FITNALARDAN OGOH BOLAYLIK!
Muallif: . .
Sana: 02.09.2020
1005

Alloh taolo Hujurot surasida marhamat qiladi: Ey iymon keltirganlar, agar bir fosiq sizlarga bir xabar keltirsa, aniqlab olinglar.

Darhaqiqat, ushbu oyati karima orqali Alloh taolo bandalar orasida

fitna-fasod tarqatmoqchi bolganlarning ishini kesish yolini korsatadi.

Fitna tarqatadiganlarga esa qattiq azoblar borligining vadasini berdi. Chunki, fitna jamiyat osoyishtaligiga katta xafvdir. Fitna sababli sodir bolgan voqealarni esa tarix mahzunlik bilan eslaydi. Hozirgi kunda ham fitna tarqalgan joylarning ahvoli kishining qalbini ogritadi.

Hozirgi kunda ijtimoiy tarmoqlarning keng tarqalganli jamiyatning xizmatini qilish bilan bir qatorda fitnachilar uchun ham yaxshigina xizmat vazifasini bajarmoqda. Oxirgi paytda yuqorida zikr qilingan oyati karimaga amal qilish jamiyat uchun qanchalik zarurligini yaxshigina anglandi.

Yaqinda chiqqan Mubashshir Ahmad domlaning muftiy etib tayinlanishi haqidagi yolg’on xabar ham jamiyat orasida asossiz ma’lumot tarqalishiga sabab bo’ldi. Shuning uchun bir xabarni eshitgandan song uni yaxshilab tekshirish kerak. Bu - ilohiy korsatma.

Kishi har bir eshitganini gapiraverishi yolgonchiligiga kifoyadir. Yolgonchilardan bolib qolmaylik. Jamiyatning parokanda bolishiga sabab boladigan fitnalarning tarqalishiga sababchi bolmaylik.

Alloh taolo yurtimizni Oz panohida asrasin.

RAHMONQUL ALIQULOV

Mir Arab oliy madrasasi mudarrisi

. .