Jinlarning ziyonidan saqlanish
Muallif: . .
Sana: 22.03.2021
3218

Jinlarning ziyonidan saqlanish uchun nima qilish kerak? Ushbu savolga quyida javob berib o’tamiz.


Jinlarning ziyonidan saqlanish yo’llari quyidagilardan iborat.

Birinchisi, Alloh nomi bilan panoh so’rash. Alloh taolo marhamat qilib aytadiki:

وَإِمَّا يَنْزَغَنَّكَ مِنَ الشَّيْطَانِ نَزْغٌ فَاسْتَعِذْ بِاللَّهِ إِنَّهُ هُوَ السَّمِيعُ الْعَلِيمُ (36)

Agar seni shayton vasvasasidan bir vasvasa tutsa, Allohdan panoh so’ra. Albatta, U o’ta eshitguvchi va o’ta bilguvchi zotdir” (Fussilat surasi, 36-oyat).

Yani, agar shayton seni vavasaga solib, seni yomonliklarni yaxshilik bilan qaytarishdan aynitmoqchi bo’lsa, Alloh taoloning o’zidan panoh so’ra. Unga sig’in, U seni saqlaydi. Alloh taolo yana boshqa o’rinda marhamat qilib aytadiki:

وَإِمَّا يَنْزَغَنَّكَ مِنَ الشَّيْطَانِ نَزْغٌ فَاسْتَعِذْ بِاللَّهِ إِنَّهُ سَمِيعٌ عَلِيمٌ (200)

“Agar senga shayton yomonidan sanchish sanchilsa, Allohdan panoh so’ra. Albatta U yaxshi eshituvchi va yaxshi ko’ruvchi Zotdir”. (A’rof surasi, 200-oyat)

Yani biror muomila chog’ida ko’ngilsizlik sodir bo’lib, shayton vasvasa qiladigan bo’lsa, qizishmasdan, darhol Allohdan panoh so’rash kerak.

Sahih hadislarda keladiki:

اسْتَب رَجُلَانِ عِنْدَ النَبي صَلى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَمَحَتى احْمَر وَجْهُهُ ، فَقَالَ النبِي صَلى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلمَ : إني لَأعْلَمُ كَلَمَةً لَوْ قَالَهَا لَذَهَبَ عَنْهُ مَا يَجِدُ: أعُوذُ بِاللهِ مِنَ الشيْطَانِ الرَجِيم

Ikki kishi nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlarida tortishib qoladilar. Hattoyinki ikkovlaridan birining yuzlari qizarib ketdi. Shunda Rasululloh aytdilarki: men bir so’z bilaman agar uni aytsa undagi narsa ketadi, u so’z auzu billahi minashshaytonir rojim. (Imom Buhoriy va Imom Muslim rivoyat qilishgan).

Jinlarning ziyonidan saqlanishning yana bir yo’li, Falaq va Nos suralarini o’qib yurish.

Abu Sa’ddan rivoyat qilinadi:

كَانَ رَسُولُ اللهِ صَلى اللهُ عَلَيْهِ وَ سَلمَ يَعُوذُ مِنَ الجَانِ وَ عَيْنِ الإنْسَانِ حَتى نَزَلَتْ(المُعَوَذَتَانِ ) فَلَما نَزَلَتَا أَخَذَهُمَا وَتَرَكَ مَا سِوَاهُمَا.

Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallam to muovazatayn suralari nozil bo’lguncha insonlarning ko’zidan va jinlarning yomonligidan panoh so’rar edilar. Vaqtiki ikkala sura nozil bo’lgan vaqtda anashu ikki surani oldilar va boshqasini tark qildilar. (Imom termiziyi rivoyati).

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

عَنْ أبِي هُرَيْرِةَ أن رَسُولَ اللهِ قَالَ لَا تَجْعَلُوا بُيُوتَكُمْ قُبُورًا وَ أن البَيْتَ الذِي تُقْرأ فِيهِ البَقَرَةُ لَا يَدْخُلَهُ الشيْطَانُ )رَوَاهُ مُسْلِم وَالتِرْمِذِي(

“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: “Uylaringizni qabr qilib olmanglar. Va albatta Baqara surasi o’qilgan uyga shayton yaqinlashmaydi”. (Imom Muslim rivoyati).

Abu Mas’ud al-Ansoriy roziyallohu anhu aytadilar:

عَنْ ابِي مَسْعُوْدٍ الانْصَارِى رَضِيَ اللهُ عَنْهُ قَالَ قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلى اللهُ عَلَيْهِ وَ سَلمَ مَنْ قَرَا الايَتَيْنِ مِنْ آخِرِ سُوْرَةْ البَقَرَتِ فِي لَيْلَةٍ كَفَتَاهُ.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: “Kimiki kechasida Baqara surasining oxirgi ikki oyatini o’qisa, unga kifoya qiladi”. (Imom Ahmad rivoyat qilgan).

Abu Hurayra roziyallohu anhu aytadilar:

عَنْ أبِى هُرَيْرَةَ رَضِىَ اللهُ عَنْهُ ان النبِي صَلى اللهُ عَلَيْهِ وَ سَلمَ قَالَ: "مَنْ قَرَأَ حم المُؤمِن الَى قَوْلِهِ (الَيْهِ المَصِيرِ) وَأَيةَ الكُرْسِي حِينَ يُصْبحَ حُفِظَ بِهِمَا حَتى يمسى وَ مَنْ قَرَأهُمَا حِيْنَ يَمْسِي حُفِظَ بِهِمَا حَتى يُصبحَ.

“Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytdilar: “Kimiki tongda Hamim al-muminunni (ilayhil masirga)cha va oyatal kursini o’qisa, to kech kirguncha u ikkalasi bilan saqlanadi. Agar u ikkalasini kech kirganda o’qisa xatto tong otguncha u ikkalasi billan saqlanadi”. (Imom Termiziy rivoyati).

Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallam o’rgatgan duolarni doimiy o’qib yurish, misol tariqasida quyidagi hadisni keltirishimiz mumkin.

عَنْ أنَسٍ رَضِىَ اللهُ عَنْهُ قَالَ كَانَ النبِي صَلى اللهُ عَلَيْهِ وَ سَلمَ اذَا دَخَلَ الخَلَاءَ قَالَ: "اللهُم إني أَعُوذُ بِكَ مِنَ الْخُبْثِ وَ الخَبَائِثِ".

“Allohim xubs va xaboisdan o’zing asragin”, der edilar. (Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyat qilishgan).

Ushbu duoni xalo ochiq joyda bo’lsa, qazoi hojatga tayorlanayotgan vaqda, maxsus joyda bo’lsa, unga kirishdan oldin o’qish kerak. Chunki Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bu duoni doim o’qir edilar. Erkak va urg’ochi shaytonlardan panoh tilashning hikmati shuki, odatda xalo joyida Allohning nomi zikr etilmagani uchun erkak-urg`ochi shaytonlar u joyni makon qilib oladi.

  • 1)Yuqoridan sakraganda, “Bismillah “ deyishlik.
  • 2)Yerga issiq suv to’kilganda yoki og’ir narsa tashlanganda “Bismillah” deyishlik.
  • 3)Qorong’i xonaga kirishda “Bismillah” deb kirish.
  • 4)It yokki mushukka sababsiz ozor bermaslik.
  • 5)Yolg’iz uxlamaslik. Agar majbur bo’lsa duo, va taxoratli uxlash.
  • 6)Teshik va yoriq joylarga hojat qilmaslik.
  • 7)Ilonni o’ldirmasdan chiqarib yuborish.

Abu Laylo roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

عَنْ ابِي لَيْلَى رَضِىَ اللهُ عَنْهُ ان النبِي صَلى اللهُ عَلَيْهِ وَ سَلمَ سُئِلَ عَنْ حَياتِ البُيُوتِ فَقَالَ: "اذَا رَأيْتُمْ مِنْهُن شَيْئًا فِي مَسَاكِنِكُمْ فُقُوْلُوْا: أنْشَدُكُن العَهْدَ الذِي أَخَذَ عَلَيْكُمْ نُوْح أنْشَدُكُن العَهْدَ الذِي أخَذَ عَلَيْكُن سُلَيْمَانُ الاتُؤذُونَا فإن عُدْنَ فَقْتُلُوهُن". رَوَاهُ اصْحُاُب السُنَنِ.

“Nabiy sollallohu alayhi vasallam uylardagi ilonlar haqida so’raldilar. Shunda uzot: “Agar ulardan birortasini maskanlaringizda ko’rsangiz, “Nuh sizdan olgan ahdnoma hurmati, Sulaymon sizlarda olgan ahdnoma hurmati, bizga ozor bermasligingizni so’rayman”, denglar. Yana qaytib kelsalar, ularni qatil qilinglar”, dedilar. (Abu Dovud, Termiziy va Nasoiy rivoyat qilishgan)

Bu hadisi sharifdauylardagi ilonlarning musulmon jinlardan bo’lish ehtimoli rioya qilingani ko’rinib turibdi. Demak, ular uyda ko’ringanda Nuh va Sulaymon alayhissalomlarga bergan ahdnomani eslariga olish kerak ekan. Bundan Nuh alayhissalom jinlarni najot kemasiga chiqarishdan oldin ulardan odam bolasiga yomonlik qilmaslik haqida ahdnoma olganlari kelib chiqadi. Shuningdek, Sulaymon alayhissalom ham o’zlariga jinlar xizmatkor qilib berilganda, ulardan odam bolalariga yomonlik qilmaslik haqida ahdnoma olganlari bilnadi.

Demak uyda ilon ko’rgan odam o’sha ahdnomalarni eslatganda o’sha koringan narsa musulmon jin bo’lsa, ozor yetkizmaydi qayta ko’rinmaydi. Agar u ko’ringan narsa musulmon jin emas, oddiy ilon bo’lsa, yana ko’rinadi va uni o’dirsa bo’ladi.

  • 1.Kechasi sahroda yolg’iz yurmaslik.
  • 2.Usti ikki oq yoki qora chiziqli, dumi kalta ilon o’ldiriladi.

Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

قَالَ عَبْدُ اللهِ رَضِىَ اللهُ عَنْهُ: "اقْتُلُوا الحَيات كُلهُن اِلا الْجَان اَلْاَبْيَضَ الذِي كَأنهُ قَضِيبُ فِضةٍ". رَوَاهُ أبُو دَاوُد و التِرْمِذِي.

“Xuddi kumush tayoqqa o’xshash oq ilondan boshqa hamma ilonlarni

o’ldiringlar”, dedilar”. (Abu Dovud va Termiziy rivoyat qilishgan)

Ushbu rivoyatda vasf qilingan kumush tayoqqa o’xshash oq ilon musulmon

jin ekanida shubha yo’q ekan. Ya’ni uydagi ilon oppoq bo’lib, bukulmasdan to’g’ri yursa, u ilon emas, mo’min-musulmon jin bo’lishi aniq ekan. Shuning uchun uni o’ldirish mutlaqo mumkin emas. Uylarda bo’luvchi ilonlarga qilinadigon munosanatlar haqidagi rivoyatlarni jamlab, xulosa chiqaradigan bo’lsak, ular uch xil bo’lar ekan.

  • 1.To’g’ri yuradigon oppoq ilonga tegish kerak emas.
  • 2.Dumi kesik va ortida ikki qora chizig’i bor ilonlarni darxol o’ldirish

kerak.

  • 3.Boshqa turdagi ilonlarni oldin uch marta ogohlantirish lozim. Shundan

keyin ham yana uyda paydo bo’lsa, o’ldirish kerak. Uydan boshqa joyda ko’ringan har qanday ilonni o’ldirsa bo’ladi.

Ibn Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

عَنْ ابْنِ مَسْعُودٍ رَضِىَ اللهُ عَنْهُ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهُ صَلى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلمَ: "اقْتُلُوْا الحَيات كُلهُن فَمَنْ خَافَ ثَأرَهُن فَلَيْسَ مِنى". رَوَاهُ أبُو دَاوُد.

“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Ilonlarning barchasini o’ldiring! Kim ularning o’ch olishidan qo’rqsa, mendan emas”, deganlar”. (Imom Abu Dovud rivoyat qilgan).

Bu rivoyatni bizning diyorlarda ham “Ilon nima qilib bo’lsa ham o’chini olar emish” degan xurofatlar borligi uchun keltirildi.

Mir Arab oliy madrasasi talabasi

Muhammad Yunus Muhammad Muso manbalar asosida tayyorladi

. .