50 YILLIK TAJRIBA: MAZHABSIZLIK DINSIZLIK DARVOZASIDIR!
Muallif: . .
Sana: 11.01.2023
329

Hindistonda ilk bor bemazhablik va vahhobiylik bayrogʻini koʻtargan olimlardan biri Abu Saʼid Muhammad Husayn Batolaviy (1256-1338 h./1840-1920 m.) hisoblanadi. U XIX asr oxiri – XX asr boshlaridagi oʻsha davrning ahli hadislari jamoatining yetakchilaridan hisoblangan. Uning “Sahihi Buxoriy”ga yozgan “Minah al-Boriy” nomli sharhi, “Mishkot al-masobeh”ga bitgan taʼliqot – ilmiy izohlari va boshqa koʻpgina asarlari mavjud. U oʻz davrida juda mashhur boʻlgan “Ishoʼat as-sunna” (“Sunnatni yoyish”) nomli majallasi zamonaviy salafiylikning ibtidoiy harakatlaridan boʻlib, bemazhablikning yoyilishiga katta hissa qoʻshgan majallalardan sanaladi.

Garchi mazkur majalla oʻz davrida vahhobiylik va zamonaviy salafiylik targʻibotchisi boʻlsa-da, unda qodiyoniylarga va qurʼoniylar kabi yangi chiqqan firqalarga raddiyalar ham uchrab turgan. 1908-yillargacha chop qilingan “Ishoʼat as-sunnat”ning oxirgi sonlaridan birida bunday haqiqat oshkor qilingan edi:

“ELLIK YILLIK TAJRIBADAN MAʼLUM BOʻLDIKI,

BEMAZHABLIK DINSIZLIKNING DARVOZASI EKAN!”

Bu haqiqat umr boʻyi mazhablarni yoqtirmasdan, ularga taʼna qilib kelgan, mazhablarga ergashish va “taqlid”ni harom sanab kelgan Muhammad Husayn Batolaviyning hayotiy tajribasi natijasida chiqargan insofona eʼtirofi edi. Ha, bu bemazhablik targʻibotchisi boʻlib kelgan “Ishoʼat as-sunna”ning haq ehʼtirofi edi.

Ha, haqiqat shuki, bekorga ulamolar: “Mazhabsizlik dinsizlik ustiga qurilgan koʻprikdir”, “Mazhabsizlik dinsizlikka olib boruvchi xatarli bidʼat”, deb aytishmagan ekan. Bemazhab boʻlishdan saqlaning!

Mazhablar ichra hanafiylik – Paygʻambarimiz alayhissalom davriga eng yaqin, oyat va hadislarni eng mantiqiy tushunib, hayotga tatbiq qila olgan mazhab hisoblanadi

Manba ahlisunna.uz

. .