1992-YIL 2-MART OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BIRLASHGAN MILLATLAR TASHKILOTIGA AʼZO BOʻLDI
Muallif: . .
Sana: 02.03.2023
16262

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) — Yer yuzida tinchlikni mustahkamlash va xavfsizlikni taʼminlash, davlatlarning oʻzaro hamkorligini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan xalqaro tashkilot

- 1992-yil 2-martda Oʻzbekiston Respublikasi BMTga aʼzo boʻldi. Shu kuni BMT Bosh Assambleyasi binosi oldida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi koʻtarildi.

- 1993-yil 24-avgustda BMTning Toshkentdagi vakolatxonasi ochildi. BMTda Oʻzbekiston Respublikasi vakolatxonasi ish boshladi

- Birlashgan Millatlar Tashkiloti toʻrtta asosiy maqsadga amal qiladi: xalqaro tinchlik va xavfsizlikni taʼminlashga koʻmaklashish, millatlar oʻrtasida doʻstona aloqalarni rivojlantirish, xalqaro muammolarni hal etishda va inson huquqlarini hurmatlashni ragʻbatlantirishda, xalqaro hamkorlikni barqaror etish hamda ushbu umumiy maqsadlarga erishishda millatlar saʼy-harakatlari, kelishuvlari uchun markaziy rolni oʻynash.

- Birlashgan Millatlar Tashkilotida oltita bosh organ mavjud. Ulardan beshtasi — Bosh Assambleya, Xavfsizlik Kengashi, Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengash, Vasiylik Kengashi va Kotibiyat Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nyu-Yorkdagi Markaziy qarorgohida, oltinchi organ — Xalqaro Sud esa Niderlandiyaning Gaaga shahrida faoliyat koʻrsatadi.

. .