HAYOT HAQIQATI
Muallif: . .
Sana: 06.03.2021
1490

Bilishimiz kerak bo'lgan narsa shuki, bu dunyo ne'matga qancha to'lib toshsa ham, albatta, biror hikmat sababli uning ne'matlari g'am g'ussalar bilan aralashib kelgan. Alloh taolo o'zida yaxshiliklarni va yer yuzidagi bandalariga ne'mat bo'ladigan mevalarning o'sishi uchun sabablarni jamlagan yoz faslini yuboradi, bu fasl qattiq issiqdan iborat mashaqqatlarni ham olib kelishi aniq. Alloh taolo osmon barakasi va nabototlarning o'sishi uchun natija qilgan qish faslining chimchilab oluvchi qattiq sovuqlarini ham unutmasligimiz lozim...

Shuning uchun Alloh taolo dunyoni g'am tashvishlarga to'ldirgan...

Bu dunyoga mehmon bo'lib keluvchi inson hayotning tabiati, ya'ni, xususiyatlari hamda Alloh subhanahu va taala uning zimmasiga qoim qilgan ishlarni bilishi lozim. Toki u kutilmagan narsadan fojia yasamasin va turmushi Alloh taolo tuzib qo'ygan yo'nalishda ravon davom etsin. Ko'z ochib, hayotni ko'rgan juda ko'p insonlar o'zlarini jannatdagi soya salqinda yashyotganday his qiladilar, mana shu ularning baxtsizligiga asosiy sabablardan biri bo'lgan. Alloh taolo bu dunyoni nima bilan qoim qilgani bilan dastlab tanishib chiqqanlarida hech qachon baxtsizlikka uchramas, Alloh taolo qoim qilgan narsalarning har birida hikmat borligini bilardilar.

Alloh taolo hayotimizning birinchi shartiga aylantirgan havo ham ayrim paytlarda bo'ron va ofatlar sababiga aylanishini bilishimiz kerak. Alloh taolo yerdan chiqargan yoki osmondan tushirgan taom, bo'ysundirib qo'ygan ko'plab chorva mollari bir vaqtning o'zida insonga g'am-g'ussalarni ham keltirishi mumkin. Insonning yashayotgan hayoti bir holatdan boshqa holatga o'tmay o'zgarishsiz turishi mumkin emas. Hayotinjng dastlabki vaqtidagi bolalik zavqi insonni ajablantirgan bo'lsa, tez orada bu yosh o'spirinlik davriga inadi, uni salomatlik, ofiyat va jo'shqin tuyg'ular ko'rinishidagi bu davr ajablantirgan bo'lsa, bu ham tez orada qalbini g'am-g'ussa, xotiralarga to'ldiradigan yetuklik yoshiga o'tishi aniq. Yetuklik ham, albatta tugaydi, qarilik keladi.

Bir paytlar uni salomatlik va ofiyat hayratga solgan edi, endi ilojsiz dardu alamlar va kasalliklar navbati yetadi. Inson bu dunyo shunday ekanini bilishi lozim. Shuningdek, odamning kuchi qanchalik ko'paysa yoki ozaysa, boyligi qanchalik ortsa yoki kamaysa, bularning hammasi dunyoning ishlari shundayligini tushunib yetishi uchundir.

Alloh aytadi: "Albatta, Biz sizlarni biroz qo'rqinch va ochlik bilan,
mol-mulkka, mevalarga nuqson yetkazish bilan sinaymiz" (Baqara surasi,
155-oyat). Bu dunyoga mehmon bo'lib keluvchi inson hayotining mohiyatishulardan iborat ekani va bu nizomni o'zgartirishning hech qanday yo'li ham, imkoni ham yo'qligini bilish lozim. Ammo, buning hikmati nima? Bu yerda har bir inson bilib olishi zarur bo'lgan muhim ishlar yashiringan. Alloh taolo qoim qilgan hayotning biz sanagan nizom va uslublar bilan o'tishi insonni Alloh taoloning mehru-shafqatiga yaqinlashtiradi. Bu Alloh taoloning buyuk rahmatining nozik ko'rinishidir. Alloh taolo hayotni haqiqiy qarorgohga o'tish uchun yo'l qilgan. Umrni faqat turish joyidangina iborat qilmagan.

Alloh bu dunyoni o'tadigan va o'ziga taklif etilgan vazifalarni bajaradigan keng maydon qilgan. Inson bu vazifalar orqali qalbidagi Allohga bo'lgan iymonini va Allohning oldidagi o'zining bandalik mohiyatiga bo'ysunayotganini yoki bularning teskarisi bo'lgan Allohga kufrona javob qilishi va unga bandalik mazmun-mohiyati oldidagi qaysarligini namoyon qiladi.

Bu o'tish maydoni orqali insonning qalb tubida berkingan nozik narsalari ham ochilib ko'rinadi yoki namoyon bo'ladi.

Agar Alloh taolo bu dunyoni tashvishsiz, faqat ne'matlarning o'zi bilan to'ldirsa, nima bo'lar edi? Inson bularga qattiq bog'lanib, bu dunyoning o'zigagina oshiq bo'lib qolar edi. Uning orzu umidlari keyin keluvchi narsadan to'silib, g'am tashvishsiz dunyo ne'matlaridan iborat bo'lgan, ushbu maydondagi o'y-xayollar bilan chegaralanib qolar edi. Biror kasallik yoki osmondan tushuvchi ofatlar, yerdan keladigan balolar, odamlarni bir-birlari bilan sinab, imtihon qilishlar bo'lmaganida, inson shu dunyoning o'zigagina bog'lanib qolar edi. Lekin, bu hayot o'tish yo'li, ko'prik bo'lib, doimiy o'rnashib turadigan qarorgoh emas.

Qaysidir bir kun chaqiruvchi farishta uni oxirat safariga chorlashi aniqdir. Agar qalbingiz bu hayotga bog'lanib, unga biror ne'mat tufayli oshiq bo'lib qolsa, siz u bilan xayrlashayotgan paytda qanchalik alam chekasiz. Farishta Alloh taologa yo'liqish vaqting keldi, deganida qanchalik azob chekib, qiynalishingizni bilasizmi? U vaqtda siz solihlardan bo'lasizmi, yaramas badjahl bo'lasizmi, to'g'ri yo'lda yuruvchi avliyolardan yoki yo'ldan adashgan kishilardanbo'lasizmi, baribir, xuddi ildizlari yer ostida tarqalgan daraxt yerdan qo'porib olingani kabi o'zingizning bu hayotdan sug'urib olinayotganingizni, albatta, his qilasiz.

Alloh taolo ko'pchilik hayotining keksalikda yakun topishiga e'tibor beringlar. Nima uchun avval qarilik keyin yoshlik davri berilmadi? Buning ortida aniq va ravshan hikmat turibdi. Inson yoshligi bilan vidolashib, qarilik davriga kirganida, bir kun zerikish his qiladi, hayot joniga tegib, malol kelib qoladi, mana shu Alloh taoloning bandalariga bo'lgan mehribonligining bir ko'rinishidir.

Mir Arab oliy madrasasi o’qituvchisi

To’ymurod Sayliyev

. .