MIR ARAB OLIY MADRASASI

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yilning 10-11 mart kunlari Buxoro viloyatiga tashrifi chog'ida Buxoro viloyatida Mir Arab oliy madrasasini tashkil qilish bo'yicha ko'rsatmalar berilgan edi.

Adliya vazirligining xabar berishicha, berilgan ko'rsatmalarga asosan O'zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan Mir Arab oliy madrasasi tashkil qilinib, 2017 yil 7 iyun kuni O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan qisqa muddatda davlat ro'yxatidan o'tkazildi.

Ushbu diniy ta`lim muassasasining tashkil qilinishi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risida”gi Qonunda belgilangan fuqarolarning vijdon erkinligi hamda diniy ta`lim olishga bo'lgan huquqlarini amalga oshirishlari uchun yana bir imkoniyat bo'ldi.

Shuningdek, mazkur quvonarli voqea 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasida nazarda tutilgan diniy bag'rikenglikni ta`minlash borasidagi amaliy harakatlarning mantiqiy davomchisi bo'lib hisoblanadi.

Shu munosabat bilan, Adliya vazirligi Jamoat, nodavlat notijorat va diniy tashkilotlar boshqarmasi tomonidan O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov va Oliy madrasa rektori v.b Elov Jobir Rustamovichga Oliy madrasaning davlat ro'yxatidan o'tganligi to'g'risida guvohnoma topshirildi va Oliy madrasaning kelgusidagi faoliyatiga muvaffaqiyatlar tilandi.

Muftiy Usmonxon Alimov O'zbekiston Respublikasi Prezidentining shaxsan tashabbusligida tashkil qilingan mazkur diniy ta`lim muassasasi oliy Islom bilim yurti hisoblanishini ta`kidlagan holda, uni O'zbekiston xalqiga sof Islom dini asoslarini mukammal o'rganish va mamlakatda diniy bag'rikenglikning ta`minlanishida muhim ahamiyat kasb etishini bildirdi va mazkur ta`lim muassasasidan Imom al-Buxoriy, Imom at-Termiziy, Bahouddin Naqshband kabi Islom olamida shuhrat qozongan buyuk allomalar yetishib chiqishini tilab duo qildi.

Shu bilan birga, hozirgi vaqtda Buxoro viloyatida yangi tashkil qilingan Mir Arab oliy madrasasidan tashqari Mir Arab islom o'rta maxsus bilim yurti ham o'z faoliyatini davom ettirib boradi.

Bilim yurti faoliyatidan fotolavhalar
Bilim yurti ustoz-murabbiylari
Жиянов Улуғбек Насриддинович

– ҳадис фани ўқитувчиси

Алиқулов Раҳмонқул Абдуқаюмович

араб тили фани ўқитувчиси

Болтаев Абдураҳим Амонович

тасаввуф фани ўқитувчиси, фан номзоди, доцент.

Тўхтасинов Рўзимуҳаммад Нурмаҳамад ўғли

Усулул фиқҳ фани ўқитувчиси

Хуррамов Ортиқжон Каюмович

ислом иқтисодиёти фани ўқитувчиси, Бухоро давлат университети доценти.

Исаев Гаффур Сабоевич

информатика фани ўқитувчиси, фан номзоди

Жумаев Улуғбек Сатторович

психология фани ўқитувчиси, ижтимоий, этнопсихология фанлари номзоди, доцент.

Сафаров Толиб Тоджиевич

Ўзбекистон тарихи фани ўқитувчиси, тарих фанлари номзоди, доцент.

Бафоев Феруз Муртазоевич

фуқаролик жамияти фани ўқитувчи, сиёсий фанлар номзоди, доцент.

Саидов Иброҳимжон Каримович

фиқҳ фани ўқитувчиси

Нарзиев Рустам Махмудович

фиқҳ фани ўқитувчиси

Махмудов Асрорхон Юсуфхонович

ақоид фани катта ўқитувчиси

Арипов Хамидуллоҳ Жунайдиллаевич

Қуръони карим ва тажвид фани ўқитувчиси

Ҳамроқулов Исмоилжон Иброҳимович

фиқҳ фани катта ўқитувчиси

Иноятов Азизхўжа Хайруллоевич

тафсир фани ўқитувчиси, исломшунослик фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD)

Bilim yurti bilan bog'lanish
+998956044597 (qabulxona)
+9986044597 (fax)
oliy.madrasa@mail.ru
Buxoro
Pochta indeksi 44
Xabar yuborish