Imom Termiziyning yozgan asarlari juda ko'p, lekin ular ichida eng taniqlisi va shoh asari "Sunani Termiziydir". Muhaddis kitoblarini 51 ta mavzuga bo'lganlar. Mavzular ichidagi jami boblar soni 2231 tani tashkil qiladi. Hadislar soni esa 3956 tadir. Turli xil nusxalar e'tiboridan farqlanishi mumkin. Imom Termiziy bu kitobdagi uslublari birinchi hadisni keltiradilar keyin fiqhiy hukmga aloqador masalalarni keltirib, olimlarning shu borasida qanday yo'l tutganini ham yoritib o'tadilar. Qolaversa o'sha hadisga sahih, hasan, zaif deb darajasini va boshqa roviylar rivoyat qilgan yo'llarini ham keltirgan. Bu uslublari orqali ustozlari Imom Buxoriyning hadisning fiqhini bayon qilish yo’lini tutgan. Imom Muslimni hadislarning barcha rivoyatlarini jamlash uslublarini qo`llagan. Jamlaganda ham bir hadisni rivoyat qiladi so'ng qolgan hadislarga ishora qilib muxtasar qilib jamlaydi. Imom Abu Dovudning ham yo'lini tutgan ya’ni fuqaholarning mazhablarini ham keltirib o`tadi. Yana qo'shimcha qilib sahobiy va tobeinlarning ham tutgan yo'llarini keltirgan. Har bir bob oxiridan roviylardan ismiga ehtiyoji bo'lganlarni ismini, kunyasiga ehtiyoji borlarni kunyasini to’liq bayon qiladi.
Maqdisiy imom Abu Ismoil oldida Imom Termiziy va uning kitobi zikr qilinganda meni nazdimda bu kitob Imom Buxoriy va Imom Muslimlarning kitobidan manfaatliroq. Chunki bu ikki kitobdan olimlargina foydalana oladi. Lekin Sunani Termiziydan hamma ham foyda olishi mumkin.
Imom Zahabiy Tazkirotul huffaz kitoblarida Abu Aliydan rivoyat qilib aytadi, Imom Termiziy bu kitobni yozib Iroq, Hijoz, Huroson olimlariga taqdim qildim. Ular faraz qilib kimni uyida bu kitob bo'lsa go'yo payg'ambar gapirayotganday bo'ladi deb aytdilar.
Ibn Kasir Bidoya va Nihoya kitoblarida Sunani Termiziy yer yuzidagi barcha insonlar murojat qiladigan oltita kitobdan biridir deydi.
Aliy Qori Mirqotul mafotihda, Imom Termiziyning hadis bobida ko’p kitoblaribor AyniqsaSunani Termiziy sahih kitoblari eng yaxshisi, eng tartiblangani, eng takrori ozi deb aytganlar.
Shayx Abdulaziz Dehlaviy Bustanul muhaddisinkitobida bu kitobni maqtab, qolgan kitoblardan quyidagi to'rtta jihati bilan ajralib turadi deydi.
1. Chiroyli tartiblangani va hadislar takrorlanmagani
2. Faqihlarni mazhablarini bayon qilishi
3. Hadislarni sahih, hasan, munkar va boshqa atamalar bilan ajratib berishi
4. Roviylarni kunyalarini, ismlarini, tanilgan sifatlarini ham yoritib o'tishligi
Sunani Termiziyning ushbu asari
1. Sahihut termiziy
2. Al-Jami as-sahih
3. Al-Jomiul kabir
4. Sunan yoki Sunani Termiziy
5. Al-Jome yoki JomiutTermiziy degan nomlari bilan mashur bo’lgan.
