Tarixdan bizga ma’lumki, qadim Turon diyorida uyg‘onish davri X-XII asrlarda bo‘lgan, bo‘lsa keying Renessans ya’ni uyg‘onish davri XIV -XV asrlarga to‘g‘ri keladi. Aynan Islom dinining kirib kelishi bilan ilm-fanda, madaniyat va ma’rifatda yanada yuksalish kuzatiladi. Islom olamining buyuk muhaddisu olimlari, qomusiy buyuk bobokalonlarimizning barchasi avvaliga islomning arkonlarini, so‘ngra Qur’on ilmini mukammal egallaganlar va ilm va ma’rifatda eng yuqori marralarni zabt etib buyuk nazariyalarini, ajoyib qomusiy asarlarini yozib qoldirganlar.
Aynan, Muhammad al-Xorazmiy, Ahmad al-Farg‘oniy, Abu Ali Ibn Sino,
Abu Rayhon Beruniy, Farobiy kabi buyuk olimlarimiz kurtak yozgan bo‘lsalar, islom olamiga aynan yulduz kabi porlagan Imom al-Buxoriy, Xakim at-Termiziy, Abu Hafs Kabir Buxoriylar shular jumlasidandir. Keyingi Renessans davri esa, Temur va Temuriylar davriga to‘g‘ri keladi va bu davrning eng ilm-fan rivojlangan va yuksak cho‘qqilarni zabt etgan davri sohibqiron Amir Temurning nabirasiMirzo Ulug‘bek davriga to‘g‘ri keladi.
Dastlabki renessansda islom sivilizatsiyasining tamal toshi qo‘yilgan bo‘lsa, ikkinchi Renessansda yanada yuksalishga erishildi. Agarda e’tibor bersak, har ikkala uyg‘onish davrida ham eng muhim jihat – davlatning e’tibori mamalakat boshqaruvida olib borilgan odilona va oqilona siyosat, ta’lim-tarbiya ustuvor bo‘lgan. Bundan tashqari, bizning ajdodlarimiz yuksak ahloq, ilm-fanga tashnalik bilan birga borliq sirlarini ochish va yangi ilm yaratishga ishonch kuchi bo‘lgan. Bizning buyuk bobolarimiz o‘zlari bilmagan holda bugun tarixchilar e’tirof etayotgan Renessans davrining ijrochilariga aylangan. Renessans o‘zi-uyg‘onish, qayta tiklanish, yuksalish deb atalishi barchamizga ayon. Demak, O‘zbekiston zamini qadimda ikki buyuk uyg‘onish davriga ya’ni, Renassansga beshik bo‘lgan. Bu jahon ilm-u fanida o‘z isbotini topgan va tan olingan tarixiy haqiqatdir. Hozirgi kunda mamlakatimizda yana bir muhim Uyg‘onish jarayoni kechmoqda. Shuning uchun Yangi O‘zbekiston va Uchinchi Renessans so‘zlari hayotimizda o‘zaro uyg‘un va hamohang bo‘lib yangramoqda va xalqimizni butun O‘zbekiston xalqini ulug‘ maqsadlar sari ruhlantirmoqda.
Bugungi kunda O‘zbekiston demokratik o‘zgarishlar keng imkoniyatlar va amaliy ishlar mamalakatiga aylanib bormoqda. Aynan mana shu jarayon boshida hurmatli Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev turibdilar va ularning yangi strategiyalarining mazmun mohiyatini muhtasar ifoda etadigan bo‘lsak, ushbu noyob hujjatda o‘z oldimizga Yangi O‘zbekistonni barpo etishva uchinchi Renessans poydevorini yaratishdek buyuk vazifalar maqsad qilib qo‘yilgan. Aynan Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, Yangi O‘zbekistonga ilmli yoshlar va salohiyatli kadrlar orqali erishishimiz mumkinligi ta’kidlangan. Sababi bugungi kunda O‘zbekiston demokratik o‘zgarishlar keng imkoniuyatlar va amaliy hamnafas bo‘lib yangilanishlar yaratishga bel bog‘lagan davlatlardan biri hisoblanadi. Ayna o‘zbek xalqi Vatan uchun, xalq uchun yonib yashaydi. Birgina bugunni emas, kelajakni o‘ylab yashaydi. Farzandlar baxtu kamoli haqida qayg‘uradi. Bu esa jamiyat va davlat tarqqiyotiga olib keladi. Eng muhimi esa o‘sib kelayotgan yosh avlodning shunday insonlardan ibrat olib, yuksak e’tiqodli bo’lib voyaga yetadi.
Yevropa davlatlarida Renessans Osiyo davlatlariga nisbatan sal kechroq bo‘lgan. Aynan salib yurishlaridan so‘ng Osiyodan u yerga ilm-fan, ma’rifat, madaniyat tarqalganligi aynan tarixchilar tomonidan e’tirof etilgan. Osiyoda esa uyg‘onish davrining boshlanishiga men shaxsan Islom dinining kirib kelishi bilan bo‘lgan deb o‘ylayman. Sababi, aynan Islom dini insonlarni o‘zgarishga, ilm egallshga, ma’naviy jihatdan kamolga yetishishida sababchi bo‘lgan. Yevropa va uning aholisi Islom bilan, musulmonlar bilan tanishgach, afkor toifalarning fikri asta-sekin o‘zgara boshlaydi. Islom tamaddfunining Yevropaga singib borgani Yevropa davlatlarining zulmat uyqusidan butunlay uyg‘onishiga, cherkov boshchiligida Islom olamiga qarshi oz emas ko‘p emas ikki yuz yil davomida olib borilgansalib yurishlari bosh sabab bo‘lgan. Sharq va G‘arbning o‘zaro ta’siri haqida aniqroq tasavvur hosil qilish uchun avvalo o‘zaro muloqotga kirishgan ushbu xalqlarning taraqqiyot darajasidagi tafovutini unitmaslik lozim.
Bizga ma’lumki o‘sha paytda Sharq tamaddun arablar (musulmonlar) tufayli gullab yashnagan. G‘arb esa johiliyat zulmatiga cho‘mgan edi. Islom olami aynan renessans davrlarining boshlanishiga sabab bo‘lgan. Bir mushohada qilib
ko‘raylik-chi, nima sababdan Renessans – uyg‘onish islom olami bilan bog’liq ekan? Aynan bu dinda ilm – farz qilingan, yoki Qur’on suralaridan birinchi bo‘lib Iqro – o‘qi oyatining nozil bo‘lishi ham bunga yaqqol misoldir. Islom olami shu darajada go‘zalligi bilan butun olamni qamrab olgan desak xato qilmaymiz. Sababi nafaqat o‘qish balki barcha insoniy yaxshi fazilatlarni, ma’naviy boyliklarni o‘zida mujassam etib, barcha Renessanslarning ildizi aynan shu dinga borib taqaladi. Uning go‘zalligi, odobi, ilmga yo‘g‘rilgan nuri qayerga bormasin barcha jabhalarni qamrab oladi va buyuk bobokalonlarimizning ilm-fanga qo‘shgan xissalarida namoyon bo‘ladi.
Hayotning barcha jabhalarida bo‘lgani kabi, musulmon xalqlarining chiroyli yashash san’ati bo‘yicha erishgan muvoffaqiyatlarining asosiy sababi ham ularning dinlari ya’ni islomdir. Alloh taoloning oxirgi va mukammal dini qiyomatgacha boqiy qoluvchi dini, barcha zamonlar va makonlarda insoniyatni ikki dunyo saodatiga eltuvchi dini hisoblanadi. Qaysiki buyuk qomusiy olimlarimizga e’tibor qaratsak oldin Qur’onni yod olishgan va keyin dunyoviy ilmlarni egallashgan va ulkan yutuqlarga, jahon e’tirofiga sazovor bo‘lishgan. Shunday ekan kelajak avlodni tarbiyalashda turli xil bahs-munozara qilmasdan, Islom dinini aqlan his qilib, farz amallar bilanfarzandlarimizni tarbiyalab, ilmga tashnalik ruhida kamolga yetkaza olsak marra albatta bizniki bo‘ladi. Bizning farzandlarimizdan ham buyuk Farg‘oniylar, Beruniylar, Xorazmiylar yetishib chiqadi va albatta keying Renessans bizning yurtlarimizda bo‘ladi. Har qanday fikr ham g‘oya bo‘la olmaydi. Uning g‘oyaga aylanishi uchun odamlarni birlashtiradigan, o‘z orqasidan ergashtira oladigan xususiyat bo‘lishi lozim. Demak, Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning “Uchinchi Renessans poydevorini yaratamiz” degan fikri g‘oyaga aylanishi, ro‘yobga oshishi uchun avvalo barchamiz birdek ishonishimiz targ‘ibot va tashviqot ishlarini olib borib, odamlarning dunyoqarashida ana shu g‘oyaga ishonchni, ma’naviy ruhiy holatni shakllantirishimiz lozim deb o‘ylayman. Kelajak avlodni tarbiyalashni esa oiladan boshlashimiz darkor. Ota-ona qanchalik o‘qimishli bo‘lsa albatta farzand ham ularga havas bilan qaraydi va ilmga mehrli bo‘ladi.
Xalqimizda ajoyib bir naql bor “Qush uyasida ko’rganini qiladi” deyishadi dono xalqimiz. Demak, biz hamma ishni oiladan boshlashimiz va farzandlarimizga o‘zimiz o‘rnak bo‘lishimiz lozim. Qalbimizda iymon, uyimizda Qur’on bilan farzandlarimizni oziqlantirsak, ilm yo‘lini ko‘rsatib, Vatanparvarlik ruhida tarbiyalasak, kattalarga hurmatda, kichiklarga izzatda bo‘lishni targ‘ib etsak bizning kelajak avlodimiz albatta buyuk bo‘ladi.
Mir Arab oliy madrasasi talabasi
Yarashev Hayot