BIDʼAT NIMA?
Muallif: . .
Sana: 21.02.2023
828

Ulomolar bidʼatni ikki qismga boʻlganlar:

bidʼati hasana (yahshi bidʼat amal) va bidʼati sayyia (yomon bidʼat amal)(Nuhzatul muttaqiyn,1 juz, 160 bet).
Bidʼati hasana (yaxshi bidʼat) deb shariatda asli boʻlgan amalni shu aslga tayanib, uni shakllantirish uchun joriy qilingan qushimcha amallarga aytiladi. Bunga Xazrat Umar ibn Xattob (roziyallohu anhu.)ning ishlarini misol qilish mumkin. U kishi Ramazon oyida oʻqiladigan taroveh namozini imomga iqtido qilib, jamoat bilan oʻqishni joriy qilganlar. Aslida sunnat amal boʻlgan taroveh namozini Rasulullox (sollallohu alayhi vasallam.) jamoat bilan uqimas edilar. Hazrati Umar (roziyallohu anhu.) esa, xalifalik davrlarida uni jamoat bilan oʻqishni joriy qildilar va: “Kanday yaxshi bidʼat boʻldi” dedilar. Shunga binoan diniy ilmlar oʻrgatish uchun alohida madrasalar qurish, kitoblar chop etish, masjidlarga gilam solish, mavlud oʻqish va shunga oʻxshash din asoslariga zid boʻlmagan amallar bidʼati hasana boʻladi. Allohga taqarrub hosil qilish maqsadida biror aslga suyanib qilingan har qanday amal lugʻaviy jixatdan bidʼat deb nomlansada, unga amal qilish joiz boʻladi va u zalolatga boshlamaydi.

Bidʼati sayyia (yomon bidat) esa, sharʼiy aslga ega boʻlmagan biror narsani joriy qilish yoki sharʼiy aslga xilof ravishda ayricha talqin qilishdir. Bidʼati sayya koʻpincha eʼtiqod masalalariga taalluqli boʻlib,shariaat koʻrsatgan eʼtikoddan chetga chiqish, eʼtiqodiy masalalarda gʻuluvga ketishdir. Imom Molik (rahmatullohi alayhi.)dan bir kishi Qurʼoni karimdagi:

“(U) Arsh uzra ”mustaviy“ boʻlmish Rahmondir” (Toho,5) oyatidagi “mustaviy” soʻzining kayfiyati haqida suraganida, u kishi: “Mustaviy”ning maʼnosi maʼlum. lekin uning kayfiyati nomaʼlum, ammo bu xaqda savol berish bidʼatdir, deganlar va u kishini majlisdan haydab yuborishga buyurganlar. Oyatdagi “mustaviy boʻldi”
iborasi tik turdi, toʻgʻri boʻldi, chiqib joylashdi, egalladi kabi maʼnolarni bildiradi. Bulardan qaysi biri toʻgʻri yoki notoʻgʻriligi ustida va Allohning qanday kayfiyatda mustaviy boʻlishi haqida fikir yuritib gʻuluvga ketish ayni bidʼati sayyiadir. Bu kabi oyatlarga faqat imon keltirib, Allohdan ekanligini tasdiqlab qoʻyishning oʻzi kifoyadir.
Ulomolar bidʼat ahli bilan oʻtirish, ular bilan hamsuhbat boʻlishdan qaytarganliklari haqida asarlarda keltirilgan. Juladan, Hasan Basriy (rahmatullohi alayhi.) "Bidiʼatchi fosiq bilan oʻtirma, aks holda qalbing uning gapiga moil boʻladi va natijada halok boʻlasan.
Unga qarshi chiqqan taqdiringda, qalbingga maraz kiradi", deganlar.
Yahyo ibn Kasiyr esa: Agar yoʻlda bidiʼatchiga yoʻliqib qolsang, boshqa yoʻlga burilib ket, deganlar.

Orifhon Imomov

Toʻraqoʻrgʻon tuman “Hoʻja Kalon Abdulmoniy”

. .