Poklikning fazilati
Muallif: . .
Sana: 03.05.2020
1658

Poklik – “tahorat” soʻzi lugʻatda “tozalik va ozodalik” maʼnosini anglatadi. Shariatda esa: u tahorat, gʻusl va tayammum kabi namoz oʻqish uchun kerakli poklanishlarga aytiladi.

Islomda poklik imondan hisoblanadi.

قال رسول الله صلى الله عليه وسلم : الطهور شطر الإيمان

Paygʻambarimiz (s.a.v.) oʻzlarining muborak hadislaridan birida : “Poklik iymonning yarmidir”, - deganlar.

Islom poklik va poklanish ishlariga oʻta ax,amyat beradi. Dunyoda islomdan boshqa hech k,aysi din poklikni va ozodalikni imon darajasiga koʻtarmagan.

Hozirda ham koʻpchilikni nazarida poklik tibbiy guyo shaxsiy ozodalik ishi hisoblanadi

Islomda esa bu iymon ishi boʻlishi bilan birga, poklik boʻlmasa bandaning ibodati ham qabul boʻlmaydi. Islomda barcha ibodatlarning qabul boʻlishi uchun avvalo bandaning qalbi, niyati pok boʻlishi kerak. Bu jumladagi poklikdan maqsad riyo, kibr, hasad kabi maʼnaviy hamda barcha moddiy nopokliklardan saqlanishdir.

Qolaversa, ibodatlarning qabul boʻlishi uchun insonning butun tanasi, libosi va ibodat joyi ham pok boʻlishi shart. Pok boʻlganda ham kattayu kichiqkoʻzga koʻrinadiganu koʻrinmaydigan barcha nopokliklardan xoli boʻlishi kerak. Ana shundoq poklikka ega boʻlmagan bandaning Allohga ibodati, namozi, Qurʼon oʻqishi qabul boʻlmaydi.

Islomda ibodatlarning qabul boʻlishi poklikka kura ado etilishiga bogʻliq. Alloh nazdida poklik yoʻlida qilingan har bir ish yuqori baholanadi va uni qilgan kishiga ulkan ajr-savoblar oliy martabalar beriladi.

Alloh taoloning kitobida: “ Alloh poklanuvchilarni yaxshi koʻradi”,- deyilgan.

Alloh subhonahu va taolo ushbu oyati karimada poklikni va pok kishilarni mak,tamoqda. Pok kishilarni yaxshi koʻrishini bildirmoqda. Bu esa, Alloh taolo tomonidan poklikka qanchalik eʼtibor berilishini koʻrsatib turibdi. Bu oyati karimaning oʻzi barcha insonlar poklik uchun intilib, butun dunyo poklikka xarakat k,ilishi uchun yetarli. Musulmonlar Qurʼonga amal qilib yashasalar ana shundoq boʻladi!

Tahorat ( poklik ) iymonning yarmi deyilishi - usiz ibodat qabul qilinmasligi va savobi behuda ketishidan, iymon boʻlmasa, ibodat umuman qabul qilinmasligi qarasak Poklik iymonning yarmiga tenglashtirilgandan ham Islom dini ozodaliqpoklik va tozalikka qanchalar eʼtibor berganini bilib olsak boʻladi.


Mir Arab oliy madrasa talabasi

Omonov Ollohyor

. .