Buxoro davlat universitetida Mir Arab oliy madrasasi bilan hamkorlikda “Xalqaro bag‘rikenglik kuni”ga bag‘ishlab 2017 yil 15 noyabr kuni “O‘zbekiston – bag‘rikeng diyor” shiori ostidagi ko‘rgazma va anjuman o‘tkazildi.
Tadbirning avvalida soat 13:00dan 14:00gacha kitoblar ko‘rgazmasi
va soat 14:00dan 15:00gacha “O‘zbekiston – bag‘rikeng diyor” shiori ostidagi anjuman bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Buxoro davlat universiteti, Mir Arab oliy madrasasi,
Mir Arab o‘rta maxsus islom bilim yurti, Jo‘ybori Kalon ayol-qizlar o‘rta maxsus islom bilim yurti talaba va o‘qituvchilari, turli milliy madaniy markazlar, diniy konfessiyalar vakillari, bir qator davlat va nodavlat tashkilotlari vakillari qatnashdi.
Tadbirni Buxoro viloyati hokimi o‘rinbosari Zokirjon Hidoyatov kirish so‘zi bilan ochib berdi.
Tadbirda Mir Arab oliy madrasasi prorektori Azizxo‘ja Inoyatov “Bag‘rikenglik – yuksak fazilat” mavzusida, Buxoro davlat universiteti professori Sulaymon Inoyatov “O‘zbekistonda bag‘rikenglik madaniyati va millatlararo munosabatlar” mavzusida, Buxoro shahridagi Rus pravoslav cherkovi ruhoniysi Leonid Petrov “O‘zbekistonda e’tiqod erkinligi” mavzusida, Buxoro shahridagi yahudiylar diniy jamoasi rahbari Avram Isxakov “Bag‘rikenglik – tinchlik va totuvlikning asosi” mavzusida, O‘zbekiston-Koreys milliy-madaniy markazlari Assotsiatsiyasi Buxoro viloyati bo‘limi faoli Pak Yelena “O‘zbekiston – yagona oila” mavzusida ma’ruza qildi.
Foto lavhalar:


Mir Arab oliy madrasasi matbuot xizmat
Eng ko'p o'qilgan Yangiliklar
