HAYO VA UNING TURLARI
Muallif: . .
Sana: 23.02.2023
1057

Hayo – nafsni ayb-nuqsonli ishlardan toʻsishdir. Yaʼni inson shaʼniga putur yetkazadigan ish va amallardan tiyilish hayoning barokati va sharofatidir.

Hayoning sharʼiy, tabiiy, aqliy va urfiy turlari bor.

Sharʼiy hayo – insonni shariatga zid amallardan toʻsadi. Bunday ishlarni amalga oshirib qoʻyganidan soʻng, uning qalbida siqilish paydo boʻlishi asli hayodandir.

Tabiiy hayo – insonni oʻz tabiatiga zid ishlardan toʻsadi. Tabiiy hayo xayrli ham, yomon ham boʻlishi mumkin. Bu narsa inson tabiatiga qarab turlicha boʻladi. Uning tabiati shariatga mutanosib boʻlsa, hayosi maktaladi. Chunki bunday hayo oʻz sohibini shariatimiz qoralagan va yomon sanagan ishlardan toʻsadi. Bu holatda tabiiy hayo bilan sharʼiy hayo bir xil boʻladi. Bordi-yu inson odamlar orasida yaxshi ish qilishdan, namoz oʻqishdan uyalsa, bu shariatga zid hayo boʻladi, yaʼni xayrli hayo boʻlmaydi. Baʼzan kishi tabiati uni shariat talab qilgan amallardan Toʻsadi. Bu sharʼiy hayo emas, balki tabiiy hayo sababli sodir boʻladi. Bunday hayo xayrli ham, maqtagulik ham sanalmaydi. Masalan, kishining namoz oʻqishga odatlanmagani uchun namoz oʻqishga uyalishi yomon koʻrilgan haë hisoblanadi. Yoki bir inson oʻziga kerakli sharʼiy masalani soʻramoqchi boʻladi-yu, olim yoki faqihning oldiga borib soʻrashdan uyaladi, “hayo” qiladi. Uning bu ishi yomon hayodir.

Aqliy hayo – sogʻlom aql sohiblarining hayosi. Bu xildagi haë maqtasa arziydigan haëdir, chunki sogʻlom aqlning hayosi hamisha shariatga muvofiq boʻladi. Shuning uchun aqli salimdan paydo boʻlgan haë “sharʼiy haë”, deb ham ataladi. Lekin aqli salim boʻlmasa, uning aqliy hayosi shariatga xilof ishga boshlasa, bu xildagi hayo aqliy emas, balki tabiiy yoki urfiy hayo boʻladi. Sogʻlom aqlli kishi doimo shariatga muvofiq ish tutadi. Chunki baʼzi vaqtda insonning tabiati aqlidan shu qadar ustun keladiki, tabiiy taqozolarni aqlning taqozolari deb tushunib qoladi. Yaʼni urf-odat insonga shu qadar gʻolib keladiki, “Bu ish aqlga toʻgʻri kelmayapti”, deb qoladi. Aslida, bu aqliy emas, urfiy hayo boʻladi, u ish aqliga emas, urf-odat, anʼana va koʻnikmalariga toʻgʻri kelmayotgan boʻlib chiqadi. Masalan, odamlar nima deydi deb turib shariatga ham, aqliga ham xilof ravishda, urf-odatlarni tark etishdan uyalgan holatda, masalan, toʻy yoki maʼrakalarni dabdabali oʻtkazishga urinaveradi. Aslida, oʻlik chiqqan xonadondagi marosimlar shariatda buyurilmagan boʻlishi mumkin. Insonning aql-idroki oʻsha marosimlarni ortiqcha deb bilsa ham, odamlardan uyalib, shuni oʻtkazishga majbur boʻladi. Ana shuni «urfiy hayo" desak boʻladi.

Tursunpulatov Azizbek

Mir Arab oliy madrasasi 4-bosqich talabasi

. .