MUHAMMAD IBN XUSRAV NUSXASI VA UNING TURKCHA NASHRI
Muallif: . .
Sana: 28.07.2023
412

Annotatsiya: Maqolada Turkiyaning Sulaymoniya kutubxonasida saqlanayotgan Mahmud Ali Kadariyning "Nahj ul-farodis" asari, uning o‘rganilishi tarixi, XIV asrning noyob turkiy adabiy manbasi ekanligi xususida, asarning tarkibiy qismi, bob va fasllarning nomlanishi borasida so‘z yuritilgan.

Kalit so‘zlar: Mahmud Ali Kadariy. "Nahj ul-farodis", Janos Eckmann, Semih Tezjan, Hamza Fulfiqor, Qur'on oyatlari, hadislar.

MUHAMMAD IBN KHUSRAV’S COPY AND ITS TURKISH EDITING

Abstract: The article deals with the work of Mahmud Ali Kadari "Nahj ul-farodis" kept in the Suleymaniye library of Turkey, the history of its study, a unique source of Turkish literature of the XIV century, the composition of the work, the naming of chapters and chapters are discussed.

Keywords: Mahmud Ali Kadari. "Nahj ul-farodis", Janos Eckmann, Semih Tezjan, Hamza Fulfiqar, verses of Koran,hadiths.

Najh ul-farodis” (“Jannatlarning ochiq yo‘li”) asari o‘zbek adabiyotshunosligida u qadar chuqur o‘rganilmagan va hali joriy yozuvga tadbil qilinib, chop etilmagan adabiy meroslarimizdan biridir. Unda Islom tarixiga oid ma’lumotlar turli hikoyat va rivoyatlar asosida berilgan ushbu asarda muayyan masalalalar Qur’on oyatlari, hadislar asosida dalillangan. Ushbu asarning bir necha xil nuxalari mavjud bo‘lib ulardan eng mashhurlaridan biri bu bugungi kunda Turkiyaning Istambul shahridagi Sulaymoniya kutubxonasida 879 inv. Raqami ostida saqlanayotgan “Yangi Jome” nusxasidir. Xorazmda XIV asr o‘rtalarida yaratilgan ushbu asar va uning nusxalari ustida turkshunos olimlar tomonidan ancha ko‘lamli izlanishlar olib borilgan. Masalan, biz ko‘rayotgan Yangi Jome nusxasi Ahmad Zakiy Validiy tomonidan kashf etilgan hamda uning “Xorazmda yozilgan eski turkcha asarlar” maqolasi orqali keng jamoatchilik bu nusxadan xabardor bo‘lgan. Bu nusxa kashf etilishidan avval asar haqida faqatgina Shahobiddin Marjoniyning “Kitabu mustafedi al-ahbar fi ahvali Qozon va Bulg‘or” nomli tarixiy kitobida qisqacha ma’lumotlar bor edi xolos.Lekin Marjoniy asar haqida u hijriy 759, milodiy-1358 yilda Oltin O‘rda davlatining poytaxti Saroy shahrida ko‘chirilgan, nusxaning so‘ngida muallif yoki kotib tomonidan ko‘rsatilgan “Mahmud bin Ali as-Saroiy menşeen va al-Bulg‘oriy mevlevi...” ismi muallif ismidir. Asar Oltin O‘rda poytaxti Saroy shahrida yaratilgan va Volga turklari orasida tarqalgan. Tili bulg‘orcha deya xabar beradi. Bundan xulosa qilishimiz mumkin-ki, demak asar XIV asr o‘rtalaridan ancha oldinroq yozilgan. Marjanoniy xabar bergan nusxa esa uning bulg’orcha tarjimasi bo‘lishi mumkin. Chunki Marjoniyning o‘zi bu tilni boshqa turkiy tillardan ancha farqli deb aytadi. Bu esa asarning o‘z davrida ancha mashhur bo‘lganligiga hamda turkiy xalqlar orasida keng tarqalganiga dalolat qiladi.

Qo‘lyozmaning asl nusxasida asosiy matn qora rangda, fasl va boblarning nomlari hamda ba’zi xos ismlar, muhim sana va jumlalar esa qizil rangda ko‘chirilgan. Jumlalar yirik harflar va harakatlar (zer-u zabarlar) bilan bitilgan. Jumlalarning qora rangda harakatlarning qizil rangda ekanligi zer-u zabarlar asosiy matn kitobat qilinganligidan keyin qo‘yilganligini anglatadi. Ba’zi bir so‘zlarning ostiga qizil chiziq bilan chizilgan.Masalan, 66-bet 1-qatordagi يركا عرب ميل jumlasi 211-bet 4-qatordagi ملكت محبتى كونكولدا jumlasi. Bundan tashqari 1-sahifaning o‘rtasida وتفسيرآياة متفرقة من القران العظيم لشيخ الامام العالم ابي محمد ابن مسعود البغوى “va tafsir-u oyatin mutafarriqotin min al-Qur’anal-Aziym lish-shayh al-imam al-a’lim Abu Muhammad ibn Mas’ud al-Bag’aviy” yozuvi bor. Qo‘lyozmaning 3-, 216- va 444-betlarida “Sulton Ahmadxon G’oziy Sulton Mahmudxon” yozuvli muhr to‘rt burchakli oechat mavjud.Lekin bizning qo‘limizdagi bo‘lgan nusxa faksimeliya nashridan pedef holatiga keltirilgani uchun ham qizil bilan berilgan joylari bizda ko‘rinmaydi.Yuqoridagi fikirlarni Janos Ecsman ning fikriga tayangan holatda ayta olamiz. Asarni tarkibi tuzilmasi asar 222 varoq 444 sahifadan iborat bo‘lib, matn har bir betga 17 qatordan qilib ko‘chirilgan. Ba’zi betlar zich yozilgan, birinchi nazar tushganda 17 qatordan oz bo‘lsa kerak degan fikir keladi lekin to‘liq 17 qator chiqadi.

Qo‘lyozmaning 36, 59, 88, 91, 105, 120, 122, 139, 160, 176, 185, 187, 194, 199, 209, 212, 292, 293, 305, 312, 332, 407, 416, 423, 440- sahifalarning xoshiyalarida izohlar yozilgan. Qo‘lyozmada ayrim betlarning o‘rni almashgan. Lekin faksimeliyanusxasida noshir har bir betlarni o‘z o‘rniga qo‘yib pedef holatiga keltirgan.

Asar diniy-didaktik ruhda yozilgan bo‘lib, birinchi muqaddima bilan boshlanadi. Asarda to‘rta bob va har bir bobda o‘ntadan fasllar keltirilgan. Undagi birinchi bob Muhammad alayhis-salomning hayotiga, ikkinchi bobsahobalar va to‘rt mazhabboshi imomlarga bag‘ishlangan. Asarning uchunchi bobida Alloh taologa yaqinlashtiruvchi yaxshi ammalllar va to‘rtinchi bobda Alloh taolodan uzoqlashtiruvchi yomon amallar haqida so‘z yuritilgan. Aynan keyingi ikki bobda muallif maqbul va nomaqbul amallarni ikki bobga ajratib har bir bobda o‘ntadan fasl quydagi shaklda keltirilgan:

Birinchi bobPayg‘ambarimizMuhammad alayhis-salomning fazilati bayoni haqida

  • 1.Payg‘ambarimizMuhammad alayhis-salomning fazilatlari. Bu fasl qo‘lyozmada uchinchi oltinchi betgachaPayg‘ambarimizMuhammad alayhis-salomning dunyoga kelishlari, u zotning nasablari va fazilatlari haqinda so‘z yuritiladi.
  • 2.Payg‘ambarimizMuhammad alayhis-salom ga vahiy kelishining bayoni. Bu fasl oltinchi betdan o‘ninchi betgacha, Payg‘ambarimizMuhammad alayhis-salom ga vahiyning boshlanishi qanday bo‘lganligi, nozil qilingan oyatlar, Payg‘ambarimizalayhis-salomning holatlari haqida bayon qilingan.
  • 3.Payg‘ambarimizMuhammad alayhis-salom va sahobalrgaislom avvalida aziyat yetgan holatining bayoni. Bu fasl o‘ninchi betdan o‘n sakkizinchi betga qadar, Nabiy alayhis-salom va u zotgaimon keltirgan sahobalarga Makka mushriklari tarafidan berilgan aziyatlar haqida bayon qilingan.
  • 4.Payg‘ambarimiz Muhammad alayhis-salomning Makkadan Madinaga chiqishining bayoni. Bu fasl o‘n sakkizinchi betdan yigirma yettinchi betga qadar, Nabiy alayhis-salomning tug‘ilib o‘sgan ona vatanlari Makka shahridan Madina shahriha hijrat qilish holatlari bayon qilingan.
  • 5. Payg‘ambarimizMuhammad alayhis-salomning mo‘jizalari bayoni. Bu fasl yigirma yettinchi betdan o‘ttiz oltinchi betga qadar, Nabiy alayhis-salomga Alloh taolo tarafidan berilgan mo‘jizalar bayoni va Nabiy alayhis-salomning bir necha mo‘jizalari bayon qilinadi.
  • 6.Payg‘ambarimiz Muhammad alayhis-salomning Makkaga kirishlarining bayoni. Bu fasl o‘ttiz oltinchi betdan ellik ikkinchi betgacha yana ona vatanlari Makka shahriga qaytishlari u joydagi voqealar haqida so‘z yuritiladi.
  • 7.Payg‘ambarimizMuhammad alayhis-salomning me’rojga chiqishlarining bayoni. Bu fasl ellik ikkinchi betdan oltimishinchi betgacha Nabiy alayhis-salomni makka shahrida Alloh taoloninh buyuk inomi Me’roj voqeasi bo‘lgani va undagi bo‘lgan voqealar haqida so‘z yuritiladi.
  • 8.Payg‘ambarimizMuhammad alayhis-salomning Jannat va Do‘zaxni ko‘rishlarining bayoni. Bu fasl esa oltimishinchi betdan oltimish sakkizinchi betga qadar, Me’roj voqeasida Alloh taolo Nabiy alayhis-salomga Jannat va Do‘zaxni va undagi holatlarni bayon qilib beriladi.
  • 9.Payg‘ambarimizMuhammad alayhis-salomning Hunayn g‘azotida qatnashishlarining bayoni. Bu fasl oltimish sakkizinchi betdan yetmish yettinchi betga qadar, Hunayn g‘azoti va undagi voqeliklar bayon qilingan.
  • 10. Payg‘ambarimizMuhammad alayhis-salomning vafotlarining bayoni. Bu fasl yetmish yettinchi betdan to to‘qson birinchi betga qadar, Nabiy alayhis-salomga bemorlik yetib bu dunyodan rihlat qilishlarigacha bo‘lgan holatlar bayon qilingan.
  • Ikkinchi bob Xulafoi roshidinlar va ahli bayt hamda to‘rt mazhab imomlarining fazilatlari haqida
  • 1.Abu Bakr roziyallohu anhuning fazilati bayoni. Bu fasl to‘qson birinchi betdan bir yuzi to‘rtinchi betga qadar Nabiy alayhis-salomning g‘ordagi sohiblari, Alloh taoloning kalomida zukir qilingan zot Abu Bakr roziyallohu anhuning fazilatlari haqida so‘z yuritiladi. Qo‘lyozmada to ikki yuzi yigirma sakkizinchi betga qadar fasllarda zikir qilingan zotlarning sifatlari, islom uchun qilgan ishlari, ulamolarning bu zotlar haqida aytgan rivoyatlari bayon qilinadi.
  • 2.Umar roziyallohu anhuning fazilati [104]
  • 3.Usmon roziyallohu anhuning fazilati [122]
  • 4.Ali roziyallohu anhuning fazilati [137]
  • 5.Fotima roziyallohu anhuonamizning fazilati [156]
  • 6.Imom Hasan Husayinlarning fazilati [158]
  • 7.Imomi A’zam Abu Hanifa roziyallohu anhuning fazilati [185]
  • 8.ImomiShofe’ roziyallohu anhuning fazilati [198]
  • 9.Imomi Molik roziyallohu anhuning fazilati [206]
  • 10.Imomi Ahmad roziyallohu anhu ning fazilati [219]

Uchinchi bob Alloh taologa yaqinlashtiruvchi amallar haqida. Bu bob ikki yuzi yigirma to‘qqizinchi betdan ikki yuzi o‘ttiz uchinchi betga qadar, Alloh taoloning roziligiga sabab bo‘ladigan amallar, hadislarda dinimizning ustuni deya ta’riflangan imon, namoz, ro‘za, zakot, haj va umra amallarinig fazilatlari oyat va hadislar, ulamolarning rivoyatlari bilan yoritib berilgan.

  • 1.Alloh taologa yaqinlashtiruvchi yaqinlashtiradigan amallar [229]
  • 2.Namoz vazilatri bayoni [240]
  • 3.Zakot va sadaqaning fazilati bayoni [249]
  • 4.Ro‘za fazilati bayoni [259]
  • 5.Haj va umra fazilati bayoni [269]
  • 6.Ota-onaga xizmat qilmoq fazilati bayoni [282]
  • 7.Halol yemoq fazilati bayoni [293]
  • 8.Amri ma’ruf va nahiy munkar fazilati bayoni [303]
  • 9.Tun-u kun uyqusiz ibodat fazilati bayoni [312]
  • 10. Sabr va rizo fazilati bayoni [323]
  • Tortintinchi bob esa Alloh taolodan uzoqlashtiruvchi amallar haqida. Bu bob uch yuzi o‘ttiz to‘tdan to‘rt yuzi qiriq uchinchi sahifalarni o‘z ichiga oladi. Bu bobda quyidagi fasllarda zikir qilingan, Alloh taoloning g’azabiga sabab bo‘ladigan, insonni ikki dunyoda ham xor qiladigan amallarni qo‘lyozmada musannif turli xil rivoyatlar bilan yoritib bergan.
  • 1.Nohaq qon to‘kmak ofati haqida [334]
  • 2.Zino qilmoq ofati bayoni [346]
  • 3.Xamr ichmak bayoni [362]
  • 4.Kibrlanish ofati bayoni [371]
  • 5.Yolg’on va g’iybat ofati bayoni [380]
  • 6.Dunyoni sevmak ofati bayoni [390]
  • 7.Riyo va suma’ (eshittirish) bayoni [400]
  • 8.Gina va hasad ofati bayoni [411]
  • 9.G’uru va g’aflar ofati bayoni [422]
  • 10. Uzun orzuga berilmoq ofati bayoni [433]

Qo‘lyozmaning xotimasi esato‘rt yuzi qiriq uch, qiriq to‘rtinchi sahifalarda yozilgan.

Asarda muallif insoniy amallarni sanab o‘tarkan, ularning xosiyati yoki kasofatini avvalo Qur’on oyatlari va hadisi shariflar bilan so‘ng boshqa ulamolarning kitoblaridan iqtibos va parchalar keltirgan holatda hamda rivoyatlar bilan asoslaydi. Hadislarni ko‘proq Imom G’azlloning “Ihyo ulumiddin ” kitobidan keltiradi. Chunki musulmon madaniyatiga xos xususiyatlardan biri shuki, ma’lum bir fikrning yoki xulosaning kuchi uning oyat va hadislar bilan dalillanishiga qarab belgilanadi.

Asarning har fasli arabcha hadislar bilan boshlangan. Hadislarning turkiy tarjimasini keltirgandan so‘ng mashhur islom olimlarining hadis ma’nosini oydinlashtiradigan rivoyat va hikoyatlarni naql qiladi. Hatto boshqa hadis va oyatlarni ham ilova qilib o‘tadi.

Asar va uning muallifi haqida faqatgina kitobning xotima qismida ma’lumot berilgan.

. .