Bilamizki, mazhab boshi imonlarimiz oyat va hadislardan biz kabi ilmsiz insonlarga fiqhiy hukmlarni tartiblab berganlar. Chunki oyat va hadislarni hammasini o'qib chiqish mushkil ish. Undan tashqari ularni tushunib hukm chiqarish uchun esa juda katta turli xildagi ilmlar kerak bo'ladi. Hadislarni yodlab xabardor bo'lish alohida ilm, ulardan hukm olish alohida ish ekanligini buyuk imomlarimizdan biri Iso ibn Abanning hayotlarida bo'lib o'tgan voqeadan ham bilib olsak bo'ladi.
Imom Hofiz Usuliy, Iroq Faqihi, Basra Qozisi Iso Ibn Aban Ibn Sodaqo hijriy 221-yili muharram oyida chorshanba kuni Basrada vafot etgan, tug’ilgani haqida ma’lumotlar yo’q. U kishi hadis, fiqh va usulni Hanafiy mazhabini tarqatuvchisi, yozib oluvchisi Muhammad Ibn Hasan ash-Shayboniydan olgan va u kishini huzurida kamol topgan.
Hijriy 211-yili Ismoil Ibn Hammod Qozilikdan bo’shatilganda Basra qozisi etib tayinlanadi. U kishi qozilik bilan mashhur bo’ldi. U kishini qoziligi haqida Hilol Ibn Yahyo, Basraga Islom kelgandan beri hozirgi davrgacha Iso Ibn Abandan ko’ra faqihroq qozi kelmagan deb aytgan. Shuningdek Bakkor Ibn Qutayba, bizgamisli yo’q darajada 2 ta qozi bo’lgan. Ular Ismoil Hammod Ibn Abu Hanifa va Iso Ibn Aban degan.
Iso Ibn Aban Imom Muhammadning qo’lida fiqhni o’rganishiga sabab bo’lgan voqea u kishini hadis ilmini qanchalik yodlagani va keng bilimga ega ekanligiga va ustozi Imom mujtahid, Lug’aviy olim Imom Muhammad Ibn Hasan Shayboniyni ham hadisdagi bilim darajasiga va hadis ilmlaridan hisoblangan nosix va mansuxilmlarda qanchalik yuqori darajada ekanligiga dalolat qiladi. Hofiz Soyramiy va Xatib va boshqalar Muhammad Ibn Samoa’dan rivoyat qiladilar: Iso Ibn Aban yuzi chiroyli inson bo’lib, biz bilan birga namoz o’qirdi. Bir kuni Uni Imom Muhammadning darslariga taklif qildim. U bular hadisga xilof qiladigan qavm dedi. Bir kuni biz bilan birga bomdod namozini o’qidi. O’sha kuni Imom Muhammadning dars beradigan kuni edi. Uni qo’ymasdan darsga qolishga ko’ndirdim. Keyin Imom Muhammad dars o’tib bo’lgach yoniga olib kelib u kishiga aytdim Manabu birodaringiz kotib Aban Ibn Sodaqoning o’g’li u o’ta zukko, hadis bilimdoni, yoningizga taklif qilsam rad etdi va aytdiki biz hadisga xilof qilar ekanmiz. Imom Muhammad yuzlandida ey o’g’lim qaysi o’rinda xilof qilgannimzni ko’rding, bizdan eshitmaguningcha bizga qarshi guvohlik bermagin dedi. So’ngra Iso Ibn Aban imom Muhammaddan25 ta mavzuda hadis so’radi. So’ngra Imom Muhammad har biriga javob berdi va ularni mansux bo’lgan hadis ekanligini xabarini berdi va quvvatlovchi hadislarni va dalillarni keltirdi. Chiqqanimizdan keyin Iso menga yozlandida men bilan nurni o’rtasida bir parda bor ekanu endi mendan ko’tarildi. Men insonlarning ichida bu kishiga o’xshashini bilmayman dedi va Imom Muhammadni mahkam ushladi. Natijada fiqh bilimdonlaridan bo’lib yetishdi[1].
Mevali daraxtga tosh otiladi deyilganidek, hamma zamonda ham olimlarni ko'raolmay hasad qiladiganlar yoki ilm yuqori bo'lmagani uchunularni tanqid qiladiganlar topiladi. Hanafiy mazhab imomlarmiz hozirgi kungacha bunaqalarga yetarli darajada javob berib, ixtiloflarni bartaraf qilib kelganlar. Bunga misol yana Iso ibn Abonning hayotidagi bo'lagan hodisadan misol keltirsak.
Iso Ibn Horun xalifa Ma’mun Abbosiyning oldiga hadislar to’plangan kitob olib kelib, bu hadislar Horun ar-Rashid sen uchun tanlab bergan shayxlardan men eshitgan hadislardir dedi. Seni majlisingda ba’zilar borki bu hadislarga xilofqilishadi deb, Abu Hanifa rahmatullohi alayhning izdoshlarini nazarda tutdi. Agar bu jamoadagilar haq bo’ladigan bo’lsa Horun ar-Rashid senga tanlab bergan narsalarida adashibdi. Agar a- Rashid to’g’ri bo’ladigan bo’lsa bu xatokorlarni badarg’a qilishing kerak dedi. Ma’mun balkim ularda ham dalil bordir bir so’ray dedi. So’ngra kitobni 3 kishiga birma bir ko’rsatdi. Ular qoniqarli javob berisha olmadi. Keyin bu xabar Iyso Ibn Abanga yetdi. Bundan oldinXalifani yoniga kirmagan edi. Olim“al-Hujjatul sog’ir” kitobini yozdi.Unda hadislarni ko’rinishlari, qanday naql qilinadi, qanday qabul qilinadiyu qanday qabul qilinmaydi va bizlarga bir biriga ziddini eshitib qolsak nima qilish kerak ekanligi yozib, holatlarini ham ochib berdi. So’ngra o’sha hadisni boblarga ajratdi. Har bir bobda Abu Hanifa rahmatullohi alayhning hujjatlarini va mazhabini va u kishi dalil qilib olganhadislarni keltirdi. o’ta yuqori darajada tatbiq qilib keyin bu kitobga ishlov berdi. Oxiri Ma’munning qo’liga kitob yetdi. Ma’mun uni o’qibmanabu qavmga loyiq bo’lgan javobdir deb bir she’r to’qidi:
Ular bir yigitga hasad qidilar uni darajasiga yeta olmaganidan. Insonlar unga dushman va adovatchidir.
huddiki chiroyli ayolning kundoshlari hasaddan uni xunik deganlari kabidir.
deb javob qildi[2].
Yuqoridagilardan xulosa qilsak bo'ladiki hanafiy mazhabi olimlari boshqa ilmlar kabi hadis ilmlarida ham yetuk ekanligini tushunishimiz mumkin. Qolaversa fiqhiy kitoblarimizdagi hukmlar shar’iydalillarga asoslanganini va qanchadan qancha chig'iriqlardan o'tib shuncha asrdan beri bizgacha mukammal holatda yetib kelganini tushunishimiz mumkin. Alloh taolo barcha ulamolarimizniqilgan mehnatlarini qabul qilsin va jannati bilan mukofatlasin.
Ibrohimjon domla TEMIROV
Mir Arab oliy madrasasi o’qituvchisi
[1] Abdulmajid at-Turkmaniy. Dirosatu fi usulil hadis ala manhajil hanafiyyati. 2015. Daar ibn kasir. Bayrut.
[2] Muhammad Avvoma. Asarul hadisish sharif fi ixtilafi aimmatil fuqaho roziyallohu anhum. 1997. Darul bashairil islomiyya.
