MALAYZIYA OʻZBEKISTONNING MAʼRIFAT YOʻLI BILAN, DINIY EKSTREMIZM VA TERRORIZMGA QARSHI KURASHISH BORASIDAGI YONDASHUVLARINI YUQORI BAHOLADI
Muallif: . .
Sana: 23.01.2023
14

17-yanvar kuni Oʻzbekiston elchixonasi diplomatlari Malayziya poytaxti Qirollik politsiyasi rahbari Azmi bin Abu Qosim bilan ikki tomonlama hamkorlik masalalarini muhokama qilish uchun uchrashuv oʻtkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi.

Muzokaralar chogʻida Malayziya tomoni Oʻzbekistonda sud-huquq sohasini yanada takomillashtirishga qaratilgan keng koʻlamli islohotlar, shuningdek, mamlakatda jinoiy huquqbuzarliklar, diniy ekstremizm va terrorizmning oldini olish boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar bilan batafsil tanishtirildi.
Malayziya tomoni Oʻzbekistonning maʼrifat yoʻli bilan radikallashuv, diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish borasidagi, jumladan, islom dinining asl qadriyatlariga nisbatan yondashuvlarini yuksak baholadi. Mamlakat rahbariyati tomonidan Yaqin Sharqdagi qurolli toʻqnashuvlar zonasidan oʻz fuqarolarini vataniga qaytarish boʻyicha olib borilayotgan insonparvarlik siyosati alohida eʼtiborga loyiqligi taʼkidlandi.
Shu bilan birga, suhbat davomida poytaxtda istiqomat qilayotgan fuqarolarimizning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida elchixona va Qirollik politsiyasi oʻrtasida amaliy hamkorlikni tashkil etish yuzasidan fikr almashildi.

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati

Manba muslim.uz

. .