taniqli qomusiy olim Abu Ali ibn Sinoning 242 asari bizgacha yetib kelgan. Ulardan 80 tasi falsafa, 26 tasi psixologiyaga, 23 tasi tabiatshunoslikka, 7 tasi astronomiyaga, 1 tasi matematikaga, 2 tasi alkimyoga, 9 tasi axloqqa, 4 tasi adabiyotga va 8 tasi o‘sha vaqtdagi olimlar bilan ilm-fanning turli muammolariga taalluqli yozishmalarga tegishlidir. Ibn Sinoning zamondoshi Abdulqosim Xalaf ibn Abbos al-Zaxraviy (936-1012) o‘zining “Kitob at-tafif li man ajaza an-ta’rif” Marka ziy Osiyo falsafiy tafakkuri taraqqiyotida tasavvuf ta’limotining o‘rni va ahamiyati 64 asarida 200 dan ortiq jarrohlik asboblarining rasmlari va izohlarini, ularning qanday ishlatilishi haqida aniq va to‘liq ma’lumotlarni bergan. Qizig‘i shundaki, ular hozirgi zamonaviy jarrohlar ishlatayotgan “kashf qilgan” asboblar bilan deyarli bir xil (masalan, egik nishtar). Qarangki, bundan qariyib ming yil avval kashf etilgan, amalda qo‘llangan nishtarni biz yana qaytadan “kashf etibmiz”.

Mir Arab oliy madrasasi 1-bosqich talabasi
Mahmudova Zarnigor

. .