Makkani fath qiliş uçun Payğambarimiz sollallohu alayhi vasallam õn ming sahobiy bilan keldilar. Tuya ustida, sovut va dubulğani kiygan, qõllarida qiliç va bellarida nayza bilan qurollangan holda Allohning buyukligi oldida boş egib Makkaga kirdilar. Ha, õn uç yil davomida musulmonlarga uzluksiz zulm qilgan, õldirgan, jarohatlagan, ezgan, tahqirlab sõkkan, oçlik bilan qiynagan, farzandning kõz õngida ota-onasini qatl qilgan, xullas qõlidan kelgança moddiy va maʼnaviy zararlar bergan, ular kõçib ketişgandan keyin ham ustiga bir neça marta qõşin tortib janglar qilgan duşman ustidan ğolib holda kirdilar.
Makka ahli õta tang holga tuşib qolişgan edi. Intiqomdan qõrqardilar, ammo, nimadir ularga xotirjamlik hissini ham uyğotardi. "Endi nima bõladi? Ahvolimiz nima keçadi?" Kõpçilikning tilida va baʼzilarning kõzida şu savollar aylanar edi. Payğambarimiz sollallohu alayhi vasallam Makka ahlini bir joyga tõplaşni buyurdilar. Ular sarosimaga tuşişdi. "Endi nima bõlar ekan a?"... Bu savol musulmonlarga zulm qilgan barçaning xayolida aylana boşladi. Hamma tõplandi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tuya ustida turib ularga birma-bir nazar soldilar. Jimjitlik hukm surar, hamma oxirgi hukmni intizorlik bilan kutardi.
"Ey Makka ahli! Bugun sizlarga qanday çora kõraman deb õylaysizlar?" Payğambarimiz sollallohu alayhi vasallamning bu gaplari tobora dahşatli tus olayotgan sokinlikni buzdi. Gõyoki õz uzrlarini bayon qiliş uçun imkon sifatida aytilgan bu gap ularning umidini uçqunlatdi va ular bir ovozdan: "Karamli birodarimizsiz, oliyjanob birodarimizning farzandisiz..." deyişdi. Şunda U zot sollallohu alayhi vasallam: "Boraveringlar, sizlar ozodsiz" deb hammasini keçirdilar.
Haqiqiy bağrikenglik mana bunday bõladi. Musulmon qõrqoq, ojiz, õz õrnini topolmaydigan qaram, õz tomonini belgilay olmaydigan ğõr bõlmaydi. Albatta matonatli bõliş kerak. Lekin, musulmon keçirimli, kirişimli, gõzal muomalali, sabrli va uzoq rejali bõladi.
Muallif: ustoz Uluğbek domla
Mir Arab oliy madrasasi katta õqituvcisi
Eng ko'p o'qilgan Mudarris minbari
