BUXORO OBIDALARI ISLOM OLAMINING MADANIY MEROSI ROʻYXATIGA KIRITILDI
Muallif: . .
Sana: 07.01.2023
645

Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi maʼlumotlariga koʻra, Rabat shahrida (Marokash) Taʼlim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha Islom tashkiloti (ICESCO) 10-sessiyasi boʻlib oʻtdi. Unda Buxoro shahridagi yettita tarixiy obidalar Islom olamining madaniy merosi roʻyxatigaga kiritildi va sertifikatlar oldi.

“Ismoil Somoniy maqbarasi, Chor Bakr, Bahouddin Naqshband majmualari, Magoki Attor masjidi, «Poyi Kalon” ansambli, qadimiy Poykent shahri xarobalari va Toshsaroy madrasasiga oid sertifikatlarni ICESCO Bosh direktori Salim Al Malik topshirdi», — deyiladi xabarda.

Agentlikning qoʻshimcha qilishicha, ushbu yodgorliklarning ICESCO roʻyxatiga kiritilishi respublikaning boy madaniy merosini butun dunyoda targʻib etishda katta ahamiyatga ega.

Agentlik islom ulamolari ishtirokida xalqaro anjumanlar va amaliy uchrashuvlar tashkil etish, madaniy merosni asrab-avaylash uchun xalqaro grantlar jalb etishni maqsad qilgan.

Manba madaniymeros.uz

. .