UCHINCHI RENESSANS – YOSHLAR NIGOHIDA
Muallif: . .
Sana: 23.12.2023
91

Uchinchi Renessans poydevorini barpo qilish uchun ma’rifatni keng yoyish lozim boladi. Agar davlat ma’rifatli jamiyat barpo etishga kirishsa, rivojlanish jarayoni jadallashadi. Sababi ma’rifat bu – Аllohni tanishdir. Alloh taoloni tanigan jamiyat fuqarolari jisman va ruhan halol – pok yashashadi. Jisman pok yashash halol va toza narsalarni iste’mol qilishda korinsa, ruhan pok yashash esa har bir fuqaro oz burchini vijdonan bajarishida korinadi.

Hayotda har bir inson boshqaruvchidir. Fazandlar ota – onalari va ustozlari tomonidan biriktirilgan vazifalarni bajarishga mas’ul bolsa, onalar – oilani ichki tartibiga mas’uldir. Ota – oilani to’liq boshqarishga mas’ul bolsa, rahbar oz qol ostidagilarga mas’uldir. Bu mas’uliyatni mukammal ado etish uchun kuchli ma’rifat lozim. Kuchli ma’rifat esa, chuqur ilm egallashning mahsulidir. Shunday qilib, ma’rifatni keng targib qilishni Uchinchi Renessansning asosiy va mutlaq poydevori qilib olish zarur. Bu mutlaq asosni amalga oshirish esa bir necha kichik tamoyillarga suyanadi. Pirezidentimiz tomonidan 2022 yilgi davlat dasturida:
“Yangi O
zbekiston – ma’rifatli jamiyat “konsepsiyasi va uni amalga oshirish milliy dasturini ishlab chiqish topshirig’i bejiz berilmadi. Ma’lumot ornida aytish joizki, bu borada Respublika Ma’naviyat va Ma’rifat markazida ishlar yakunlanish arafasida. Tanqid, tahlil oz yoliga, ammo mavzu borasida amaliy takliflar muhim ahamiyat kasb etadi. Shunga kora Uchinchi Renessans poydevorini barpo etish borasida ayrim amaliy takliflarni ortaga tashlamoqchiman.

Birinchidan: bugungi kunda olimlarning aniqlashlaricha, inson jabbor aql(takrorlanmas, beqiyos aql) ne’matiga ega bolib, u faqatgina olti yoshli bolalarda boladi. Shu sababli bolalarimizni beshikligidanoq tarbiyalab, uning qalbiga olti yoshga tolgunicha Allohning Kalomini jo qilish lozim. Ana shunday farzandlar ilm sohasida raketa misoli yuqoriga uchib ketadilar. Bunga tarixdan kopgina misollar bor. Zero Imom Buxoriy, Nasafiylar, Shoshiylar, Xorazmiylarning barchalarini ilm choqqisiga olib chiqqan asos bu – yoshliklarida organgan Allohning kalomi edi. Zero Abdulla Qodiriy bobomiz aytganlaridek: “Moziyga qarab ish ko’rmoq xayrlidir.”

Ikkinchidan: yoshlarga barcha hududlarda respublika ma’naviyat va ma’rifaat markazlari tashkil qilib, u yerda diniy va dunyoviy olimlarni bir joyga jamlab ilmiy tadqiqotlarni birgalikda olib borilsa maqsadga muvofiqdir. Chunki Birinchi va Ikkinchi Renessans allomalari – Xorazmiy, Faroviy, Fargoniy, Beruniylar nafaqat dunyo ilmlari olimi balki, diniy ilmlarni puxta ozlashtirgan zotlar edilar. Abu Muin Nasafiy, Imom Buxoriy, Termiziy, Mahmud Zamaxshariy, Imom Gazzoliy, Bahouddin Naqshband, Jaloliddin Rumiylar din peshvolari bolib qolmasdan, har sohada olim-u mutafakkir edilar. Diniy ulamolarimizning xalqimiz orasida ilm ahlini qollab quvvatlashlari, pok qalb va pokiza jism ila olingan ilm barokati xususida amr-u ma’ruf qilishlari eng yaxshi samara berucchi usullardan biridir.

Uchinchidan IX XII asrlarda ijod qilgan allomalarning yurtimiz va jahon arxiv, kutubxona, muzey va qolyozmalar fondlaridagi ilmiy merosi katalogini shakllantirish va uning asosida nashr qilingan asarlarni saralash lozim.

Tortinchidan, Birinchi Renessans davri allomalarining hali dunyo yuzini kormagan, tarjima va nashr qilinmagan manba va asarlarini ozbek va boshqa tillarga tarjima qildirish va chop qilish maqsadidaalohida farmon yoki qaror qabul qilish, unga muvofiq olim va tarjimonlardan iborat respublika ishchi guruhini shakllantirib, tarjima va nashr qilish ishlarini boshlash kerak. Xullas, farzandlarimizga buyuk allomalarimiz asarlarini ozbek tilida oqish va tanishish imkoniyatini yaratish kerak. Birgina misol, buyuk mutafakkir Abu Rayhon Beruniyning asarlari 1968-1973 yillarda 5 jildda tarjima qilingn va chop etilgan. Ammo kop jildliklar bilan tanishar ekansiz, kommunistik tuzum mafkurasi hidini tuygandek bolasiz:

Beruniydek mutafakkir ilmiy meroidan ateistik (xudosizlik) elementlarini topishga zor berib harakat qilingan. Kechmish davr mafkura dargalarini ham tushunish mumkin, buyuk Beruniy dahriy bolsa, oddiy xalqni bu puch goyaga ishontirish oson kechar edi-da. Demak, buyuk ajdodlarimiz asarlarini asl mohiyatini saqlagan holda, omonatga zarracha xiyonat qilmay tarjima qilish muhim vazifadir. Ana shunda xalqimiz ma’rifatini yuksaltirish ishlari ham tezlashadi.

Beshinchidan, bugungi globallashuv davrida, mamlakatimizning jahon miqyosidagi orni oshayotgan bir pallada yoshlarning dunyoqarashini kengaytirish, ilmiy salohiyatini oshirish maqsadida jahon ilm-fani va adabiyotining durdonalari, zamonaviy ilmiy va badiiy adabiyot namunalarini tarjima qilishni takomillashtirish, Cholpon, Usmon Nosir, Abdulla Qahhor, Gafur Gulom, Hamid Olimjon, Mirtemir, Gaybulla as-Salom, Ozod Sharafiddinov, Erkin Vohidov, Asil Rashidov kabi tarjima maktabining peshqadam vakillariga munosib izdoshlar tayyorlash, Ibrohim Gafurov, Nizom Komil, Qodir Mirmuhammedov, Ahmadjon Meliboyev, Faxriyev va boshqa mutarjimlarimizning an’analarni davom ettirish uchun maxsus maktablar tashkil qilish darkor. Ushbu maktablarni nashriyotlar, oliy ta’lim muassasalari, yozuvchilar va jurnalistlar uyushmalari, fanlar akademiyasi bilan iqtisodiy-huquqiy boglash choralarini korish lozim.

Oltinchidan xalqimizning kitob xarid qilishi, ya’ni ilm olishi uchun moddiy imkoniyatlarini oshirish maqsadida intensiv chora-tadbirlarni amalga oshirmogimiz lozim. Xususan, intensiv chora sifatida ilm-ma’rifat, kitob, ma’naviyat sohasiga bevosita va bilvosita daxldor bolgan tashkilotlarda kitob nashriga bolgan munosabatni tubdan yangilash maqsadga muvofiqdir. Masalan, Xorazm viloyatidagi nashriyotlarda 2021 yil davomida 210 nomda 70 mingga yaqin mingdan ortiq nusxada kitoblar chop etilgan. Ushbu kitoblarning ikkitasi ilk bor ozbek tilida dunyo yuzini korayotgan tarixiy manbalardan parchalar bolsa, qolgan qismi buyuk ajdodlarimiz tarixiga oid yangi tadqiqotlardan iboratdir. Demak, mas’ul tashkilotlar tomonidan chop qilinayotgan adabiyotlarning xalqimiz ma’naviy ehtiyojiga javob bera oladigan noyob manba bolishiga harakat qilish muhimdir. Shuningdek, ekstensiv chora sifatida kitob nashri va savdosi bilan shugullanuvchi tadbirkorlik sub’ektlariga doimiy soliq imtiyozlari, subsidiyalar ajratish lozim. Bolalar adabiyotiga oid nashrlarni esa soliqlardan butkul ozod qilgan qilgan ma’qul.

Xulosa ornida shuni ta’kidlash lozimki, najot – ilmdadir. Bu Quroni karimda ham bir necha marotaba ta’kidlangan. Hattoki Alloh taolo Oz Kalomini ilk oyatini:"إقْرَأْ" (Oqi) deb boshlagan. Paygambar sallollohu alayhi va sallam oz hadisi shariflarida ilm haqida, uni organishning fazl – martabasi borasida juda kop ta’kidlaganlar. Hattoki qiyomat qoim bolishi ham ilm – ma’rifat kotarilib, ornini jaholat egallaganda qoim boladi. Rasululloh allollohu alayhi va sallamdan bir a’robiy qiyomat qoim qachon bolishi haqida soraganida, quyidagicha javob berdilar:

"فإذ ضيعت الأمانة فانتظر الساعت"

“Agar omonat zoye qilinsa, qiyomatni kutaver

Ya’ni omonat bu – yuqorida aytganimizdek, har bir banda xoh u oquvchi bolsin, xoh u ota – ona bolsin, xoh u rahbar bolsin oz burch va vazifasini buyurilgandek ado etmaganida omonatlar zoye qilinadi. Bu yomon oqibatga yetib bormaslikning birgina yoli ilm talab qilish yo’lidir. Buni davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev ham har bir chiqishlarida ta’kidlamoqdalar. Jumladan Prezidentimiz aytadilarki:

“Otda yonmaydigan, suvda chokmaydigan narsa bu – ilmdir.”

Demak navbatdagi ulkan Uygonishga kuchli va sahih ilm, ogir va mashaqqatli mehnat va albatta, birdamlik olib boradi.

Mir Arab oliy madrasasi 3-bosqich talabasi
Haqnazarova Iroda.

. .