ABUL BARAKOT AN-NASAFIYNING MOTURIDIYA TA’LIMOTIDAGI O‘RNI
Muallif: . .
Sana: 04.03.2025
50

ANNOTATSIYA

Abul Barakot Nasafiy Movarounnahrdan yetishib chiqqan buyukmufassir, mutakallim, faqih, muhaddis. Movarounnahrda ilmiy, madaniy va iqtisodiy holat tanazzulga tushib qolgan paytda, Abul Barakot Nasafiy fidoiy olimlar bilan ilmni jonlantirishga va qayta tiklashga harakat qilganlar. Uning 8 ta asari hozirgi kunda ma’lum bo‘lib , bu asarlar ustida ilmiy tadqiqotlar to‘xtovsiz davom etib kelmoqda.

Kalit so‘zlar: Nasaf, Abul Barakot Nasafiy, Muhammad Kardariy, tafsir, fiqh, kalom, Kanz ad-daqoiq, Tafsir an-Nasafiy.

THE ROLE OF ABUL BARAKAT AN-NASAFI IN THE TEACHINGS OF MOTURIDIA

Akramov Abduvohid Maqsudjon oglu

Student of Mir Arab Higher Madrasah

ABSTRACT

Abul Barakat Nasafi is a great commentator, mutakallim, faqih, muhaddith who grew up in Movarounnahr. At a time when the scientific, cultural and economic situation in Movarounnahr was in decline, Abul Barakat Nasafy worked with dedicatedscholars to revitalize and revive science.

Keywords: Nasaf, Abul Barakot Nasafiy, Muhammad Kardariy, tafsir, fiqh, kalom, Kanz ad-daqoiq, Tafsir an-Nasafiy.

Nasafdan yetishib chiqqan ulug‘olimlardan biri Abul Barakot Nasafiy o‘zining tafsir, fiqh, aqida sohalariga oid asarlari bilan mashhur bo‘lgan. U tug‘ilib, yashagan payt mo‘gullar hukronligi davri bo‘lganligi uchun Movarounnahrda ilmiy, madaniy iqtisodiy holat tanazzulga tushib qolgan edi. Shunday bo‘lishiga qaramasdan, Abul Barakot Nasafiy kabi fidoiy olimlar ilmni jonlantirishga va qayta tiklashga harakat qilganlar[1]. Mutafakkirning to‘liq ismi Abdulloh ibn Ahmad ibnMahmud Abul Barakot Hofiz ad-din Nasafiy bo‘lib[2], Muhammad Shafiq Girbolning “Al-Mavsua al-arabiya al-muyassara” asarida uning tavalludi milodiy 1232 yil deb ko‘rsatilgan. Abul Barakot Nasafiyning yetuk olim bo‘lib yetishishida ustozlarining mehnati kata bo‘lgan. Ana shunday ustozlaridan biri taniqli olim Abul Vajd Shams al-aimma Muhammad Kardariydir. U bo‘lajak olimga tafsir, fiqh va kalom kabi shariat ilmlarini puxta o‘rgatadi. Kardariy ham o‘z vaqtida “Hidoya” sohibi Burhoniddin Marg‘inoniy va “Fatovo Qozixon” asarining muallifi Faxriddin Qozixon kabi ustozlardan ta’lim olgan. Ma’lumotlarga qaraganda, dastlabki fiqh ilmini yoygan zot Abu Zayd Dabusiy bo‘lsa, undan keyin bu ilmni qayta jonlantirgan zot Shams al-aimma Kardariy deb e’tirof etiladi. Shu sabab bo‘lsa kerak, Movarounnahr diyorida yuzlab fiqh olimlari yetishib chiqadi. Bundan tashqari, Nasafiyning Hamid ad-din az-Zarir Ali ibn Muhammad ibnAli Romishiy va Badriddin Javohirzoda Muhammad ibn Mahmud ibn Abdulkarim singari ustozlari ham bo‘lgan. Shunday mashhur ustozlar ilmidan bahramand bo‘lgan Abul Barakot “Hafiz ud-din”, ya’ni “dinni himoya qiluvchi” degan sharafli nomga sazovor bo‘lgan. Bu nomga allomalardan ikki kishigina sazovor bo‘lgan bo‘lib, bulardan ikkinchisi Hofiz ad-din Abul Fazl Muhammad ibn Muhammad ibn Nasr Kabir Buxoriydir. Bu ikki olim ham yetuk ustoz Kardariydan ta’lim olganlar. Nasafiyning shariat ilmlari – tafsir, fiqh va kalom sohasida yaratgan qator asarlari hozirga qadar olim va talabalar orasida mo‘tabar manbalar sifatida qadrlanib o‘qilmoqda, tadqiqotchilar tomonidan o‘rganib kelinmokda. Jumladan, uning islom huquqi sohasidagi “Kanz ad-daqoiq” (“Nozik masalalar xazinasi”), “Al-Vofi” (“To‘liq”) va uning sharhi “Al-Kofi” (“Kifoya qiluvchi”) kabi asarlarini sanab o‘tish mumkin. Ulamolar “Kanz ad-daqoiq” asarini islom huquqi bo‘yicha “Hidoya”dan keyingi o‘ringa qo‘yadilar. “Kanz al-daqoiq” kitobida fiqhiy masalalar keng yoritilgan bo‘lib, unda Abu Hanifa, Abu Yusuf, Imom Muhammad, Imom Zufar va Imom Shofi’iy kabi mujtahidolimlarning fikrlari, rivoyatlari keltirilgan, ibodat (namoz, ro‘za, zakot, haj), muomalot, jazolar va shu kabi masalalar bayon etilgan. Musulmon huquqshunosligi asoslari, hanafiylik va shofiiylik mazhablarining o’ziga xos qiyosiy jihatlari haqidagi bu risola Nasrulloh ibn Muhammad ibn Jammod Irdi Kermoniy tomonidan fors tiliga tarjima qilingan[3]. Urdu tilidagi tarjimasi esa Ahdulloh ibn Shayx Abdurahim tomonidan amalga oshirilgan. Bundan tashqari, asar bir necha bor qo‘lda qayta ko‘chirilgan va nashr etilgan. “Kanz ad-daqoiq” mo‘tabar kitoblardan bo‘lgani bois unga o‘ndan ziyod sharhlar yozilgan. Jumladan, Imom Faxruddin Usmon ibn Ali Zaylaiyning “Tabyin al-faqoiq limo fihi ma intaza’a min ad-daqoiq” (“Ad-Daqoiqdan olingan masalalar haqiqatini yoritish”), Zayn al-Obidin ibn Najm al-Misriyning “al-Bar ar-roiq fi sharh Kanz ad-daqoiq” (“Kanz ad-daqoiqning sharhi tiniq dengiz”) sharhlari ancha mashhurdir. Abul Barakotning islom huquqshunosligiga oid yana bir mo‘tabar asari “Al-Vofi” (“To‘liq”)dir. Bu asar shunchalik qadrlanadiki, hatto ba’zi olimlar uni Burhoniddin Marg‘inoniyning “Hidoya”si qatorida ko‘radilar. Mazkur fikrni Kotib Chalabiyning “Kashf az-zunun” (“Gumonlarni yechish”) asarida ham o‘qish mumkin. Unda aytilishicha, Abul Barakot “Hidoya”ga sharh yozmoqchi bo‘ladi, lekin o‘sha zamonning buyuk olimlaridan Toj ash-shari’a uni bu fikridan qaytaradi. So‘ngra, Abul Barakot fiqhga oid “Al-Vofi” va uning sharhi “Al-Kofi” asarlarini yozadi. Bu bilan u go‘yo “Hidoya” kitobini tasnif etib, unga sharh bitganday bo‘ladi. Mazkur asar boshqa mashhur kitoblar qatori katta obro‘ga ega bo‘ladi. Olimning “Al-Manor” (“Mash’al”) nomli asari usul al-fiqh (islom huquqshunosligi asoslari) va uning qonun-qoidalari haqida bitilgan bo‘lib, unda Qur’on va hadis asosida hukm olish, ijmo va qiyosni qo‘llash uslublari kabi masalalar bayon etilgan. U olimlar tomonidan usul al-fiqh sohasidagi qisqa, lekin juda foydali asarlardan, deb tan olingan[4] Abul Barakot Nasafiyning sanalganlardan tashqari quyidagi asarlari ham mavjud: “Al-Musaffo fi sharh al-manzuma an-Nasafiya” (“An-Nasafiy nazmining sharhi aniqlangan”) – ilmi kalomga oid;

“Al-Mustasfo fi sharh al-fiqh an-nofi” (“Foydali fiqh sharhi tanlangan”) – islomhuquqshunosligiga oid; “Umdat al-aqoid” (“Aqidalar asosi”) – kalom ilmiga oid. Abul Barakot Nasafiyning tafsir ilmi bo‘yicha ahli ilm orasida “Tafsir an-Nasafiy” nomi bilan mashhur bo‘lgan va hanafiy mazhabiga muvofiq bitilgan “Madorik at-tanzil va haqoiq at-ta’vil” (“Qur’on ma’nolari va ta’vil haqiqatlari”) kitobi boshqa asarlar orasida eng qimmatlilaridan biri desak, hech ham mubolag‘a bo‘lmaydi. Chunki boshqa tafsir kitoblari orasida katta shuhrat qozongan “Tafsir an-Nasafiy” tafsiri dunyo bo‘yicha eng keng tarqalgan hanafiy mazhabiga binoan yozilgan, undagi oyatlar aynan moturidiya ta’limotiga binoan bayon etilib, o‘sha davrning ilm markazlari Buxoro va Samarqandning olimlari fikrlari bilan boyitilgandir. Bu asarni yozishda Nasafiy Zamaxshariyning “Al-Kashshof an haqoiqi-t tanziyl”, Bayzoviyning “Anvorut-tanziyl va asrorut-ta’viyl” va boshqa tafsirlardan foydalangan[5] Alloma Laknaviy Abul Barakot Nasafiy 1310- yilda Bag‘dodga kelgani, mudarrislik qilgani va shu yerda vafot qilganlini aytib o’tganlar[6]. 1310-yili rabial-avval oyining juma kuni kechasi Bag‘dodda vafot etgan hamda Isfahon yaqinidagi Izaj (Xuziston va Isfahon oralig‘ida) shahrida dafn qilingan. Nasafiy asarlari Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharq qo’lyozmalari markazida saqlanadi[7]

Akramov Abduvohid Maqsudjon o‘g‘li,
Mir Arab oliy madrasasi talabasi

REFERENCES

Foydalanggan adabiyotlar

  • 1Uvatov U. Yurtimiz allomalari. – Toshkent: Nihol, 2014 –B.98.
  • 2Abul Barakot an-Nasafiy. Kanzud-daqoiq. – Madinatul Munavvara : Dorus-Siroj, 2001 –B.10.Uzbekistan www.scientificprogress.uz Page 353

3Islom ensiklopediyasi -Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi davlat ilmiy nashriyoti, 2017. –B.352.Uzbekistan www.scientificprogress.uz Page 354

  • 4100 Markaziy Osiyo mutafakkirlari -Toshkent: Yangi Nashr, 2011. Abul Barakot Hafizuddin Abdulloh ibnAhmad Nasafiy (qadriyat.uz)
  • 5Abul Barakot an-Nasafiy. Kanzud-daqoiq. – Madinatul Munavvara : Dorus-Siroj, 2001 –B.29.

6Abul Barakot an-Nasafiy. Kanzud-daqoiq. – Madinatul Munavvara: Dorus-Siroj, 2001 –B.13.

7Islom ensiklopediyasi -Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi davlat ilmiy nashriyoti, 2017. –B.352.Uzbekistan www.scientificprogress.uz Page 355



[1] Uvatov U. Yurtimiz allomalari. – Toshkent: Nihol ,2014 –B.98.

[2] Abul Barakot an-Nasafiy. Kanzud-daqoiq. – Madinatul Munavvara : Dorus-Siroj, 2001 –B.10.Uzbekistan www.scientificprogress.uz Page 353

[3] Islom ensiklopediyasi -Toshkent: O’zbekiston milliy ensiklopediyasi davlat ilmiy nashriyoti, 2017. –B.352.Uzbekistan www.scientificprogress.uz Page 354

[4] 100 Markaziy Osiyo mutafakkirlari -Toshkent: Yangi Nashr,2011. Abul Barakot Hafizuddin Abdulloh ibnAhmad Nasafiy (qadriyat.uz)

[5] Abul Barakot an-Nasafiy. Kanzud-daqoiq. – Madinatul Munavvara : Dorus-Siroj, 2001 –B.29.

[6] Abul Barakot an-Nasafiy. Kanzud-daqoiq. – Madinatul Munavvara : Dorus-Siroj, 2001 –B.13.

[7]Islom ensiklopediyasi -Toshkent: O’zbekiston milliy ensiklopediyasi davlat ilmiy nashriyoti, 2017. –B.352.Uzbekistan www.scientificprogress.uz Page 355

. .