UCHINCHI RENESSANS – YOSHLAR NIGOHIDA
Muallif: . .
Sana: 13.12.2023
327

Ma’lumki, V asr oxiri va IX asr o‘rtalariga kelib, arab xalifaligi Sharqda eng rivojlangan imperiyaga aylandi. Xalifalar Mansur, Xorun ar – Rashid, Ma’mun davrlarida xalifalikning markaziy shaharlari, xususan, Bog‘dod iqtisodiy va madaniy jihatdan eng rivojlangan shaharga aylandi. Madaniyat, ilm-fan taraqqiy etdi. Bu yerda turli ilmiy, diniy, muzokaralar avj oldi, turli mamlakatlardan kelgan ilm vakillari tomonidan keng ilmiy muhokamalar uyushtiriladigan bo‘ldi, ilmgohlar vujudga keldi, kitob ko‘chirish, turli tillardan arab tiliga ilmiy kitoblarni o‘girish avj oldi, maxsus tarjimonlar maktabi vujudga keldi, asar yozishga qiziqish kuchaydi.Bu davrda birinchi akademiya – “Donolik uyi” tashkil topdi va bu yerda turli ilmlarning rivoji uchun keng imkoniyatlar yaratildi, arab xalifasi Ma’mun uning rivojiga maxsus mablag‘ ajratib turdi. Akademiya – “Donolik uyi”da xalifalikning turli o‘lkalaridan kelgan arab, yahudiy, fors, turk, hind, yunon olimlari birgalikda ish olib bordilar. Uning faoliyatida O‘rta Osiyodan borgan olimlar ham muhim rol o‘ynadi. Bu davr madaniyati foydalanilgan adabiyotlarda Yaqin Sharqda Uyg‘onish davri madaniyati sifatida talqin etiladi. O‘rta Osiyoda IX – XII asrlarda hukm surgan somoniylar, qoraxoniylar, g‘aznaviylar va xorazmshohlar davlatlari xalqaro maydonda o‘z mavqei va tutgan o‘rni jihatidan katta e’tibor va nufuzga ega bo‘ldilar.Ahmad Nasr, Ismoil Somoniy, Alptakin, Mahmud G‘aznaviy, To‘g‘rulbek, Sulton Sanjar, Otsiz, Takash singari tadbirkor va uzoqni ko‘ra oladigan davlat arboblari davrida O‘rta Osiyoda hayotning barcha jabhalarida yuksalishga erishildi, davlat hokimiyati mustahkamlandi, nisbatan tinchlik, osoyishtalik va barqarorlik vujudga keldi. Markaziy Osiyo davlatlarida hukmdorlar islom dini, ilm-fan va madaniyat namoyandalariga homiylik va rahnamolik qildilar. Albatta (hamma hukmdorlar ham emas) ba’zi hukmdorlar davrida saroyda olimu fuzalolar, din peshvolarining faoliyati uchun yaxshi sharoit yaratildi. So‘ngra islom ma’naviyatiga asoslangan madaniy taraqqiyotini vujudga keltirdilar. Ma‘naviyat asoslari hisoblangan e‘tiqod yakdilligi, siyosiy boshqaruv asoslari, qonun ustuvorligi, axloqiy kamolot, aql-idrok takomili, ma’rifiy barkamollik va fan taraqqiyotining yuqori bosqichiga chiqa oldilar.

“Uyg‘onish davri madaniyati” tushunchasi bizningcha, birinchidan, muayyan millat yoki xalqning ma‘naviy mahdudlikdan ozod bo‘la borishi, milliy qobiqdan chiqib dastlab hududiy, so‘ngra, umumjaxon ma’naviyatiga ta’sir ko‘rsata borishi, ikkinchidan, tanazzulga yuz tutgan yoki boshqa kuchliroq xalqlar ma‘naviyati tazyiqiga uchragan, tarix sahnasidan tushib ketishga mahkum etilgan millat, elat yoki xalqning milliy madani-yatini qaytadan jonlashtirish, tiklash, rivojlantirish va yuksak darajaga ko‘tarilishini anglatadi Markaziy Osiyoda ishlab chiqarish munosabatlari qadimdan tarkib topgan Osiyocha ishlab chiqarish usuli asosiga qurilgan edi. Unda davlat hokimiyati xal qiluvchi rol o‘ynar edi. IX-XII asrlarda davlat mavqyeining o‘sishi iqtisodiy ahvolning yaxshilanishiga turtki berdi. Ko‘chmanchilar xavfining tugatilishi, barqarorlik, yuksak dehqonchilik madaniyati, hunarmandchilik va boshqa sohalar iqtisodning rivojlanishiga turtki bo‘ldi.Markaziy Osiyoning geografik joylashuvi va Buyuk Ipak yo‘lidagi savdo aloqalari nafaqat iqtisodiy, balki (Sharq va G‘arb o‘rtasida) o‘zaro ilmiy va madaniy tajriba almashuviga katta ta’sir ko‘rsatdi. Buyuk Ipak yo‘li orqali xalqaro aloqalarning rivojlanishi katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Qadimdan asrlar davomida shakllangan milliy davlatchilik tajribasi mavjudligida (Xorazm, Kushon, Eftalitlar, Turk hoqonligi va boshqalar) edi. Chunki milliy davlatchilik an’analari o‘lkamizda markazlashgan davlat tashkil topishiga turtki bo‘ldi. Shu nuqtai nazardan Somoniylar, Qoraxoniylar, G‘aznaviylar va Xorazmshohlar davlatlari haqida gapirish mumkin. Markaziy Osiyoda tarixan yuksak ma’naviy madaniyat shakllandi. Ming yillar davomida vujudga kelgan ma’naviy qadriyatlar turli xil dinlar va xalqlar o‘rtasidagi aloqalar zamirida rivojlandi. Markaziy Osiyo barcha jahon dinlari (zardo‘shtiylik, buddizm, nasroniylik, islom) tarqalgan yagona hudud hisoblanadi. Biz o‘rganayotgan davrda islom dinining davlat va jamiyat mafkurasi darajasiga ko‘tarilishiga, Vatanimizning islom dini va madaniyati markaziga aylanishi, o‘lkamizda fiqhshunoslik, tafsir, tasavvuf ilmlarining rivoji shundan dalolat beradi. Islom dini davlat tayanchiga aylandi. Markaziy Osiyo davlatlarida hukmdorlar islom dini, ilm-fan va madaniyat namoyandalariga homiylik va rahnamolik qildilar. Albatta (hamma hukmdorlar ham emas) ba’zi hukmdorlar davrida saroyda olimu fuzalolar, din peshvolarining faoliyati uchun yaxshi sharoit yaratildi. O‘z navbatida, ular davlatda ilm-fan va madaniyat ravnaqiga xizmat qilganlar.

Xulosa qiladigan bo‘lsak, yuqorida keltirilgan omillar IX-XII asrlarda Markaziy Osiyoda Uyg‘onish davri yuzaga kelishiga turtki bo‘ldi. Shu sababli O‘rta Osiyo arab xalifaligiga, musulmon dunyosiga kirgandan so‘ng VIII – XII asrlar davomida barcha musulmon o‘lkalari madaniyati rivojida yetakchi o‘rinlardan birini egalladi. Islom dini, adabiyot, tabiiy fanlar, tarixnavislik, san’at, falsafa, huquqshunoslik, ijtimoiy tafakkur kabi madaniyatning barcha sohasida ham bu davrda buyuk siymolar, mutafakkir olimlar, zamonasining ilg‘or kishilari yetishib chiqdilar. Bu davrda birinchi akademiya – “Donolik uyi” tashkil topdi va bu yerda turli ilmlarning rivoji uchun keng imkoniyatlar yaratildi, arab xalifasi Ma’mun uning rivojiga maxsus mablag‘ ajratib turdi. Akademiya – “Donolik uyi”da xalifalikning turli o‘lkalaridan kelgan arab, yahudiy, fors, turk, hind, yunon olimlari birgalikda ish olib bordilar. Uning faoliyatida O‘rta Osiyodan borgan olimlar ham muhim rol o‘ynadi. O‘rta Osiyoning Buxoro, Marv, Samarqand, Termiz, Urganch, Xo‘jand, Aksikent, Marg‘ilon, Binkent, Kesh (Shahrisabz), Nasaf (Qarshi) kabi shaharlari o‘z davrining taraqqiy etgan shaharlari va savdo markazlari sifatida ma’lum bo‘ldi.

Shunday qilib, IX – XII asrlarda Markaziy Osiyoda fan va madaniyat bobida shu qadar ajoyib fan kashfiyotlari va tadqiqotlari yaratildiki, bu o‘tmish ajdodlarimizning jahon madaniyati xazinasiga qo‘shgan bebaho hissasigina bo‘lib qolmasdan, ularning aql-zakovatining nihoyatda yuksakligidan ham dalolat beradi.

Mir Arab oliy madrasasi 3-bosqich talabasi
Teshayev Mahmud

. .