UMR GʻANIMATDIR!
Muallif: . .
Sana: 18.04.2023
520

Umr insonga berilgan ulkan neʼmat va beqiyos fursat. Uning har soatida yaxshiliklar yashiringan. Umr – yillar, oylar, kunlar, soat va daqiqalardan iborat. Moʻmin banda aslida umrning har bir daqiqasini gʻanimat bilishi zarur. Ayniqisa, bugungi kunda boshimizda soya solib turgan Ramazoni sharif oyi bu muborak oy moʻmin-muslmonlarning mavsumi sanaladi. Bilamizki, har bir narsaning mavsum davri boʻladi kim qanchalik himmat qilsa, himmatiga yarasha boʻladi.

Yaratgan Zot Alloh taolo Ramazonda qanchadan-qancha koʻp imkoniyatlarni eʼlon qilgan – oz amal uchun koʻp savob olish. Islom ummatiga har bir ishda ibrat boʻlgan zot Muhammad sollolohu alayhi vasallam Ramazon oyida qanchalik himmatli boʻlganlar. Shu holatni salafi solihlarimizning har birlarini hayotlarida kuzatishimiz mumkin.

Imom Shofeʼiy rohmatullohu alayh Ramazon oyida Qurʼoni Karimni toʻliq 60 marotaba xatm qilganlar, mazhabboshimiz Imomi Aʼzam rohmatullohu alayh hamda vatandoshimiz Imom Buxoriy rohmatullohu alayh ham 60 marotabadan xatm qilganlar.

Bunday misollarni koʻplab keltirishimiz mumkin. Shunday ekan ey moʻmin doʻstim fursat oz qoldi, kun va daqiqalarni gʻanimat bilgin toki sen haqingda Ramazon Alloh oldiga borib yaxshiliklarni soʻylasin.

Demagin Ramazon har yil boʻladi,
Bu yil boʻlmasa boshqa yil keladi.

Unutma oʻtgan yil amal qilganlar,

Bu yil Ramazonga yetisholmadilar.

Bugundan hoziroq hushyor boʻl doʻstim

Aslo Ramazonda gʻaflatda qolmagin

Gar qolsang gʻaflatda ey doʻstim

Afsus nadomat-la yigʻlab yurmagin.

Izzatullayev Komil

Mir Arab oliy madrasasi talabasi

. .