ISLOMDA AVRAT MASALASI
Muallif: . .
Sana: 27.02.2023
5898

Insonning avrat joylari (yaʼni, shariatga koʻra yopilishi lozim boʻlgan uyat joylari) va uni qayerda ochish mumkin-u, qayerda ochish mumkin emasligini bilib olsak. Ulamolar ittifoqiga koʻra avratni begonalardan yopib yurish shariat tarafidan farzi ayn amallar sirasiga kiritilgan. Hanafiylarning eng moʻtabar fiqhiy matn kitobida avrat joylari haqida shularni oʻqiymiz:

وعورة الرجل من تحت سرّته الى تحت ركبته وامة

هذا مع ظهرها وبطنها والحرّة كلّ بدنها ا; الوجه والكفّ

والقدم

«Erkakning avrati kindigi ostidan tizzasi ostigachadir. Choʻriniki mana shu (kindik ostidan tizzasi ostigacha) orqa va qorni bilan birgadir. Hur (ozod va erkin) ayolning avrati butun badanidir. Yuzi, kafti (boʻgʻimigacha) va qadami (toʻpigʻigacha) avrat emas».[1]

Demak, Imomi Aʼzam Abu Hanifa rahimahulloh mazhabiga koʻra, erkakning avrat, yaʼni begonalardan yoshirishi lozim boʻlgan badanidagi joylari kindigi ostidan tizzasi ostigacha ekan. Yaʼni, kindik avrat emas, tizza va uning tepasi avratdir. Ayollarning yuzi, kafti va qadamidan tashqari butun badanlari avratdir. Fiqhiy matn kitoblarimizda kelgan yuqoridagi jumlalarga Imom Doraqutniy rahimahulloh Ato ibn Yasor rahimahullohdan, u esa Abu Ayyub raziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisi sharif dalil boʻlgan. Unda aytilishicha, Paygʻambarimiz sollallohu alayhi va sallam bunday deganlar:

من العورة وما اسفل من السرة من العورة ما فوق الركبت

“Ikki tizzadan yuqorisi avratdandir. Kindik ostidan pasti ham avratdandir”.

Ana endi avrat joylarini kimga koʻrsatish mumkinligi toʻgʻrisida gap yuritmoqchi boʻlsak, albatta, yana “Muxtasar al-Viqoya”ga murojaat qilamiz:

«Erkak erkakning, xotin xotinning va erkakning kindigidan tizzasigacha boʻlgan joyidan boshqa joylariga qaraydi. Mahramining va boshqalarningmchoʻrisining orqasi, qorni va sonidan boshqa joylariga qaraydi. Ajnabiy (oʻz mahrami hisoblanmagan ayol- qizlarning) va (qul) sayyidasining yuzi va ikki kaftiga qarashi mumkin. Nazar solganda esa shahvatdan xoli boʻlishi shart qilindi. Magar, zarurat paytida – hukm oʻqish, guvohlikka tortish, nikohini xohlash, savdo payti, davolash vaqtida qarash mumkin. Zarurat miqdorida kasallikning oʻrniga qaraydi. Oralarida jimoʼ halol boʻlgan kimsaning hamma joyig qarash mumkin. Qarash halol boʻlganjoyni ushlash ham mumkin»[2].

Demak, erkaklar erkaklarga xotinlar xotinlarga kindikning ostidan tizza ostigacha qaray olmaydilar. Yuqorida tizza avrat ekanligi oʻtdi. Kindikning avrat emasligiga yana bir sahih hikoyat fiqh kitoblarimizda dalil sifatida keltiriladi. Buni Imom Ahmad rahimahulloh oʻz musnadida, Ibn Hibbon rahimahulloh oʻz sahihida, Imom Bayhaqiy rahimahulloh esa oʻz sunanida Ibn Avf raziyallohu anhuda, u esa Umar ibn Isʼhoq raziyallohu anhudan rivoyat qilganlar.

Yuqoridagi fiqhiy matnda ayol kishining erkakka qarashi ham mumkinligi aytilgan. Bunga sabab qilib ulamolarimiz erkaklar odatda koʻz koʻrinadigan joylarda ish qiladilar, ular ish jarayonida koʻylaklarini yechib qoʻyishlari ham mumkin boʻladi. Ayollarning ularga qarashlikni manʼ qilib qoʻyish odamlarga qiyinchilik tugʻdiradi. Islomda haraj yoʻqdir. Ammo ular shahvat bilan qarashlari, qaraganda shahvat tugʻilishi imkoniyati boʻlib qolishi mumkin joylarda ayollarning koʻzlarini yumishi buyuriladi.[3]Begona ayollarning yuzi va kafti hamda qadamiga qarash mumkinligi esa zarurat yuzasidandir. Bu holatdan saqlanish oʻta mashaqqatdir. Ammo qarashda shahvat boʻlmasligi shart qilinadi. Aks holda harom

boʻladi. Ammo hukm oʻqish, guvohlikka chaqirishda, uylanish niyatida shahvat xavfi tugʻilganda ham qarash mumkin boʻladi. Bunday holatlarda sunnatni tiriltirish bor. Imom Muslim rahimahulloh Abu Hurayra raziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Paygʻambarimiz sollallohu alayhi va sallam uylanishni niyat qilgan kimsaga unga, yaʼni, ansoriy ayolga qarashni buyurganlar. Tabib kasalni koʻrishi ham zaruratdir. Zero, shifo istash Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning amrlaridir. Ammo tabib faqat zarurat miqdorida, zarurat joyigagina qaray oladi.

Imom Buxoriy rahimahulloh hazratlari Paygʻambarimiz sollallohu alayhi va sallamdan: “Kimki begona xotinning chiroyli joylariga shahvat bilan qarasa, Alloh taolo qiyomat kunida uning koʻzlariga qoʻrgʻoshinquyadi”, degan maʼnodagi hadisi sharifni ham rivoyat qilganlar.

Mahramlarorasida shahvatning ozligi, balki odatda umuman bunday holat yuz bermasligi hamda bir-birlarining qoʻl yoki badanlaridan mumkin boʻlgan boshqa joylariga qoʻl tekkizish ehtiyoji doim boʻlib turadi. Ammo ushlaganda shahvat xavfi boʻlsa ushlash yoki ular bilan xoli qolish aslo mumkin emasdir.[4]

Shunday qilib, shariatimizning birkoʻrsatmasi boʻlmish, har birimizningvazifamiz boʻlgan satri avrat masʼalasinichuqur bilib olib, unga amal qilishimiz lozim va lobuddir.__

Xayotova Xolisa

Mir Arab oliy madrasasi 4-bosqich talabasi

[1] Ubaydulloh ibn Toj ush-shariʼa: «Muxtasar

ul-viqoya», Qozon-1911-y., 12-bet.

[2] Ubaydullo hibn Toj ush-shariʼa: “Muxtasar al-Viqoya”,

Qozon-1911-y., Kitob al-karohiyyat, 134-bet.

[3]Aliy al-Qoriy. Sharhi Niqoya. 2-jildi, Qozon, 1902. 198-bet.

[4] Aliy al-Qoriy. Sharhi Niqoya. 2-jildi,

Qozon,1902. 201-bet.

. .