ILMNING FAZILATI
Muallif: . .
Sana: 01.02.2024
182

Ilmning fazilati buyuk bo‘lib, inson hayotida juda ahamiyatlidir. Chunki banda ilm vositasida Robbini tanishga, U Zotning buyruqlarini bajarib, qaytariqlaridan qaytishga, shuningdek, barcha mavjudotlarga taalluqli haqlarni ado etishga muvaffaq bo‘ladi.Biror bir din islom dinichalik ilm olishga targ‘ib qilmaydi .Anas r.a dan rivoyat qilingan hadisda rosululloh sollallohu alayhi vasallam:

طلب العلم فريضة على كل مسلم

“Ilm talab qilish har bir musulmomga farzdir” dedilar.

Ilm payg‘ambarlarning merosi hisoblanadi. Payg‘ambar alayhissalomlar |ortlarida dinor va dirhamlar qoldirmaganlar, balki o‘z ortlarida ochiq-oydin ilm va buyuk burhonlar qoldirganla. Kimki ilmdan nasibador bo‘lsa, ishlarning eng xayrlisi va muvaffaqiyatlisiga erishibdi. .Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu haqida shunday dedilar:

وإنَّ العلماءَ ورثةُ الأنبياءِ، إنَّ الأنبياءَ لم يُوَرِّثوا ديناراً ولا درهماً، وأورثوا العلمَ، فمن أخذ به أخذ بحظٍّ وافر

“Va ulamolar Anbiyolarning merosxo‘rlaridir. Payg‘ambarlar dinor ham, dirham ham qoldirmadilar, lekin ular ilm meros qoldirdilar. Kim uni olsa, buyuk ulush olibdi”

Mol-u dunyo o‘tkinchi foniydir, ilm esa boqiy qoladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar:

يدْعو له إذا مات الإنسانُ انقطع عملُه إلا من ثلاثٍ؛ صدقةٍ جاريةٍ، أو علمٍ يُنتَفَعُ به، أو ولدٍ صالحٍ

“Kishi vafot etsa, uning barcha amallari to‘xtaydi. Faqatgina vafotidan keyin ham ajri to‘xtamaydigan uchta amali bor. Ular: Sadaqai joriya, manfaat olinadigan ilm va uning haqqiga duo qiladigan solih farzand.’’

Ilm qalb va ongda joylashadi va uning egasidan himoya va xavfsizlikni talab qilmaydi.Unga saqlash uchun omborlar, qulflash uchun qutilar kerak emasligi sababli, u Alloh taoloning marhamati va o‘z sohibini hayotidagi ko‘p muammolardan muhofaza qiluvchi rizqdir.

Ilm ahli Alloh taoloning amrida qiyomat qoyim bo‘lgunga qadar itoatda bo‘lib bajaradilar.

معاوية -رضي الله عنه- عن رسول الله صلّى الله عليه وسلّم، إذ قال: (سَمِعْتُ النبيَّ صلَّى اللهُ عليهِ وسلَّم يقولُ: مَن يُرِدِ اللهُ به خيراً يُفَقِّهْهُ في الدِّينِ، وإنما أنَا قاسِمٌ واللهُ يُعْطِي، ولن تزالَ هذه الأمةُ قائمةً على أمرِ اللهِ، لا يَضُرُّهم مَن خالفهم، حتّى يأتيَ أمرُ اللهِ

Muoviya r.a dan rivoyat qilinadi. U kishi: “Men Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning: “Alloh kimga yaxshilik istasa, unga dinda faqih qilib qo‘yadi. Men taqsimlovchiman xolos. Ato etuvchi Allohdir. Bu ummat Allohning amrida (buyruqlariga itoat etishda) bardavom bo‘lar ekan, to Allohning amri (qiyomat) kelmaguncha ularga qarshi chiqqanlar zarar bera olmaydi’’ deganlarini eshitdim dedilar”. Bundan ma’lum bo‘ladiki, biz uchun Allohning amri farmoniga itoat etishdan o‘zga yo‘l yo‘q. Agar islom va musulmonlar o‘sha tarix zarvaraqlarida bitilgan shavkatli kunlarini qaytarishni istasak, dinimiz buyruqlariga amal qilib, ilm ba ma’rifar yo‘lidan yurmog‘imiz darkor.

Ilm insonni Haq yo‘lida shahidlar safiga olib chiqadi. Alloh taolo quyidagicha marhamat qilgan:

شَهِدَ اللَّهُ أَنَّهُ لَا إِلَهَ إِلَّا هُوَ وَالْمَلَائِكَةُ وَأُولُو الْعِلْمِ قَائِمًا بِالْقِسْطِ

Ya’ni “ Alloh, Uning farishtalari va ilm ahllari - Yolg‘iz Allohdan o‘zga iloh yo‘qligiga, faqat Uning o‘zi borligiga guvohlik berdilar” bu oyatda Alloh taolo avval O‘zini, keyin farishtalarni, so‘ngra ilm ahlini zikr etdi. Mana shuning o‘zi ham limning naqadar sharafli, fazilatli va ulug‘ ekanligini anglash uchun kifoyadir. Alloh taolo yana bit oyati kariymada mana bunday marhamat qilgan:“ Alloh sizlardan iymon keltirgan va ilm ato etgan zotlarni (baland) martabalarga ko‘tarur”.

Ilmli musulmonning ilmiga havas qilinadi.Chunki Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Alloh taoloning ikki ne’matdan boshqa hech kim faxrlanadigan ne’matlarini ma’qul ko‘rmaganlar, ular: molini din yo‘lida infoq qilgan kishi va ilm talab qilib, ilmoga amal qilgan kishidir. Hadisi sharifa Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:

لا حسدَ إلّا في اثنتيْنِ: رجلٌ آتاه اللهُ مالًا، فسلَّطَه على هَلَكَتِه في الحقِّ، وآخرُ آتاه اللهُ حكمةً، فهو يَقضي بها ويُعلِّمُها

“Faqatgina ikki kishiga hasad qilinadi. Ulardan biri Alloh taolo unga mol bergan va u shu molini haq yolida sarflagan lishi. Va ikkinchisi Alloh taolo unga hikmat ato etgan kishi bo’lib, u mana shu hikmat bilam hukm qilgan va uni orgatgan kishidir.”

Ilm talab qilish jannatga olib boruvchi yo‘l sanaladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: “Kimki ilm izlab yo‘lga tushsa, Alloh taolo unga jannat yo‘lini oson qilib qo‘yadi”

Alloh taolo ilm egalarini dunyo va oxiratda ulug‘laydi.Alloh taolo ularni qilgan amallari uchun bu dunyoda bandalari qatorida baland darajalarga ko‘tarib, oxiratda esa Allohga va Uning diniga qilgan da’vatlari tufayli martabalarini ko‘taradi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning madrasalarida ta’lim olgan buyuk sahobalar ham ilomning yuksak cho‘qqilariga ko‘tarilganlar. Ularning eng mashhurlari Ali ibn Abu Tolib r.a bo‘lib, Rosulalloh sollallohu alayhi vasallam u zot haqida shunday ta’rif aytganlar: “Men limning shahri bo‘lsam Ali uning darvozasidir.” Islom buyuklari ham ilm oʻrganish fazilatini koʻp taʼkidlashgan.

Ibn Abbos roziyallohu anhu aytadilar: “Ilm olishda (qiynaldim), bir oz xorlandim, tilagim hosil boʻlgach, azizu mukarram boʻldim”.

Ibn Abu Mulayka Ibn Abbos haqida shunday deganlar: “Chiroyda Ibn Abbosdek chiroylisini, soʻzlashda tili ravonini, fatvo berishda ilmlisini koʻrmaganman”.

Abdulloh ibn Muborak aytadilar: “Ilm oʻrganmasdan turib ulugʻlikka intilgan kishiga hayronman”.

Hakimlardan biri aytadi: “Men ikki kishiga achinganimchalik boshqa hech kimga achinmaganman: ilmni tushunmasdan turib oʻrgangan kishiga, ilmning muhimligini tushunib, uni oʻrganmagan kishiga”.

Abu Dardo roziyallohu anhu aytadilar: “Sen olim, yo oʻrganuvchi yoki unga quloq tutuvchi boʻl. Lekin toʻrtinchisi boʻlmagilki, halok boʻlasan”.

Tobeinlardan Ato ibn Abu Raboh aytadilar: “Bir ilm majlisi lahv-behuda majlislardan yetmishtasiga kafforat boʻladi”.

Umar roziyallohu anhu aytadilar: “Kunduzlari roʻzador, kechalari qoyim-bedor boʻlgan mingta obidning oʻlimi halol-haromni ajrata oluvchi bir olimning oʻlimidan yengilroqdir”. Imom Shofiʼiy rahmatullohi alayh aytadilar: “Ilm oʻrganish nafl ibodatidan afzalroq”.

Ibn Abdulhakam rahmatullohi alayh aytadilar: “Men Imom Molik huzurlarida ilm oʻqirdim. Peshin vaqti kirishi bilan nafl namoz oʻqish uchun kitoblarimni yigʻishtira boshladim. Shunda ustoz, agar niyating durust boʻlsa, hozir mashgʻul boʻlib turgan ishing bajarmoqchi boʻlayotgan ishingdan afzalroqdir, dedilar”.

Abu Dardo roziyallohu anhu aytadilar: “Kim ilm oʻrganishga chiqish jihod emas, desa, uning aqli va fikrida noqislik bor ekan”. Bizlarni ilm talab qilishlikdekfazilati ulugʻ, buyuk bir ne’mat bilan rizqlantirgan Alloh taologa behisob hamd-u sanolar va Oʻzining nabiyyi va Rosuli boʻlmish Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallamga durud-u salovotlar boʻlsin. Alloh taolo shu yoʻlda sobitqadam boʻlishimizda Oʻzi yor-u madadkor boʻlsin.

Mir Arab oliy madrasasi talabasi
Sohibova Maftuna

. .