Qadimgi Misrda toʻrtinchi sulolaning ikkinchi Firʼavniga tegishli boʻlgan Keops ehromi dunyoning yetti moʻjizasidan biri, deb tan olingan. Uning hajmi 2515000 m³ boʻlib, balandligi 147 metr. Bu ehromning qurilishi 20 yil davom etib, 100 ming ishchi yollangan. Eng yengil toshlar 20 tonna, baʼzilari esa, 30 tonna boʻlgan bunday toshlarni qanday qilib, ustma-ust qoʻygani, tepalikka nima bilan olib chiqilgani va bu inshoot qanday bunyod etilgani haligacha jumboq boʻlib turibdi.
Lekin bir narsa aniq, yollangan 10 minglab ishchilar kuchidan bu ishlarni bajarishda shafqatsizlarcha foydalanilgan.
Baʼzi ehromlarning ichidagi gʻaroyib voqealar hanuz sirligicha qolmoqda. Ular: ehromning ichiga quyosh nuri yoki hech qanday shuʼla tushmasligiga qaramasdan uning ichiga qoʻyilgan sut qatiqqa aylanishi, suvning losyonga aylanishi, lezviyalarning oʻz-oʻzidan oʻtkir boʻlib qolishi, hayvon soʻyilganda ichki aʼzolarining bir muddat chirimay turishi, Firʼavn qabriga bir yilda ikki marta quyosh nuri tushishi (tugʻilgan va taxtga oʻtirgan kunlari), ehromlarning ichida radiatsion nurlarning yoʻqligi va hech qanday aloqa vositasi ishlamasligi va hokazo.