DINIMIZDA ODOBGA QANDAY QARALADI
Muallif: . .
Sana: 26.04.2025
88

Hadis:

إِنَّمَا بُعِثْتُ لِأُتَمِّمَ مَكَارِمَ الْأَخْلَاقِ

“Men chiroyli odob-axloqni komil qilmoq uchun yuborildim.”

(Imom Ahmad, Bayhaqiy rivoyati)

Sharh: Bu hadis Rasululloh ﷺ yuborilishlarining eng muhim hikmatlaridan birini ochib beradi. U zotning payg‘ambar sifatidagi asosiy vazifalaridan biri – insonlarga chiroyli odobni o‘rgatish, jamiyatda go‘zal axloqiy me’yorlarni mustahkamlashdir.

Hadisdan chiqadigan saboqlar:

1.Odob – dinning yarmi: Din faqatgina ibodatlar bilan cheklanmaydi. Odamlar bilan muomalada, so‘zlashda, yurish-turishda go‘zal odob bo‘lishi kerak.

2.Odobli inson – haqiqiy musulmon: Kimda chiroyli odob bo‘lsa, u kishining imoni ham go‘zal bo‘ladi. Rasululloh ﷺ aytganlar: أَكْمَلُ الْمُؤْمِنِينَ إِيمَانًا أَحْسَنُهُمْ خُلُقًا

"Mo‘minlarning iymoni eng komili – ularning axloqi eng go‘zali bo‘lganidir." (Sunan at-Tirmiziy, Hadis: 1162)

3. Rasululloh ﷺ eng go‘zal xulq egasi edilar: Alloh taolo Qur’onda aytadi:

وَإِنَّكَ لَعَلَىٰ خُلُقٍ عَظِيمٍ

"Va albatta, siz buyuk bir xulq ustidadirsiz."

(Qalam surasi: 4-oyat)

Xulosa:

Bu hadis musulmonlarni odobli, halim, sabrli, mehribon, pokiza va hurmatli bo‘lishga undaydi. Dinimizda odob – faqat jamiyatni bezab turuvchi sifat emas, balki Allohga yaqin bo‘lishning ham yo‘lidir.

Abdulatif Baxtiyorjon o'g'li,
Mir Arab oliy madrasasi o'qituvchisi

. .