QURʼONI KARIM FULA TILIGA TARJIMA QILINDI
Muallif: . .
Sana: 04.03.2023
431

Afrikaning Gvineya davlatidagi “Islom uyi” uyushmasi hamda “Tadqiqot va tarjima” markazi tomonidan 4 yillik hamkorlikdan soʻng Qurʼoni karimning fula tilidagi tarjimasining elektron varianti chop etildi.

Ushbu elektron variant hozirda Qurʼon ensiklopediyasining rasmiy veb-saytida mavjud boʻlib, u 23 tilga, jumladan, hausa va suahili tillariga tarjima qilingan.
Loyiha rasmiylariga koʻra, Qurʼonni fula tiliga tarjima qilish qiyin kechgan, chunki tarjimonlar kitobning tili barcha oʻquvchilar uchun tushunarli boʻlishini taʼminlash kerak edi. Shu bois imkon qadar Qurʼon maʼnolari tarjimasiga oʻta jiddiy yondashildi. Ushbu tarjimaning qogʻoz nusxasi tez orada taqdim etiladi.
Afrikadagi fula tilida soʻzlashuvchilar Senegal, Mavritaniya, Gambiya va Gʻarbiy Malida yashaydi. Bu til Senegaldagi ikkinchi mahalliy til va mamlakat aholisining taxminan 22 foizining asosiy tilidir.
Fula tili eng keng tarqalgan Afrika tillaridan biri hisoblanadi. U bir necha asrlar oldin yozila boshlagan, Afrika va xorijiy taʼlim hamda ilmiy muassasalar unga eʼtibor qaratgan. Fula tili XX asrning ikkinchi yarmida uni yozishning ahamiyati ortgan, shu sababli turli til, madaniyat, diniy, adabiy va boshqa sohalarda yuqori koʻrsatkichga erishgan.

OʻMI Matbuot xizmati

. .