ULUGʻBEK MADRASASI
Muallif: . .
Sana: 12.01.2023
1992

Buxoro shahrida joylashgan Ulugʻbek madrasasi Muhammad Taragʻay Ulugʻbek tomonidan bunyod etilgan.

U Amir Temurning kenja oʻgʻli Shohruxning toʻngʻich oʻgʻli boʻlib, 1394-yil 22-martda Eronning Sultoniya shahrida tugʻilgan. U 1409-yil otasi Shohruxning yordamida Movarounnahr taxtini egallaydi va u yerda 40 yil, 1449-yilgacha hukmronlik qilgan. U buyuk olim boʻlib, astronomiyaga oid “Ziji jadidi Koʻragoniy” asarini, tarixga oid “Toʻrt ulus tarixi” asari va musiqaga oid 5 ta risola yozgan.

Madrasa qurilishi oʻrta asrlarning soʻnggiga toʻgʻri keladi. U XV asrning birinchi choragida, yaʼni 1417-yilda qurib bitkazilgan.

Temuriylar sulolasi hukmronligi davrida bunyod etilgan bu obida Buxoro shahrining eski shahar qismida, Abdulazizxon madrasasi roʻparasida bunyod etilgan.

XV asrning birinchi choragida Movarounnahrda Temuriylar oʻrtasida taxt uchun kurash kuchayib ketdi. Movarounnahr va Xurosondan tashqari barcha hududlar Temuriylar qoʻlidan chiqib ketdi.

Meʼmoriy obidaning qurilishida guvala va paxsadan tashqari xom va pishiq gʻisht, yogʻoch (tut va yongʻoq daraxti)lardan keng foydalanilgan.

Meʼmoriy inshootdagi (dizayn) ustunlar, derazalar, devorlar ganch oʻymakorligi asosida ishlangan. Shiftlar gʻisht oʻymakorligi asosida naqshlangan. Bosh tarzida mahobatli peshtoq, 2 qanotida 2 qavatli hujralar va burchaklarida guldastalar joylashgan. Guldastalar tepasi qubbali qilib ishlangan. Madrasaning asosiy bezagi peshtoqida boʻlib, unda sirkor gʻishtchalardan tashqari, rang-barang gulli parchin va koshindan foydalanilgan. Hovlining shimoliy va janubiy tomonlari qisqaroq koʻrinishga ega boʻlib, devorlari, ravoq va peshtoqlari oq, feruza va binafsha rang va sirkor gʻishtlar bilan pardozlangan. Hujralar ichi ganch suvoqli. Madrasa 53 metrga 41,6 metrni tashkil etadi. Masjid 15,5 metrga 5,5 metrni tashkil etadi. Darsxona esa 5,5 ga 5,5 metrni tashkil etadi. Madrasa eshigining tabaqalariga arab yozuvida “Ilm olish har bir muslim va muslima uchun farzdir” deb yozib qoʻyilgan. Bundan tashqari peshtoqda Amir Temur davrida Erondan keltirilgan ustaning avlodi Ismoil ibn Tohirning nomi ganchkor va turli bezaklar asosida yozilgan nastaliq xatida saqlanib qolgan. Naqshlarida yulduzsimon bezaklar koʻp va ayvon ustunlari zarhallangan.

Meʼmoriy inshoot Sharq anʼanalarini oʻzida mujassamlashtirgan gumbazsimon, arkli, toʻrtburchak va “Chor” uslubda qurilgan.

Madrasaning oʻziga xos tomonlaridan biri shundaki, u balandligi jihatidan Buxorodagi boshqa madrasalarga qaraganda pastroq va hujralarining koʻpligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Bu Ulugʻbek tomonidan qurdirilgan dastlabki madrasadir. Madrasaning boshqa madrasalardan farqi shundan iboratki, uning ikki chetida minoralar mavjud emas. Xonaqoh pesh ayvonlari esa 8 tani tashkil qiladi.

Bugungi kungacha meʼmoriy obida atroflarida bogʻlar tashkil qilingan. Bizgacha Ulugʻbek madarasasi ancha oʻzgargan holda yetib kelgan. 1950-1970 va 1990-1996-yillarda taʼmirlangan. Madrasaning taʼmir talab yerlari qayta rekonstruksiyadan chiqarilgan. Madrasa koʻchasiga esa oʻrta asr uslubida toshlar yotqizilib, yollar hosil qilingan. Hozirgi kunda madrasa ochiq osmon ostidagi muzey sifatida chel el sayyohlari hamda Oʻzbekistonlik milliy madaniy merosga qiziquvchilarning ziyoratgohiga aylangan.

Oʻzbekiston hukumati tomonidan berilayotgan eʼtiborga toʻxtaladigan boʻlsak, 1997-yilda Buxoro shahrining 2500-yilligi munosabati bilan Buxorodagi barcha obidalar qatorida Ulugʻbek madrasasi ham qayta taʼmirdan chiqdi. YUNESKO tashkilotining Butun Jahon yodgorliklari roʻyxatiga kiritildi. 1993-yilda Buxoro shahrining tarixiy markazi (1-sessiya, Kolumbiya) “Butunjahon madaniy meroslari roʻyxati”ga kiritilgan.

Meʼmoriy inshoot rivojlangan va soʻnggi oʻrta asrlarning eng yirik taʼlim muassasasi boʻlgan. Abdullaxon II davrida Joʻybor shayhi Xoja Saʼd tomonidan (1586) butunlay qayta tiklangan va yirik madaniyat va maʼrifat maskani vazifasini oʻtagan. Manbalarda aytilishicha, Ulugʻbek 1419-yil 28-noyabrda madrasaga tashrif buyurgan va taʼlim olayotgan talabalarga inʼomlar ulashgan.

. .