Alloh taolo Qur’oniy oyatlarni yer yuziga mo’jiza qilib nozil qildi. Unda ko’plab sirlarni yashirdi. Ilm-fan rivojlanishi bilan o’sha sirlarning ba’zilari Alloh taoloning irodasi bilan namoyon bo’la boshladi. Shulardan birini siz aziz birodarlarga ilindim.
Bu kabi haqiqatlar yuzlab dengiz stansiyalarni o’rnatib, sun’iy yo’ldosh orqali suratlar olingach bilinadi. Bu Germaniyadagi dengizshunos olimlardan bo’lgan professor Shreydrning fikri…U avval “ilm rivojlansa, din tanazzulga yuz tutadi” degan fikrda edi. Lekin qur’oniy oyatlar ma’nolarini eshitgach, hayron qoldi va “Bu bashariyat kalomi bo’lishi mumkin emas” deb aytdi.
Geolog, dengizshunos olim, professor Durkarwa Alloh taoloning “Yoki xuddi qa’rsiz dengizdagi zulmatlarga o’xshar. Uning ustidan mavj qoplagandir, u (mavj)ning ham ustidan mavj va uni esa, bulut(qoplagandir). Bir- birining ustidagi zulmatlardir. U qo’lini chiqarsa, ko’ra olmas. Kimgaki Alloh nur bermasa, uning uchun nur bo’lmas.”(Nur surasi 40-oyat)idan hosil bo’lgan ilmini bizga yetkazish uchun keldi. U kishi aytadi: “O’tmishda odamlar maxsus aspob-uskunalarsiz yigirma metrdan ortiq shong’iy olmas edilar. Hozirgi zamonga kelib biz maxsus ixtiro qilingan aspob – uskunalar yordamida dengiz qa’rlariga sho’ng’iy olamiz va 200 metr chuqurlikda quyuq qorong’ulik borligini bilamiz.”
Oyati karimada (Qa’rsiz dengiz) deyildi. (Bir- birining ustidagi zulmatlardir.) degan oyati karimaning ma’nosini dengiz qa’rida qilingan kashfiyotlar gavdalantirib berdi. Ma’lumki, spektr ranglar yettita…qizil, sariq, ko’k, yashil, to’q sariq va boshqalar. Dengiz qa’riga shong’ishni boshlarkanmiz, bu ranglarni birin – ketin yo’qolib borishini ko’ramiz. Barcha ranglarning yo’qolishi zulmatni keltirib chiqaradi. Avval qizil, keyin to’q sariq, undan keyin sariq.. ikki yuz metr chuqurlikka yetganda oxirgi bo’lib ko’k rang yo’qoladi.. Har bir rang yo’qolishi ma’lum darajada zulmatni keltirib chiqaradi va komil zulmat hosil bo’ladi.
(Mavj uning ustidan ham mavj) dengizning tepa va pastki qismini achratuvchi fosila borligi ilmiy isbotini topdi va o’sha fosila mavjlar bilan to’la. Ya’ni, dengizning eng pastki qa’rida ham mavjlar bor, lekin biz ularni ko’rmaymiz. Dengizning yuqori qismidagi mavjlarnigina ko’ramiz. (Mavj uning ustidan ham mavj) da aytilgani kabi. Bu esa, ilmiy ta’kidlovchi haqiqatdir.
Shu sababli professor Durkarwa bu oyatlar haqida: “Bu basharning kalomi bo’lishi mumkin emas”,- degan fikrga kelgan.
Xulosa o’zingizdan…
Sherov Shuhrat
Jondor tumani “Raboto’g’lon” jome masjidi imom-xatibi