Bahouddin Naqshband va uning tasavvuf maktabi
Tasavvuf tarixida xojagon nomli tariqatning vujudga kelishi Buxoroda qo`nim topgan Yusuf Hamadoniy hazratlarining ‘‘xalifai avvali” (birinchi o`rinbosari) Abduxoliq G`ijduvoniy nomi bilan bog`lanadi. Ayni tariqat ma’lum davr o`tishi bilan Bahouddin Naqshband vositasida butun islom olamiga yoyildi va eng taraqqiyparvar tariqatlardan biri sifatida mashhur bo`ldi.
Temuriylar davrida tasavvuf ta’limotining rivoji buyuk sohibqiron Amir Temurning pirlaridan biri sifatida tilga olingan valiylardan biri Sayyid Muhammad Bahouddin Naqishband (1318-1389) nomi va faoliyati bilan yanada yuksaklikka erishdi. Alisher Navoiyning dalolaticha, Bahouddinnig kamolga yetishishida Xoja Ali Romitoniy, Xoja Muhammad Boboi Samosiy va Sayyid Amir Kulolning ta’siri bo`lgan. Bahouddin Marvda Yusuf Hamadoniyning qabrini ziyorat qilaroq, uning ta’limotini chuqurlashtirdi. Yusuf Hamadoniyning xalifalaridan Abduxoliq G`ijduvoniy kashf etgan sakkizta manzil (kalimati qudsiya)ga Xoja Bahouddin yana uch manzil qo`shgan: 1)vuqufi zamoniy; 2)vuqufi a`dodiy; 3)vuqufi qalbiy.
Naqshband ta`limotining ixcham ifodasi ‘’Dil ba yoru dast ba kor’’ hikmatida anglatilgani kabi insonni faqat ibodat bilan emas, balki halol luqma bilan kun ko`rishi lozimligini uqtiradi. Halol va harom nisbatida ayni tariqat doirasida aytilgan so`zlar hozirgi kun uchun ham ahamiyatlidir. Xoja Muhammad Porso Bahouddin Naqshbandning barcha va`zlarini to`plab, (Risolai Qudsiya) (“Muqaddas so`zlar”) kitobini ta’lif etgan. Bahouddin Naqshband haqida Mavlono Yaqub Charxiyning “Risolai unsiya”, Abul Muhsin Muhammad Boqirning “Maqomoti Xoja Bahouddin Naqshband”, Faxruddin Ali Safiyning “Rashahotu aynil-hayot” kabi o`nlab risolalar mavjud. Ushbu manbalarda Xoja Bahouddinnning tariqiy va manqabaviy hayoti, tariqati, ta’limoti, ta’siri va suluqi haqida ma’lumotlar keltirilgan. “Rashahot…” asarida naqshbandiylik tariqatining tarqalishi va qaror topishida benazir xizmatda bo’lgan shayxlar qatorida Xoja Bahouddin Naqshbanddan keyin Xoja Muhammal Porso, Mavlono Muhammad Fag`onaziy, Mavlono Yaqub Charxiy, Xoja Alouddin G`ijduvoniy, Shayx Sirojiddin Kulol, Xoja Aloiddin Attor, Mavlono Hisobiddin Porso Balxiy, Sayyid Sharif Jurjoniy, Mavlono Nuriddin Xomush, Mavlono Nuriddin Abdurahmon Jomiy va nihoyat Hazrati Xoja Ahror Valiy va boshqalar keltiriladi.
Allohga shukronalar bulsinki Yurtboshimizni tashabuslari bilan hazrat Naqshband majmuasida Tasavuf maktabi ochildi, bu dargohda biz tinglovchilar yuqorida zikr qilingan ahli tariqat ustoz pirlarni qoldirgan ilmiy va amaliy meroslarini urganishga kirishdik.
Yurtboshimiz boshchiliklarida boshlangan bu xayerli ishlarimizda Allohdan barchalarimizga muvafaqiyatlarni berishligini so’raymiz. Omiyn
Buxoro shahar XujaTabband masjidi imom xatibi Azizbek Ashurov
Eng ko'p o'qilgan Yangiliklar
