INSON HUQUQLARI KUNI: HAMMA INSON, HAMMA TENG!
Muallif: . .
Sana: 10.12.2021
622

“Umuminsoniy huquqlar qayerdan boshlanadi, axir? Uyga yaqin kichkina joylarda, - shunchalik yaqin va shunchalik kichikki, ularni dunyoning hech qanday xaritalarida ko'rib bo'lmaydi. [...] Agar bu huquqlar o'sha yerda ma'noga ega bo'lmasa, ular hech qanday ma'noga ega emas. Fuqarolarning ularni uy-joy yaqinida qo'llab-quvvatlash bo'yicha kelishilgan harakatlarsiz, biz katta dunyoda taraqqiyotni behuda qidiramiz.” Eleanor Roosevelt

1939-1945-yillarda sodir bo’lgan dahshatli voqealar, Ikkinchi jahon urushi vaqtida insoniyatga qarshi amalga oshirilgan qirg‘inlar insonning umume'tirof etilgan huquqlarini qayd qilish zarurligini ko‘rsatdi. 1941 yilda AQSh prezidenti Franklin Ruzvelt «Mamlakatdagi holat bo‘yicha murojaat»ida 4 ta muhim erkinlik: so‘z erkinligi, vijdon erkinligi, ehtiyojdan erkinlik va qo‘rquvdan erkinlikni qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi. Ayni shu narsa, tinchlik o‘rnatish va urush tugashiga imkon beradigan inson huquqlari rivojiga yangi turtki berdi.

1948 yilning 10 dekabrida Birlashgan Millatlar Tashkiloti umume'tirof etilgan Inson huquqlarini tasdiqladi. BMT Bosh assambleyasi Inson huquqlari deklaratsiyasini qabul qildi. Uning bandlari Yer yuzidagi har bir insonga bevosita tegishlidir. Ularning ijrosini yoxud o‘z huquqi poymol qilinmasligini har bir inson talab qilishga haqlidir.

Inson Huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasi(IHUD) irqi, rangi, dini, jinsi, tili, siyosiy yoki boshqa qarashlari, milliy yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mulki, tug'ilishi yoki boshqa holatidan qat'i nazar, inson sifatidagi ajralmas huquqlarni e'lon qiluvchi muhim hujjatdir. Ushbu hujjat 500 dan ortiq tillarda mavjud bo'lib, u dunyodagi eng ko'p tarjima qilingan hujjatdir.

Deklaratsiyaning 1-2-moddalari poydevor vazifasini bajarib, inson g‘ururi, ozodligi, tengligi va birodarligini qayd etgan. Muqaddimaning 7 ta xatboshisi Deklaratsiya qabul qilinishidan ko‘zlangan maqsadni va sabablarini e'lon qiladi. Hujjatning asosiy matni 30 moddadan iborat bo’lib, 3-11-moddalar shaxsning yashash hamda qullikning taqiqlanishiga o‘xshash huquqlarini izohlaydi. 12-17-moddalar shaxsning fuqarolik va siyosiy jamiyatdagi huquqlarini e'tirof etadi. 18-21-moddalar ma'naviy, jamoatchilik va siyosiy erkinliklar, xususan, diniy erkinlik va uyushmalarga a'zolik erkinligi kabilarni o‘z ichiga oladi. 20-22-moddalar esa ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy huquqlarni belgilab beradi.

1950 yilda Bosh assambleya 423 (V) rezolyutsiyasini qabul qilib, a'zo davlatlarga va boshqa manfaatdor tomonlarga 10-dekabrda Inson huquqlari kunini nishonlashni tavsiya qilgan edi.

Bugungi kunda, 10-dekabr butun dunyoda ozodlik va tenglik bir xil ta'minlanishi uchun qadam tashlangan kun sifatida keng nishonlanadi.

BMTning Inson huquqlari sohasidagi 2021-yilgi shiori hujjatning 1-moddasi – “Barcha insonlar erkin, qadr-qimmati va huquqlari bo'yicha teng bo'lib tug'iladilar” moddasini ifodalab – TENGLIK - Tengsizliklarni kamaytirish, inson huquqlarini rivojlantirish! – deya belgilagan.

BMT Inson huquqi uchun kurashishga chaqiradi. Huquqlarni himoya qilish sayyoramizdagi har bir insonning mas'uliyatli vazifasidir. Tashkilot, qochqinlar va muhojirlar, ayollar, tub aholi vakillari, kelib chiqishi afrikalik bo‘lganlar, umuman irqchilik nishoni bo‘layotganlar va zo‘ravonlik hamda tahqirlashlarga uchrayotganlar huquqlari uchun kurashishga chaqirgan.
internet manbalari asosida tayyorlandi.

. .