BEMOR ZIYORATI ODOBI
Muallif: . .
Sana: 23.11.2024
32

Dinimizda har bir xayrli ishning odobi bo‘lgani kabi, ulamolarimiz bemorning ziyorati bobidagi odoblarni quyidagicha sanab berganlar:

Xastalangan kishining huzuriga kirganda, ochiq yuz, xush ko‘ngil, shafqat bilan muomala qilinadi, uning yuziga sinchiklab qaralmaydi, ko‘p va qattiq ovozda gapirilmaydi.

Kasal ko‘rish chog‘ida bemorga dard – Allohning bir ne'mati ekani, banda unga sabr qilsa, Alloh taolo bilib-bilmasdan qilingan gunohlarni kechirishini aytib, bemorni ko‘ngli ko‘tariladi.

Bemorning bosh-ko‘zi, manglayi, oyoq-qo‘lini silab, yaxshi so‘zlar bilan ko‘ngli ko‘tariladi, dard vaqtinchalik ekanini aytib, tasalli beriladi.

Kasal kishining ziyoratiga ozroq hadya olib, salom bilan kiriladi va unga yaqin, iloji bo‘lsa, bosh tomonida o‘tirib, ahvoli so‘raladi.

Bemorni ziyorat qilish – Alloh taoloni ziyorat qilishga tenglashtirilgan, xasta kishi garchi g‘ayridin kishi bo‘lsa ham, hol so‘rash yaxshidir.

Kasal bo‘lgan odamni borib ko‘rishning savobi va fazilati juda ko‘p. Bemorni ziyorat qilish, undan hol-ahvol so‘rash, biror yetishmovchiligi bo‘lsa, ko‘maklashib yuborish – musulmon kishi zimmasidagi zarur vazifalardandir.

Uning huzurida past ovozda, tabassum bilan gapiriladi, “Ko‘nglingiz nima istaydi?” – deb so‘raladi. Agar u xohlagan narsasini aytsa va bu unga zarar qilmasa, xoh o‘zi, xoh yaqinlari orqali topib berishga harakat qilinadi.

Bemor yotgan uyda kulish, yig‘lash yaxshi emas, har xil kinoyali, og‘ir botadigan, ko‘ngilga keladigan so‘zlar aytilmaydi.

Agar zarurat bo‘lmasa, kasal ko‘rgani kechasi bormagan ma'qul, chunki dard odatda kechga borib kuchayib, bemorning ahvoli tanglashadi yoki u charchab, oromga shaylangan bo‘ladi.

Kasalni toliqtirib qo‘ymaslik uchun uning oldida uzoq o‘tirilmaydi. O‘zining roziligi bo‘lsa, bir oz o‘tirib, ko‘nglini ko‘taruvchi ibratli hikoyalar so‘zlab turiladi. Gapi sovuq, befarosat kishilarni bemorning yoniga yo‘latmagan ma'qul.

Xastalikka chalingan kishi ham, o‘z navbatida, kelganlarga dardi haqida gapirib, hikoya qilavermasligi, faqat so‘ralgandagina javob qaytarishi kerak. U dardi kuchayganida, o‘ziga o‘lim tilamay, Allohdan shifo so‘raydi va shukrona aytadi.

Bemorning huzuridan turayotganda, uning haqqiga duo qilib, Allohdan shifo so‘raladi. Imkon bo‘lsa bemorni duosi olinadi. Chunki uning duosi ijobatdir. Xayrlashishda “Xudo xohlasa, tezda tuzalib ketasiz”, “Dard ham bir mehmon, hali sog‘ayib ketasiz” kabi so‘zlar bilan tasalli beriladi.

Malumki, muqaddas dinimiz mehr-muruvvatga, ezgulikka chorlaydi, rahmdillikni tarannum etadi. Alloh taolo ushbu dinni insoniyatga olib kelgan zot-Muhammad (s.a.v) haqida bejiz: “Batahqiq, Biz Sezni olamlarga fakat rahmat qilib yuborganmiz!” (Anbiyo: 107) deya marhamat qilgan. Rahmat qirralarining eng buyuklaridan biri esa dinimizning zaif-bechoralar, bemoru xastalarga kursatgan rahmati, mehr- shafqatidir. Kasallik kishi holini mahzun, a’zolarini esa zaif qilib quyadi. Bunday vaziyatda inson bolasi mehr-muruvvatga har qachongidan ham muhtoj buladi. Dinimiz bunday betoblarning holidan xabar olib turishga, ularning kunglini ko’tarishga hamda bir oz bulsa-da, dardlarini yengillatishga buyuradi. Hazrati Alidan (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) ni shunday deganlarini eshitdim: "Kim musulmon birodarini kasal holida kurgani kelsa, uning oldiga kelib utirguncha jannat yulida yurgan buladi, agar utirsa, Allohning rahmati uni qamrab oladi. Agar ertalab ziyorat qilsa, kechgacha yetmish ming farishta unga salavot aytadi. Agar kechqurun ziyorat qilsa, tongacha yetmish ming farishta unga salavot aytadi.“ Abu Dovud va Ibn Moja rivoyati. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) Salmon Forsiyni kasal bulganda kurgani kirib, dedilar: ”Sening bu tishingda uchta xislat bor. Robbingdan eslatma, poklik va oldingi gunohlaringga kafforat, kasal kishini duosi mustajabdir, kodir bulganinda Allohga duo qil Islom bemorga mehribonlik kursatishda shuning uzi bilan cheklanib qolmadi, balki, uni ziyorat qilishni boshqa birodarlari ustidagi haqlaridan biri etib belgiladi. Hadislarda kelishicha, “Besh narsa musulmon kishining uz birodari zimmasidagi haqlaridan hisoblanadi: salomga alik olish, aksa urganda (alhamdulillah desa), (”yarxamukalloh“ deya) sog’lik tilab duo qilish, mehmonga chaqirganda borish, kasal bulganda ziyorat qilish va janozasida qatnashish” Abu Hurayra (r.a)dan rivoyat qilingan. Bemorni ziyorat qilish kasal kishiga ruhiy madad buladi, yani, uz dustlari oldida qadri-qimmati borligidan xursand bo’lib, yashashga bo’lgan ishtiyoqi yanada kuchayadi. Bemorning kayfiyati kutarilishi esa, kasallikni yengishga sabab bo’ladi. Shuningdek, u yaqinlarining do’stlarining mehr-oqibatlari va duolariga sazovor bo’ladi. Natijada, ular Urtasida mehr-oqibat, muhabbat ziyoda buladi. Bemorni yo’qlash odobi, u yerda qilinadigan ishlar haqida ham dinimizning kursatmalari mavjud bo’lib, kasalni yo’qlovchi uning bosh tomonida turib, Alloh senga shifo bersin, deb bir necha marta aytishi, uni duo qilishi, rang-ruyi, holati haqida ehtiyot bo’lib, iloji boricha bemorning ko’nglini kutaradigan gaplar aytishi lozim. Uz navbatida, bemor ham hadeb nolimasligi, yo’qlovchi qaytayotganda uni duo qilishi maqsadga muvofiq bo’ladi. Bemorni ziyorat qilishda ziyoratchi uchun juda ham ko’plab foydalar bor. Yana kasal ko’rish Alloh bergan sog’liqni qadriga yetib, unga shukr qilishga chorlaydi.

Husniddin Boyqobilov,
Mir Arab oliy madrasasi bitiruvchisi,
Xoja Buxoriy islom ta’lim muassasasi o’qituvchisi

. .