“dolzarb 40 kunlik”
Muallif: . .
Sana: 01.12.2021
566

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2021 yilning 2 noyabr kuni aholini uy-joy bilan ta’minlash hamda yashil maydonlarni kengaytirish chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishida Davlatimiz rahbari tomonidan 10 dekabr kuniga qadar daraxt ekish bo‘yicha “dolzarb 40 kunlik” e’lon qilingan edi. Prezidentimiz topshiriqlari ijrosi yuzasidan 2021 yilning 30 noyabr sanasida Mir Arab oliy madrasasining qurilish ishlari borayotgan yangi binosi hududiga manzarali va mevali daraxtlar ekish tadbiri bo’lib o’tdi. Tadbirda Prezident Administratsiyasi masul xodimlari, Din ishlari bo'yicha qo'mita vakillari, Buxoro viloyat Hokimi, Viloyat mutasaddilari, O'zbekiston musulmonlar idorasining Buxoro viloyat vakilligi vakillari, Mir Arab Oliy madrasasi va Mir Arab o’rta-maxsus islom bilim yurti jamoasi ishtirok etishdi.






. .