ILMDAGI BARAKANING SIRI
Muallif: . .
Sana: 22.09.2022
235

Shamsul Aimma al-Halavoniy (rohimahulloh) safarga otlanib Buxoro shahridan chiqib ketadilar. Safarda bir hodisa sabab bo’lib, chekkaroq bir qishloqqa borib yashadilar. Shunda uning shogirdlari ustozining ziyoratiga kelishar edi-yu, faqat Shamsul Aimma Zarnujiy (rohimahulloh) kelmas edilar. Bir kuni Imom Halavoniy Imom Zarnujiyni ko’rib qoldilarda, u kishiga: “Nima sababdan meni ko’rgani kelmading”, dedilar. Shunda Imom Zarnujiy: “Men onamning xizmati tufayli bora olmay qoldim”, dedilar. Bunga javoban Imom Halavoniy: “Ha, umringdan baraka topasan lekin, darsingni ravnaqidan baraka topmaysan”, dedilar. Imom Zarnujiyning holati ustozi aytganday bo’ldi.

Ilm talab qilyabman, deb yurgan talabalar! Agar, ilmimdan baraka topay, desangiz, har doim ustozlarning xizmatini qilib, qalbiga surur kiritib, nazarlarini topishga va duolarini olishga harakat qiling.

Zero, ustoz roziligi dunyo va oxirat saodatmandligi omilidir.

ABDULATIF BAXTIYORJON O’G’LI

Mir Arab oliy madrasasi o’qituvchisi

. .