O‘ZIMGA NASIHAT!
Muallif: . .
Sana: 23.02.2024
118

Mushkulot va g‘amlarini eslashdan oldin, o‘ziga berilgan ne’matlarni eslashi baxtning sirlaridandir.

Ahmad Iysa al-Ma’saroviy.

Allohga behisob shukrlar bo‘lsinki, bugun biz ko‘plab ne’matlar ichida yashayapmiz. Yurtimiz tinch, har tong yurtimizning har go‘shasida azon ovozi yangrab insonlarni Allohga ibodat qilishga chorlaydi. Alloh nasib qilgan bandalar, bu chaqiruvga labbay deya javob bermoq uchun masjid tomon shoshilishadi. Har kuni tongda farzandlarimiz shodlik ila uyg‘onishadi, chunki ular ota-onalari bag‘rida xotirjamdirlar.Dasturxonlar to‘kin - sochin. Ko‘chada bolalarni chopqillab, o‘ynab -kulib maktabga ketishayotganini ko‘rib insonning qalbi yayraydi. Keksa, nuroniy otaxonlar birgalashib masjidga ketishayotganini ko‘rgan lahzalarda beixtiyor ularga havas qilamiz. Allohdan biz ham shunday ulug‘ yoshga yetganda ham O‘ziga ibodatda bo‘lishimizni so‘raymiz.

Alloh bizga bergan ne’matlar ichra g‘arq bo‘la turib, bilib bilmayUnga isyon qilamiz. Ularni o‘z o‘rnida ishlatmaymiz, qadrini bilmaymiz. Qanday deysizmi? Har tong inson ixtiyoriga 24 soat beriladi. Bu unga beriladigan 1440 daqiqa yoki 86400 soniyalik fursatdir. Xo‘sh, biz berilgan bu fursatlardan qanday foydalanyapmiz? Tongda ko‘z ochishimiz bilan qiladigan ilk ishimiz bizni sog‘ – salomat uyg‘otgan Robbimizga hamd ila boshlanyaptimi yoki telefonimizni qo‘lga olib ijtimoiy tarmoqlarda kelgan xabarlar va yangiliklarni o‘qishga sho‘ng‘ish bilanmi? Bir o‘ylab ko‘raylik. Har dam g‘animat.Zero, aqlsizlikni eng yomon ko‘rinishi : Vaqtni bekor o‘tqazishdir. Payg‘ambarimiz alayhissalomaytdilar: “Ikki narsa borki, ko‘pchilik uning qadriga yetmaydi: Biri sog‘liq, ikkinchisi bo‘sh vaqt”. Vaqtning isrofixuddi mevasiz daraxt kabi umr kechirishdir. Hasan Basriy rohmatulloh shunday degan ekanlar: “Ey odam bolasi, sen tashkil topgan kunlardan iboratsan. Sen uchun bir kuningni ketishi umringni bir qismi ketishi demakdir”.

Bu dunyo bir mehmonxona. Bizning har birimiz unda mehmonmiz. Kõchishimiz aniq. Bu dunyo imtihon dunyosidir. Bunda ishtirok qiladiganlarning barchasi Allohning taqdiriga ko‘ra ishtirok qilishadi. Boy jannatga boyligi uchun kirmaydi. Faqir do‘zaxga faqirligi uchun kirmaydi.

Ijtimoiy tarmoqlarda sevgi tarixi moda edi, bugun o‘zbek ayol - qizlari yotoqxonada tushgan valslariyu, tug‘ruqxonadagi videolarini ham ommaga taqdim etishdan uyalmay qo‘yishdi. Ularni kuzatayotgan yosh maktab o‘quvchilari ham izohlarida “Siz juda ham zo‘rsiz, qaniydi siz kabi bo‘lsam”, “ilohim turmush o‘rtog‘im ham sizga o‘xshasin”, kabi fikrlarni yozishyapti.

Katta-yu kichikning qo‘lida telefon. Qo‘shnimiz og‘ir xastalikka chalingan, deyarli chiqib xabar olmaymiz. Bir mahalladoshimiz yosh farzandlari bilan beva qolgan. Holidan xabar olay, yordam beray demaymiz. Ammo, biz sevib kuzatayotgan qaysidir blogerning biz tanimagan, “katta xolasi vafot etdi”, deb xabar chiqsa, izohlarda unga ta’ziya izhor qilib yupatamiz.

Holbuki bugungi kunda ko‘pchilik o‘zi yoki farzandi haqida shifokor yoki imomlarga zehni sustlidan shikoyat qilishadi. Buning asosiy sababi telefon va ekranli narsalarga ko‘p nazar qilishlikdir Endi o‘zimiz o‘zimizga baho beraylik. To‘g‘ri ish qilyapmizmi?

Farzandi maktabiga yoki kitobiga deb pul so‘rasa, ba’zi ota – onalar og‘rinishadi, lekin o‘zlari aroq va sigareta uchun ishlatayotganda hech og‘rinmaydi. Bunga nima deysiz? Ertaga bu farzandimiz ulg‘ayganda qanday qilib ko‘ziga qaraymiz? Qiyomatda qanday hisobini beramiz?

Farzand eng kattane’matdir. Mukofot bilan ne'matning farqi ne’matdan qattiqso‘ralishimizdadir. oldidagiUni chiroyli va go‘zal tarbiya qilish biz ota-onalarning vazifamiz emasmi? Zero, Payg‘ambar alayhissalom aytganlarki: “ Har bir tug‘ulgan bola islom fitratida tug‘iladi. So‘ngra uni ota-onasi yahudiy yo nasroniy yo majusiy qilib tarbiyalaydi”. Darhaqiqat, U zot alayhissalom yosh avlodga ta’lim berishga butun ummatga namuna bo‘ldilar. Hozirgi kunda aksar onalarimizbolalarini jerkishadi va arzimagan xatolari uchun koyishadi. Ammo Payg‘ambar alayhissalom bolalarga katta ahamiyat berar, ularni jerkimas hatto g‘azablanmas edilar. Ularni xatolarini koyimasdan tog‘irlab qo‘yar, agar tog‘ri ish qilishsa, haqlariga duo qilar edilar.

To‘y qilganda isrof qilib, dabdaba-yu as’asaga berilgan onajonlarimiz, odamlar nima deydi deya, guldek qizini giyohvand er va zulmkor qaynona qo‘lida xor bo‘lishiga ko‘z yumayotgan sevikli otajonlarimiz, qiyomatda qanday javob berasizlar?

Alloh bizga qancha umr berganini hech qaysi birimiz bilmaymiz. Ammo hozir tirikmiz. Yuragimiz uryapti, ko‘zimiz ko‘ryapti, oyog‘imiz yuryapti. Asliyatga qaytaylik. Robbimizga qaytaylik. Ne’matlar qadriga yetaylik. Tinchlik qadriga yetaylik. Atrofga nazar solaylik. Ibrat ko‘zi bilan boqaylikki, ibrat olaylik. Nafsimizga qo‘yib bersak nimalarni xohlamaydi. Hayotimizni Qur’on va sunnat asosida davom ettiraylik. Maqsadimiz Yaratganning roziligiga yetish bo‘lsinki, hayotimiz ham,oxiratimiz ham go’zal bo’ladi.

Xulosa: Alloh taologa isyon qilib turgan holimizda Robbimiz tomonidan berilayotgan ulug‘ ne’matlarga aldanmaylik…meni sevishidan deb o‘ylab g‘aflatda qolmaylikki, u ne’mat bizni jannatdagi o‘rnimizni uzoqlashtirishuchun bo‘lib qolmasin!

Mir Arab oliy madrasasi talabasi
Ferangiz Jumayeva

. .