Madrasamizda oliy va o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalari talabalarining konferensiyasi o‘tkazildi
Muallif: . .
Sana: 24.11.2017
4023

“O‘zbekiston – diniy bag‘rikenglik yurti” mavzusidagi oliy va o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalari talabalarining konferensiyasi 3 ta ta’lim muassasasi: Mir Arab oliy madrasasi, Mir Arab o‘rta maxsus islom bilim yurti va Jo‘ybori Kalon ayol-qizlar o‘rta maxsus islom bilim yurti talabalari ishtirokida o‘tkazildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasining Ta’lim va kadrlar tayyorlash bo‘limi mudiri J.Nuriddinov nutq so‘zladi.

Shundan so‘ng konferensiyada Mir Arab o‘rta maxsus islom bilim yurti talabasi Yo.Pattajonov “O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida diniy bag‘rikenglikni ta’minlash kafolatlari” mavzusida, Mir Arab oliy madrasasi talabasi V.Bozorov “Qur’oni Karimda diniy bag‘rikenglik masalalari” mavzusida, Jo‘ybori Kalon ayol-qizlar o‘rta maxsus islom bilim yurti talabasi M.Safarova “Hadisi shariflarda diniy bag‘rikenglik targ‘iboti” mavzusida ma’ruza qildi.

Yuqorida nomi keltirilgan 3 ta talabalar ma’ruzalarini yuqori darajada tayyorlagani hamda o‘zlarining yuksak notiqlik mahoratini namoyon etgani uchun O‘zbekiston musulmonlari idorasining tashakkurnomalari bilan taqdirlandi.

Tadbir yakunida Qur’oni Karim tilovat qilinib, davlatimiz tinchligi, rivoji va xalqimiz farovonligi borasida duoyi xayrlar qilindi.

M.Xo‘jayev,
Mir Arab oliy madrasasining Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori

. .