“Tinchlik va barqarorlik, millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglikni ta’minlash – davr talabi”
Muallif: . .
Sana: 19.07.2021
571

Xalqimiz azal-azaldan millatlararo totuvlik, diniy bag’rikenglik va axloqiy masalalarda na’muna bo’lib kelmoqda. Yurtimizda olib borilayotgan keng ko'lamli islohotlar negizida, avvalo, inson manfaati, uning huquq va erkinliklarini ta'minlash turadi. Bu esa fuqarolar manfaatlarinitinchlik va osoyishtalik, o'zaro hurmat, mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini yaratish orqali amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev xalqimizning dunyoqarashida tobora chuqur va mustahkam o‘rin egallayotgan bag‘rikenglik tamoyili to‘g‘risida shunday deydi: “Bizning qadimiy va saxovatli zaminimizda ko‘p asrlar davomida turli millat va elat, madaniyat va din vakillari tinch-totuv yashab kelgan. Mehmondo‘stlik, ezgulik, qalb saxovati va tom ma’nodagi bag‘rikenglik bizning xalqimizga doimo xos bo‘lgan va uning mentaliteti asosini tashkil etadi”.

Butun jahon koronavirus pandemiyasi bilan bog'liq inqirozga duch kelgan bir paytda jamiyatda tinchlik, bag’rikenglik, birdamlik mehr-oqibatni saqlash muhim ahamiyatga ega.

Yurtimiz aholisining ko'p millatli bo’lishi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning qulay omiliga aylanib bormoqda. Qolaversa, yurtimizda xorijiy mamlakatlar bilan do'stlik aloqalari qo'mitasi qoshida 138 ta milliy madaniy markaz, bundan tashqari, 16 ta konfessiyaga tegishli 2300 ga yaqin diniy tashkilot faoliyat yuritadi.

Yurtimizda 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi ishlab chiqildi va mazkur sohaga alohida e'tibor qaratildi

So'nggi yillarda millatlararo munosabatlar va diniy sohada ko’plab qonun hujjatlari va qarorlar qabul qilindi. Shu o’rinda aytib o’tish joizki, O'zbekiston Respublikasining millatlararo va konfessiyalararo totuvlikni o'rnatish siyosati dinimiz ta'limotlariga shu bilan birga inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi va boshqa xalqaro huquqiy-me'yoriy hujjatlargamos keladi.

Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, xalqimiz qon-qoniga singib ketgan bu bebaho qadriyatlarni yana ham mustahkamlash yo’lida barcha soha vakillari jon kuydirishlari yurtimiz kelajagi farovonligini ta’minlashda muhim omil vazifasini o’taydi. Alloh taolo Yurtimiz tinchligi, farovonligini ziyoda qilsin! Bu yurtda yashovchi barcha millatlar ahil-inoqligini yanada mustahkam qilsin!

ABDULAZIZ AHMADJONOV

Mir Arab oliy madarasasi o’qituvchisi

. .