
Yordam hajmi 50 tonnaga yaqin.
Bugun, 21-fevral kuni Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshirigʻiga asosan Suriya Arab Respublikasining zilziladan jabr koʻrgan aholisi uchun insonparvarlik yordami yuborildi. Bu haqda OʻzA agentligi xabar bermoqda.
50 tonnaga yaqin yuborilayotgan insonparvarlik yordami yuki roʻyxatiga bolalar va kattalar uchun kiyimlar, maishiy texnika vositalari, chidamli oziq-ovqat konservalari, quruq mevalar, yarim tayyor ovqatlar, chaqaloqlar boʻtqasi, odyol va yostiqlar, gigiyenik vositalar toʻplami singari hayotiy zarur vosita va mahsulotlar kiritilgan.
Insonparvarlik yuki yordami koʻrinishidagi hayotiy zarur vosita va mahsulotlarni samolyot orqali Oʻzbekistondan Suriyaga Favqulodda vaziyatlar, Transport vazirliklarining masʼul xodimlari yetkazib berishadi.
- Eslatib oʻtamiz, 6-fevral kuni Turkiya janubi-sharqida roʻy bergan 7,8 va 7,4 balli zilzilalar qoʻshni Suriya shimoli-gʻarbidagi hududlarga ham katta talafot yetkazdi. Bu hududda 6 mingga yaqin kishi oʻlimi tasdiqlangan, ammo bu yakuniy raqamlar emas.
- 20-fevral kuni kechqurun Turkiya janubida 6,4 va 5,8 balli navbatdagi yer silkinishlari roʻy berdi va yana Suriya shimolidagi hududlar bundan zarar koʻrdi.
Manba kun.uz
Eng ko'p o'qilgan Yangiliklar
