18 DEKABR - XALQARO ARAB TILI KUNI
Muallif: . .
Sana: 18.12.2023
161

Har yili o'n sakkizinchi dekabr sanasida butun dunyoda Xalqaro arab tili kuni nishonlanadi. 1973-yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti arab tilini rasmiy til sifatida qabul qilish to`g`risida qaror qabul qilgan, so`ngra YUNESKO uni butunjahon arab tili kuni deb eʼlon qildi. Shu munosabat bilan, arab tili bilan shug`ullanuvchi tashkilot va universitetlar arab tilining ahamiyati hamda uning o'tmishi va hozirgi zamondagi o`rni boraisada seminar va bayram tadbirlari oʻtkaziladi.

Xalqaro arab tili kuni shiori ostida o`tkaziladigan bu tadbirlarning asosiy maqsadi ushbu buyuk tilning ahamiyatini dunyoga eslatishga chaqirishdan iboratdir. Chunki, arab tili dunyodagi boshqa tillardan ajralib turadigan o`ziga xos xususiyatlarga egadir.

Quyida arab tilining o`ziga xos xususiyatlarini keltirib o`tamiz:

  • §bu tilda dunyo boʻylab 422 milliondan ortiq kishi soʻzlashadi;
  • §bu arab dunyosini okeandan ko`rfazgacha birlashishiga asosiy omildir;
  • §bu til johiliyat davridan beri arablar tarixining saqlanishi va uning yoyilishiga o‘z hissasini qo`shgan;
  • §arab tili eng qadimiy va lug`at boyligi ko`p tillardan biri hisoblanadi.Uning tarixi 18 asrdan ko`p muddatga borib taqaladi;
  • §ilm-ma’rifatni dunyoning turli yerlariga yoyilishi uchun asosiy vositadir;
  • §o'ngdan chapga yoziladigan o'ziga xos tillardan biri;
  • §dunyoda o'rganish qiyin bo'lgan tillardan biri;
  • §Qur'on tili va Islomda ibodat va namozlar u bilan ado qilinadigan tildir;
  • §arab mamlakatlaridagi ko'plab xristian cherkovlarida asosiy marosim tilidir;
  • §Birlashgan Millatlar Tashkilotining oltita rasmiy tillaridan biri;
  • §arab dunyosining birinchi rasmiy tilidir. U lug`at boyligiga ega va badiiy obrazlarga boy noyob tillardan biri bo`lishi bilan o`ziga xosdir, chunki, u oʻzining lugʻat boyligining soni boʻyicha 12 million soʻzdan oshadi;
  • §ba’zi g`arb lug`atlarining kelib chiqishiga asos bo`lgan tildir.

    ABDULAZIZ FURZULOV
. .