NAMOZNING KISHI SALOMATLIGIGA TAʼSIRI
Muallif: . .
Sana: 10.01.2023
302

AQSHning Binggempton universitetida oʻtkazilgan tadqiqot namoz harakatlari umurtqa pogʻonasining pastki qismidagi ogʻriqlarni yengillashtirishini isbotladi. Olimlarning fikricha, muntazam namoz oʻqish umurtqa pogʻonasiga terapevtik muolajalar kabi kuchli taʼsir koʻrsatadi. Shuningdek, orqa miyadan tashqari, qon bosimi va yurak urish tezligini barqarorlashtirishga yordam beradi, tarang mushaklarni boʻshashtiradi.

Tadqiqotchilarning taʼkidlashicha, pastki umurtqa pogʻonasiga eng katta taʼsir tiz choʻkib sajda qilingan paytda boʻladi.

Namozning salomatlikka foydasi haqidagi qiziqarli xulosa olimlarni uni qismlarga boʻlib oʻrganishga undadi va bunday xulosaga kelishdi.

Tik turish vaznni teng taqsimlaydi, ruku pastki orqa va son mushaklarini choʻzadi va yuqori tanaga qon oqimini yaxshilaydi, sajda boʻgʻinlarning elastikligini oshirib, boshga qon oqimining koʻpaytirib, qon bosimini barqarorlashtirishga yordam beradi, shuningdek, xotira va konsentratsiyani yaxshilaydi.

Takroriy sajda esa tananing nafas olish, qon aylanish va asab tizimlarini tozalashga yordam beradi, ovqat hazm qilishni ham bir meʼyorga keltiradi, chunki ovqat oshqozon ichida yuqoriga va pastga harakatlanadi.

Tadqiqot umurtqa pogʻonasidagi ogʻriqlarga bagʻishlanganligi sababli, namoz ulardan aziyat chekadigan bemorlarga samarali vositalardan biri sifatida tan olindi.

Manba muslim.uz

. .