BUXORO MADRSALARI
Muallif: . .
Sana: 28.02.2023
6692

Hammaga ma’lumki O‘rta Osiyo, xususan Buxoro, Xorazm, Samarqand, Qo‘qon o‘zining ilm-u ma’rifati bilan butun musulmon olamiga balki G‘arb mamlakatlari rivojlanish tamadduniga ham katta hissa qo‘shgan. Ayniqsa, Buxoro “Qubbatul Islom” nomini olgan. Bunga sabab azal-azaldan madrasalar ilm-marifat o‘chog’i bo‘lib xizmat qilgani va o‘zining ko‘plab madrasalari bilan nom taratganidir. Buxoro turli yerlardan ilm tahsili uchun talabalar tashrif buyuradigan shahar hisoblangan. Tarixiy manbalarda qayd etilishicha, Buxorodagi birinchi madrasa IX asrda barpo etilgan. Eng qadimgi madrasalardan, “Farjak madrasasi” hisoblanadi. Farjak madrasasi nafaqat Buxoro, balki butun boshli mintaqamizda bunyod etilgan dastlabki madrasalardan biridir. U toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Muhammad Narshaxiyga tegishli bo‘lib, bu madrasa taxminan IX asrda Buxoro shahrining “Samarqand darvoza” deb ataladigan qadimiy manzili hududida, yoʻl yoqasida qurilgan. Milodiy 937-yilda yonib vayron boʻlgan. Keyinchalik u taʼmirdan chiqarilgan. XIII asrda unda mudarris Masʼud Imomzoda dars oʻtgan. Afsuski, binosi saqlanib qolmagan.

Buxorodagi yana bir eng qadimiy oliy madrasa deya hisoblangan ta’lim dargohi Abu Hafs Kabir Buxoriy madrasasidir. Bu madrasaga 800-810-yillar atrofida asos solingan. Ilmiy faoliyatiga hozir qarib 1200 yil toʻldi. Madrasa bilan bogʻliq ayrim tarixiy yodgorliklar saqlanib qolgan. Ayrimlari taʼmirlangan. Shoʻrolar inqilobiga qadar bu madrasada uzluksiz dars oʻtilgan.

O‘rta asrlarda Buxoro madrasalari ilm maskani sifatida balki Sharqda ham mashhur edi. Amir Temur va temuriylar davrida madrasalar oliy maʼlumot beruvchi markaz vazifasini o‘tagan. Muhammad Ali Baljuvoniyning maʼlumotiga ko‘ra, XX asrning boshlariga kelib, Buxoroda madrasalar soni 400 ga yaqin bo‘lgan. Madrasalar asosan xon, amaldor, badavlat kishilar va ziyoli shaxslarning tashabbusi bilan barpo etilib, madrsalar nomi o‘sha shaxslar ismi, baʼzan madrasa joylashgan mahalla, guzar nomi bilan atalgan. Bunday madrsalarga yana bir namuna buyuk bobokalonimiz Mirzo Ulug‘bek yaqqol misol bo’la oladi.

Mirzo Ulugʻbek nafaqat Samarqandda, balki Buxoro va Gʻijduvonda ham madrasa bunyod etib, ularni muntazam qoʻllab-quvvatlab turgan. Uning davrida madrasalarda ilohiyot fanlari bilan bir qatorda aniq, tabiiy va ijtimoiy-gumanitar fanlar ham oʻqitilgan. Ulug‘bek madrasasi 1417-yilda qurilgan boʻlib, bu madrsaning eng etiborga sazovor joyi bu madrasaning loyihasini Mirzo Ulugʻbekning oʻzi chizganligidadir. Madrasa qurilishini oʻsha davrning eng mashhur ustalari Najmiddin Buxoriy va Ismoil ibn Mahmud Isfaxoniylar boshchilik qilgan.

Yuqorida tilga olingan madrasalaridan tashqari Kalabod, Gʻaribiya, Abu Bakr ibn Fazl, Kulartegin, Xoniya, Oxund Xovand, Xoja Ilgʻor, Masʼudiya, Xoja Muhammad Porso madrasalari faoliyat koʻrsatgan, bu madrasalarning barchasi shoʻrolar davriga qadar butun dunyo ilm beshigini tebratib turgan. Ayrimlari hozir ham saqlanib qolgan.Bulardan koʻrinib turibdiki Buxoroi sharifga bejizga ilmu maʼrifat maskani deya taʼrif berilmagan. Yana Allohdan duo qilib soʻrab qolamizki, yana jannatmakon diyorimizni ko’plab ilm maskanlari bilan to‘ldirsinki butun dunyodan ilm talabida keladigan tolibi ilmlar uchun beshig boʻlsin! Qalblari ilmga, ixlos-u muhabbatga tolib toshgan gʻayratli xalqimizdan yanadunyoga ustoz boʻladigan farzandlar yetishib chiqsin!!! Amin!

Ro’zimuhammedov Sardor

Mir Arab oliy madrasasi 4-bosqich talabasi

. .